Hamid Sulaymonov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.da → shahrida (2) using AWB
Qator 1:
'''Sulaymonov Hamid Sulaymonovich''' (1910.5.5 — Toshkent — 1979. 8.6) — adabiyotshunos, matnshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). Filol. fanlari d-ri (1961), prof. (1971). Moskva kinematografiya institutini tugatgan (1932). Toshkent ped. instituti oʻqituvchisi, kafedra mudiri va ToshDU dotsenti (1935—50). 50y.larda qatagʻonga uchragan. 60y.larda oklangan. Oʻzbekiston FA Til va adabiyot instituti sektori mudiri (1962—67). Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi (1967— 69) va Qoʻlyozmalar instituti (1978—79) direktori. Asosiy ilmiy faoliyati Alisher Navoiy lirikasining tekstologik tadqiqotlariga bagʻishlangan. Navoiy qoʻlyozmalari bibliografiyasini tuzgan (1946—47) va shoirning "Badoye ulbidoya", "Navodir unnihoya" devonlari qoʻlyozmalarini topib (1959), ular shoir tomonidan tuzilganligini isbotlagan. "Xazoyin ulmaoniy" tanqidiy matnini tuzgan va nashr ettirgan (1958—60). "Devoni Foniy" qoʻlyozmalarini (Fransiyadan) topib, fotonusxa asosida nashr ettirgan (1965). Hofiz Xorazmiyning 2 j.li "Devon"i fotonusxasini Haydarobod (1975, Hindiston)dan Toshkentga olib kelib (1977), soʻz boshi yozib chop ettirgan (1980). Xattotlik va kitobat sanʼatiga oid ilmiy asarlar yozgan. "Boburnoma"ga ishlangan rasmlar" (1959), "Navoiy asarlariga ishlangan rasmlar" (1980, F. Sulaymonova bilan hamkorlikda), "Amir Xusrav asarlariga ishlangan rasmlar" (1983, F. Sulaymonova bilan hamkorlikda) albomlarini tuzgan va chop ettirgan. Toshkent, Andijon, Qoʻqon, Samarqand, Jizzax sh.dagishahridagi adabiyot muzeylari hamda Qoʻlyozmalar institutining tashkil etilishiga rahbarlik qilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). Toshkent sh.dagishahridagi koʻchalardan biriga S. nomi berilgan.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Adabiyotshunoslar]]
[[Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arboblari]]
 
 
{{stub}}