Sudan: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.y. → Transport yoʻli, Q.x. → Qishloq xoʻjaligi, inti → instituti (2), Mayd. → Maydoni, y.da → yilda (14), va b.) → va boshqalar) (3), va b. → va boshqa (7) using AWB
Qator 4:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Sudan''', Sudan Respublikasi (Jumhuriya asSudan) — Afrikaning shim.sharqida joylashgan davlat. Mayd.Maydoni 2,5 mln. km². Aholisi 37,09 mln. kishi (2002). Poytaxti — Hartum sh. Maʼmuriy jihatdan 26 shtatga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
S — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1998 y. 30 iyunda kabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1993 y.danyildan Umar Hasan Ahmad alBashir), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
S hududining katta qismi bal. 300–1000 m boʻlgan plato; shim.da uning talaygina qismida Liviya va Nubiya choʻllari, jan.da Markaziy Afrika togʻligi (eng baland joyi — Kinyeti togʻi, 3187 m), gʻarbda Darfur va Kordofan platolari, sharkda Efiopiya togʻligining etaklari joylashgan. Kizil dengiz sohili — ensiz pasttekislik. Mis, oltin, xromit, temir, marganets rudalari, neft, marmar, gips konlari bor. Iklimi — shim.da tropik choʻl iqiimi, issiq va qurgʻoqchil, jan.da ekvatorial, mussonli. Hartumda oʻrtacha tra yanvar
 
da 22°, iyulda 33°. Iillik yogʻin shim.da 20&nbsp;mm gacha, mamlakat oʻrta qismida .100–300&nbsp;mm, jan.da 1000&nbsp;mm dan ortiq. Asosiy daryosi — Nil va uning irmoklari — Oq Nil va Koʻk Nil. Daryolardan ekinzorlarni suyurishda, yuk tashishda va gidroenergiya olishda foydalaniladi. S. jan.dagi baland boʻyli oʻtlar oʻsuvchi savannalarda qizil ferralit va alferrit tuproklar, shim.roqdagi choʻlga aylangan quruq savannalarda qizilqoʻngʻir va qizgʻish qoʻngʻir tuproklar, ayrim joylarda qoramtir ogʻir tuproqlar tarqalgan. Tropik, gidromorf va allyuvial tuproqlar ham uchraydi. Jan.da va togʻlarda tropik oʻrmonlar bor, baobab va akatsiya koʻp. Hayvonot dunyosi boy: kiyik, gʻizol, jirafa, fil, qoplon, arslon, begemot va b.boshqa, qushlardan tuyaqush, marabu, sesarka, sudralib yuruvchilardan piton, daryolarda timsoh, har xil baliklar bor. Boma, Dinder, Nimule, Sautern milliy bogʻlari, Erkovit qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
 
Aholisining aksariyati arablar. Nil vodiysida nubiylar, shim.sharqida bejalar, shuningdek, dinka, azande, nuer, shilak xalqlari ham yashaydi. Shahar aholisi 35%. Rasmiy til — arab tili. Rasmiy din — islom. Xristianlar ham bor. Yirik shaharlari: Hartum, Omdurman, Shim. Hartum, PortSudan, Juba, AlUbayd.
 
== Tarixi ==
S. hududida tosh davridan odam yashay boshlagan. Mamlakatning katta qismi (qadimda Kush mamlakati, 7-a.dan Nubiya) da qad. misrliklarga yaqin boʻlgan somxom va kushit qabilalari istiqomat kilganligi maʼlum. Mil. av. 2ming y.likda jan.dan kelgan negroid qabilalar ularga qoʻshilib ketgan. Mil. av. 16— 12-a.larda S. Misrga tobe boʻlgan. Mil. 6-a.da xristianlik tarqala boshladi. 7-a.ga kelib, S.da Aloa, Mukurra va Nobatiya xristian davlatlari paydo boʻldi. 7-a. oʻrtalaridan arablar kirib kela boshladi. Natijada mamlakat shim. va gʻarbiy hududlarida islom dini va arab madaniyati tarqaldi. 14-a. oxiri — 16-a. boshlarida musulmon davlatlari (Darfur, Sennar sultonliklari va b.boshqalar) vujudga keldi. 1820—22 y.lardayillarda S.ning katta qismini Misr hukmdori Muhammad Ali bosib oddi. S. garchi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga rasman qoʻshilgan boʻlsada, amalda Misr mulkiga aylandi. 19-a.ning 60y.lari oxiri — 70y.lar boshlaridan S.da Buyuk Britaniya taʼsiri kuchaya boshladi. Ingliz mustamlakachilarining shafqatsiz zulmiga qarshi xalq ommasi koʻp marta qoʻzgʻolon koʻtardi (q. [[Mahdiychilar qoʻzgʻoloni]]). 1899 y. inglizlar S.ni Buyuk Britaniya bilan Misrning mushtarak mulki (kondominium) deb eʼlon qiladigan bitimni Misrga majburan imzolatdi. S. rasman AngliyaMisr Sudani deb atala boshladi. S. amalda Angliyaning mustamlakasiga aylanib, uning asosiy paxta bazasi boʻlib qoldi. Sharqsa milliy ozodlik kurashi yuksalgan sharoitda S.da dastlabki siyosiy tashkilotlar tuzildi. 2-jahon urushi vaqtida S. harbiy qismlari Eritreya, Misr, Liviya, Tunisda fashist davlatlari qoʻshinlariga qarshi jangovar harakatlarda qatnashdi. Urushdan keyin mamlakatda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1955 y. noyabrda ingliz va Misr qoʻshinlari Sdan olib ketiddi. 1956 y. 1 yanvarda S. mustaqil davlat deb zlon qilindi. 1958—64 y.lardayillarda Sda diktatorlik rejimi oʻrnatildi. 1969 y. davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni J. Nimeyri boshliq harbiylar qoʻlga oddi. 1972 y. S janubi muxtoriyat maqomini olgach, 17 y.lik fuqarolar urushiga chek qoʻyildi. 1980 y.danyildan, ayniqsa, islom qonunchiligi butun mamlakatga joriy etilganidan (1983) keyin, jan.da yana fuqarolar urushi boshlandi. 1985 y.dayilda Nimeyri rejimi agʻdarib tashlandi va 1986 y.dayilda S alMaxdi boshchiligida koalitsion hukumat tuzildi, siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. 1989 y. harbiy toʻntarish sodir boʻlib, Milliy najot inqilobiy qoʻmondonligi Kengashi oliy qonun chiqaruvchi va ijrochi organ boʻlib oldi, u 1993 y. Umar Hasan Ahmad alBashirni mamlakat prezidenta etib tayinladi va oʻzini oʻzi tarqatib yubordi. 1999 y. 1 yanvardan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. 2000 y. 13—22 dek.da prezident va parlament saylovlari oʻtkazildi. U.H.A. alBashir yana S. prezidenti etib saylandi. S. 1956 y.danyildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1 yanvar — Mustaqillik kuni (1956). OʻzR suverenitetini 1991 y. 30 dek.da tan olgan.
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 25:
S. — qoloq agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi.ning ulushi 46,3%, sanoatning ulushi 22,8%, xizmat koʻrsatish soqasining ulushi 30,8%.
 
Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 80% band boʻlib, eksport tushumining 95% ni taʼminlaydi. Q.x.Qishloq xoʻjaligi da foydalaniladigan 8,4 mln. gektar yerning 2,6 mln. gektari sugʻoriladigan, 5,4 mln. gektari lalmi yerlardir. Paxta eng muhim eksport ekini boʻlib (Afrikada Misrdan keyin 2oʻrin), Gezira, Oq va Koʻk Nil, Atbara vodiylarida yetishtiriladi. Kordofan platosi, Koʻk Nil va Atbara vodiylarida kunjut, Darfur va Kordofan platolarida yer yongʻoq, hamma vohalarda oq joʻxori, tariq ekiladi, shim.da xurmo yetishtirilady va makkaisano bargi terib olinadi. Texnika ekinlaridan shakarqamish va b.boshqa yetishtiriladi. Aqoqiyo (arab yelimi) yetishtirishda dunyoda yetakchi oʻrinda turadi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, tuya, xachir, yilqi va b.boshqa boqiladi.
 
Sanoatida mehnatga layoqatli Agʻolining 5% band boʻlib, u asosan mahalliy qishloq xoʻjaligi. xom ashyosini qayta ishlash va yogʻochsozlik korxonalaridan iborat. Oziqovqat sanoatida yogʻ, sut, qandshakar, konserva z-dlari, yengil sanoatda toʻqimachilik, poyabzal, paxta tozalash, shuningdek, mashinasozlik va metallsozlik, kemasozlik, neft, sement, mineral oʻgʻit ishlab chiqarish. korxonalari bor. Oz miqdorda oltin, uran, xrom, temir, marganets rudalari va gips qazib olinadi. Keyingi davrda neft qazib chiqarish koʻpaydi. Dengiz suvidan tuz ajratib olinadi. Yiliga oʻrtacha 1,33 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Hartum, Omdurman, PortSudan, Atbara, VodiyMadoni. T.y.Transport yoʻli uzunligi 5,5 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 21,4 ming km. Asosiy dengiz porti PortSudan. Nil va uning irmoqdarida kema qatnaydi. Hartumda xalqaro aeroport bor. Chetga paxta, xom neft, oq joʻxori, aqoqiyo, yer yongʻoq, kunjut, chorva mollari chikaradi, chetdan mashina va uskuna, bugdoy, neft mahsulotlari, transport vositalari, doridarmon oladi. Saudiya Arabistoni, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya, AK.Sh, Yaponiya, BAA bilan savdo qiladi. Pul birligi — sudan dinori.
 
== Tibbiy xizmati ==
Qator 33:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
19-a.gacha S. shimolida 2—3 y.lik musulmon maktablari boʻlgan. Mustamlakachilar kelgach, ingliz taʼlim tizimi namunasidagi 4 y.lik boshlangʻich, 4 y.lik oraliq, 4 y.lik oʻrta maktablar tuzila boshladi. 1970 y. maktab tizimi isloh. qilinib, 7—13 yoshdagi bolalar uchun 6 y.lik boshlangich, 6 y.lik oʻrta (3 y.lik toʻliqsiz va 3 y.lik toʻliq) maktab joriy etildi. Qizlar maktabida uyroʻzgʻor va tikuvchilik ham oʻrgatiladi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ped. oʻquv yurtida, toʻliqsiz oʻrta maktab oʻqituvchilari ped. markazlarida 2 y. davomida tayyorlanadi. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich va toʻliqsiz maktab negizida 4 y. davomida olib boriladi. Hartum universiteti, Qohira universitetining Hartum filiali, Omdurmandagi islom intiinstituti, Juba universiteti, VodiyMadonidagi Gezira universiteti kabi oliy oʻquv yurtlari, shuningdek, 2—3 y. davomida oʻrta maxsus taʼlim darajasida maʼlumot beradigan bir kancha institut va kollejlar (Hartum politexnika intiinstituti, tibbiyot kolleji va b.boshqalar) ham bor. Hartum universitetining kutubxonasi, Omdurmandagi Ommaviy kutubxona, Hartumda Milliy muzey, Etn. muzeyi, Tabiat tarixi muzeyi, Meroeda Muzeyqoʻriqxona mavjud. Ilmiy tadqiqotlar universitetlarning laboratoriyalarida, Afrika va Osiyo intida, Hartumdagi sanoat tadqiqotlari institutida, bir qancha vazirliklarga qarashli ilmiy muassasalarda olib boriladi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. S.da bir kancha gaz. va jurnali nashr etiladi. Yiriklari: "AlAyyom" ("Kunlar", arab tilida chiqadigan kundalik gaz., 1953 y.danyildan), "AlQuvvat alMusallaxa" ("Qurolli kuch lar", kundalik gaz., 1969 y.danyildan), "Assahafa" ("Matbuot", arab tilida chikadigan kundalik gaz., 1962 y.danyildan), "Sudan standard" ("Sudan bayrogʻi", ingliz tilida haftasiga 2 marta chikadigan gaz., 1973 y.danyildan), "Sudan nush" ("Bugungi Sudan", ingliz tilida chiqadigan oylik jurnali, 1976 y.lan). S. axborot agentligi (SUNA) hukumat axborot mahkamasi, 1970 y. asos solingan. Davlat Milliy radioeshittirish va telekoʻrsatuv korporatsiyasi mavjud.
 
== Adabiyoti ==
Koʻhna S. tamadduni (sivilizatsiyasi) Qad. Misr va yunon madaniyatlari bilan bogʻliq ravishda rivojlangan. 7-a.dan arab tili singib, adabiy asarlar shu tilda yozila boshladi. 17—18-a.larda Hammad ibn Muhammad ibn Ali alMumayux va Muhammad alJaali kabi atoqli shoirlar ijod qildilar. 19a. xalq sheʼriyatida (X. Abu Sinna, Umm Museymasxonim, Bint alMakkaviy va b.boshqalar) chet el istilochilariga qarshi kurash, arablar birligiga daʼvat ohanglari yangraydi. Mumtoz adabiyot namoyandalaridan Muhammad Sayd alAbbosiy, Abdulloh Abdurahmon, Husayn azZahra ijodi ajralib turadi. Yahyo asSalaviy Nil vodiysi xalqlarini "birgalikda kurashish"ga chaqiruvchi sheʼrlari bilan mashhur boʻldi. 20-a.ning 10—20y.larida milliy matbuot yuzaga keldi. 30y.larda Abu Jukkud, Ali Ahmadoniy, Hamza alMalik Tunbul, Yusuf Bashir atTijoniy kabi shoirlar adabiyotni rivojlantirdilar. Muhammad Ahmad Mahjub va Abdulhalim Muhammadlar qissa va roman janrida ijod qila boshladilar. 20-a.ning 2-yarmida shoirlardan Toj asSirr Hasan, Jili Abdurahmon, Jaʼfar Hamid alBashir, Muhammad Miftoh alFayturiy, yozuvchilardan Usmon Ali Hyp, Abu Bakr Xolid, atTayib Zarruk ijtimoiy mavzularda asarlar yozishdi. S.da xalq, ogʻzaki ijodi ham keng yoyilgan. Shimoliy S.da folklar janrlari boshqa arab mamlakatlari ogʻzaki ijodiga, janubiy S.da esa tropik Afrika madaniyati namunalariga oʻxshash.
 
Meʼmorligi va tasviriy saiʼati. Ilk neolit davri (mil. av. 7ming y.lik oxiri — 4ming y.lik boshlari)ga oid loydan ishlangan hayvon qaykalchalari, sopol idishlar, qoyaga ishlangan suratlar topilgan. Mil. av. 2ming y.likda S. sanʼati Qad. Misr madaniyati oʻzanvda rivojlangan. Mil. av. 1ming yillik oxiridan moddiy madaniyatda oʻziga xos belgilar paydo boʻla boshlagan. Mil. av. 22—18-a.larda xom gʻishtdan toʻgʻri burchakli kulbalar, zodagonlar uchun koʻp xonali uylar (Areykada), ibodatxonalar (Sulba va Kavada), istehkomlar (Semna, Kummada), sagʻanalar barpo etilgan. S.da xristianlik tarqalishi bilan (mil. 6-a.ning 2-yarmi) meʼmoriy uslubi va devoriy rasmlari kopt sanʼatiga yaqin boʻlgan cherkovlar qurila boshladi. 15—16-a.larda Gʻarbiy S. meʼmorligining Sharqiy Afrika oʻrta asr tosh meʼmorligiga oʻxshash jihatlari koʻp boʻlgan. 19—20-a.larda Qizil dengiz boʻylarida marjon ohaktoshlaridan tiklangan uylar, S. janubidagi negroid qabilalarida loy va shoxshabbadan toʻqima qilib yasalgan, tomi oʻt va poxol bilan yopilgan kulbalar aholining asosiy turar joyi boʻlgan. 20-a. oʻrtalarigacha zamonaviy imoratlar faqat Hartum, PortSudan, Atbara va b.boshqa yirik shaharlarda qurildi. 1956 y.danyildan sanoat va turar joy binolarini loyiha asosida keng koʻlamda barpo etish, shaharsozlikni tartibga solish ishlari olib boriddi, jahon meʼmorligi tajribasidan foydalanishga harakat qilindi.
 
20-a. oʻrtalaridan tasviriy sanʼatda dastgoh rassomligi milliy maktabi vujudga keldi, unda mahalliy bezak va yevropacha anʼanalarni birga qoʻshish odat tusiga kirgan. Keyingi yillarda M. Kua, A. Hamid kabi haykaltaroshlar, X. Abbos, M. O. Bashir kabi rassomlar, A. A. Borxan kabi grafika ustalari yetishib chikdi. S. tasviriy va amaliy sanʼatida yogʻoch va loydan haykalchalar yasash keng tarqalgan. Shimoliy S. arablari orasida kandakorlik, teridan turli anjomlar yasash, jan. xalqdarida pichoqchilik, badiiy toʻqimachilik anʼanaviy mashgʻulot hisoblanadi.
 
Musiqasi koʻpgina xalqlarning musiqiy anʼanalarini oʻz ichiga oladi. S. cholgʻu asboblari xilmaxil. Lirashmon torli tambur va uning turlari — kisir (nubiylarda), benebene (Gʻarbiy S.da), bangiya (Sharqiy Sda), tom (Jan. Sda); torlikamonli umkiki, tor (toʻrtburchak doira), turli barabanlar — dolyuka (loy baraban), dingir (suv toʻddirilgan baraban), taba va b.boshqa Janubiy S.dagi dinka, nuer, shilluk va b.boshqa xalqlarning baraban ansambllari bor. Puflab chalinadigan asboblar: zumbara (metall nay), penax (qovoq poʻsti), garin (shox), qamish naylar va b.boshqa Gʻarbiy Sdagi koʻpgina qoʻshiqlar raqs bilan birga ijro etiladi. Xasis, jarrari, mardum raqsqoʻshiklari koʻchmanchi chorvador turmushi va mehnati bilan bogʻliq. Shuningdek, qiroat, azon, madhiya, zikr kabi janrlari ham mavjud. Mixera bitAbbud, Sharifa bitBilol kabi xonandalar vatanni, mustaqillik yoʻlidagi kurashchilarni madh etuvchi qoʻshiklari bilan mashhur boʻlgan. Keyingi yillarda mamlakat jan. bilan shim. anʼanalari yaqinlashuvi natijasida turli musiqiy uslublarning oʻzaro taʼsiri kuchaydi. Milliy folklor ansambli, Musiqa va teatr instituti tashkil topdi. Musiqa arboblaridan kompozitor va xonandalar Muhammad alAmin, I. alKoshif, M. Vardi, A. Shuraxbil, kompozitor va dirijyor A. Marjonni koʻrsatish mumkin.
 
== Teatri ==
S. teatr sanʼati arab madaniyati ruxida. 1936 y. Teatr jamiyati tashkil etilib, u avval maktablarda ish olib bordi. 1940 y.danyildan ommaviy spektakllar namoyish eta boshladi. 1950 y. jamiyat negizida drama va musiqa truppalari arab tilida spektakllar qoʻiishga kirishdi. 1961 y. Zamonaviy S. teatri, Hartum truppasi va xalq raqs ansambllari ishladi. Yosh sanʼatkorlar Misr va Italiya badiiy maktablarida taʼlim oladilar.
 
== Kinosi ==
1968 y. oʻquv va voqeiy filmlar ishlab chiqaradigan kino boshkarmasi tashkil etildi. 1960—70 y.lardayillarda toʻla metrajli "Umid va orzular" (rej. arRashid Mavdi), "Avlodlar kurashi", "Akauka mojarosi" (rej. A. Hoshim), "Afrika, inqilob bongi" (rej. Sulaymon) badiiy filmlari yaratildi. Filmlarni kinoprokat va import qilish bilan xususiy firmalar shugʻullanadi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->