Sugʻurta: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (4), va b.) → va boshqalar) (3), va b. → va boshqa using AWB
Qator 1:
{{birlashtirish|Sug'urta}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
'''Sugʻurta''' — tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yogʻin va b.boshqalar), har xil baxtsiz hodisalar roʻy berishi natijasida koʻrilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlar tizimi. S. koʻp asrlik tarixga ega. S muassasalari dastlab oʻrta asrlarda, dengiz orqali olib boriladigan savdodagi xavfxatarlar bilan bogʻliq holda paydo boʻldi. Keyinchalik boshqa sohalarga gʻam yoyildi. Ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida S. fuqarolarning manfaatlarini ishonchli himoya etuvchi vosita boʻlgan.
 
S. jamgʻarmasi milliy iqtisodiyot zaxira jamgʻarmasining muhim va oʻziga xos boʻgʻini hisoblanadi, milliy iqtisodiyotni turli tasodiflardan moliyaviy himoya qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda S. ishi nihryatda taraqqiy etgan boʻlib, bu mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida S. badal (mukofot)lari hajmi oʻrtacha 8—12% ni tashkil etadi.
 
S. qilinadigan obʼyektga qarab m u l kiy S. (mas, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlari, binolar, ekinlar, uy hayvonlari, molmulk, transport vositalarini sugʻurtalash), shaxsiy S. (inson, sogʻligʻi, hayoti, mehnat qobiliyatini sugʻurtalash), uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik S.si (transport egalarining fuqarolik javobgarligini, kredit oluvchilarning bank oldidagi kreditni oʻz vaqtida qaytarish javobgarligini sugʻurtalash va b.boshqalar)ga boʻlinadi. S. tartibi va shartlari, turlari, obʼyektlari mamlakatdagi qonunchilik bilan belgilanadi. Mustaqillikka erishguniga qadar 1918—91 y.lardayillarda Oʻzbekiston Respublikasida S. faoliyatini sobiq Ittifoq miqyosida yagona boʻlgan davlat sugʻurta idorasi ("Gosstrax") va uning ittifokdosh respublikalardagi boshqarmalari amalga oshirgan. 1991 y.danyildan OʻzRda oʻtkazilgan chuqur iqtisodiy islohotlar jarayonida bozor iqtisodiyotiga oʻtishning dastlabki bosqichlarida davlat S organlari qayta tashkil etildi, ularga raqobatda boʻla oladigan turli mulkchilik shaklida S. kompaniyalari va agentliklari vujudga keldi. S. xizmati bozori, S. faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, huquqiyqonunchilik asoslari yaratildi. 1993 y.dayilda 6 mayda Oʻzbekiston Respublikasining "Sugʻurta toʻgʻrisida" qonuni qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 y. 25 fevraldagi farmoniga koʻra Moliya vazirligi huzurida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Davlat sugʻurta bosh boshqarmasi "Oʻzagrosugʻurta" sugʻurta kompaniyasi shaklida qayta tashkil etildi, "Kafolat" sugʻurta kompaniyasi, "Madad" sugʻurta agentligi, "Oʻzbekinvest" eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi va b.boshqa oʻz faoliyatini boshladi.
 
Sugʻurtalash majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshiriladi. Majburiy S.ning oʻzi majburiy va majburiy davlat S.siga boʻlinadi. Ularning har ikkalasi ham qonunchilik hujjatlariga muvofiq joriy etiladi. Oʻzbekistonda umumiy foydalanishdagi avtomobil transporta, suv, havo, t.y. transportlari yoʻlovchilari, transport vositalari egalarining fuqorolik javobgarligi va b.gaboshqalarga majburiy sugʻurta turlari belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini qoʻriqlash, Davlat bojxona, Davlat soliq qoʻmitalari xodimlari majburiy davlat S.siga olingan va bunday S. turlari uchun sugʻurta badali (mukofoti) davlat byudjeti hisobidan toʻlanadi. Ixtiyoriy S. turlari S. munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning oʻzaro roziligi va yozma shartnoma asosida amalga oshiriladi, S. javobgarligi hajmi (S. narxi), S. badali (mukofoti) mikdori,S. hodisasi yuz berganda toʻlanadigan S. puli (S. qoplamasi, tovoni) summasi — shartnoma shartlari sugʻurta qiluvchi bilan sugʻurta qilinuvchi tomonlar oʻrtasida kelishiladi. Oʻzbekiston Respublikasida jami S. kompaniyalarining S. javobgarligi 3,25 trln. soʻmni, yigʻilgan badallar (mukofotlar) tushumlari summasi 21,7 mlrd. soʻmni, toʻlangan S. puli (krplamalari) summasi 2,4 mlrd. soʻmni tashkil etadi; S. toʻlovlarining umumiy tuzilmasida molmulk S.si 70%, shaxsiy S. 6,2%, javobgarlik S.si 5% dan iborat boʻldi (2002). 2004 y.dayilda Oʻzbekistonda 20 dan ortiq, shu jumladan 10 ta yirik davlataksiyadorlik, nodavlat S. kompaniyalari faoliyat kursatadi.
 
Oʻzbekiston Respublikasida S. sohasida tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, normalari xalqaro standartlarga muvofiklashtirilgan.
 
Respublikada S.ga oid huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining yangi "Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida" qonuni (2002 y. 5 aprel) bilan tartibga solinadi (yana q. [[Sugʻurta kompaniyalari]], [[Sugʻurta xizmatlari bozori]]). Xoʻjayor Shennayev, Bahodir Shamsuddinov.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}