Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Birlashtirish andozasi almashtirildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.da → va boshqalarda, va b. → va boshqa using AWB
Qator 1:
{{birlashtirish|Tribunal}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
'''Sud''' - zimmasiga davlat hokimiyatining boʻgʻinlaridan biri — sud hokimiyatini amalga oshirish yuklatilgan organ. [[Qonun]] chiqaruvchi (vakillik) va ijro etuvchi organlardan Sud uni shakllantirish, sudyalarga vakolatlar berish tartibi, tegishli ishlarni koʻrib chiqish tartib-taomillarining xususiyatlari, shuningdek qabul qilinuvchi qarorlarning majburiyligi va mas’uliyati, ularning yuridik ahamiyati bilan farq qiladi.
 
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Sud''' (slavyancha sud — ish) — odil sudlovnn amalga oshiruvchi davlat organi; muayyan davlatning qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy va b.boshqa toifadagi ishlarni koʻrib chiqadi va hal qiladi. Ayrim shaxslar oʻrtasida, ular bilan davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, jamoat birlashmalari oʻrtasida mulkiy va nomulkiy nizolarni, qonunbuzarliklarga doir ishlarni koʻrib chiqib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxona, muassasalar, tashkilot huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi. S. boshqa davlat organlaridan, jamoat birlashmalari va har qanday shaxsdan mustakil va xolisona faoliyat yuritishi, barcha ishlarni faqat qonunga boʻysunib koʻrib chiqishi va hal etishi lozim. S.lar odatiy va favqulodda S.larga boʻlinadi. Favqulodda S.larni tashkil etish deyarli barcha zamonaviy konstitutsiyalarda man etilgan. Odatiy Slar umumiy vakolatli va ixtisoslashgan, yaʼni harbiy, xoʻjalik (arbitraj, savdo), bojxona, soliq (moliyaviy), mehnat nizolari boʻyicha va h.k. sudlar boʻlishi mumkin. Sudning alohida turlari konstitutsiyaviy va maʼmuriy S.lar hisoblanadi. Baʼzi mamlakatlarda, shuningdek, diniy S.lar (mas, musulmon mamlakatlari — Eron, Pokiston, Sudan va b.daboshqalarda shariat S. lari) va odatiy huquq S.lari (mas, tropik Afrika va Okeaniyadagi bir kancha mamlakatlarda kabila S.lari) ham mavjud. S, shuningdek, instansiyalarga koʻra: birinchi instansiya Si, apellyasiya, kassatsiya va nazorat S.lari, hududiy darajasi boʻyicha: tuman (shahar), viloyat, okrug va oliy S.ga boʻlinadi.
 
S. hozirgi Oʻzbekiston hududida davlatchilikka xos koʻp asrlik tarixga ega. S. faoliyatini qadimdan xalq madaniyati, anʼanalari va maʼnaviy negiziga asoslanib, obrueʼtiborli, katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan kishilar amalga oshirishgan. Ular chiqargan qarorlar har qanday shubhadan xoli va barcha uchun majburiy hisoblangan. Oʻzbekistonda qariyb 13 a. davomida shariat qonunlariga amal qilgan qozilik sudi hamda xalq urfodatlari va anʼanalariga suyanib qaror qabul qilgan biylar sudi mavjud bulgan. Oʻrta Osiyoni zabt etganidan sung mustamlakachi chor hokimiyati Rossiya qonunlariga amal qiluvchi S.larni tuzdi. 1917 y. Okt. toʻntarishidan soʻng "xalq" S.lari va tribunallar taʼsis etildi. Ular kommunistik partiya va inqilob manfaatlariga xizmat qildi, qonunga emas, "proletarcha ong"ga suyanardi. S. oʻrnini koʻp xrllarda "maxsus kengash", "uchlik komissiya" kabi maʼmuriy tuzilmalar egallagandi. S. adolatga emas, vahshiyona qatagʻon, shafqatsiz jazolashga xizmat qildi. S. batamom partiya va sovet ijroiya organlariga karam edi.
Qator 15 ⟶ 14:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
„Sud“ atamasi sud hokimiyati vakolatlarini amalga oshirish huquqiga ega boʻlmagan nodavlat tuzilmalarini nomlash uchun ham juda koʻp qoʻllaniladi [[Hakamlar sudi,|(hakamlar sudi,]] Xalqaro tijorat [[Arbitraj sudi|arbitraj sudi]] va h.k.).
* Sudlarning turlari: [[O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi|Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi,]] umumiy yurisdiktsiya sudlari, xoʻjalik sudlari, [[Harbiy sud|harbiy sud.]].
 
{{stubOʻzME}}
 
[[Turkum:Sud]]
Qator 24 ⟶ 23:
[[Turkum:Siyosat]]
 
 
{{OʻzME}}
{{stub}}