Suvda va quruqlikda yashovchilar: Versiyalar orasidagi farq

k
qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi, va b.) → va boshqalar) using AWB
(+ 24 x [[]], imlo; + Turkum:Hayvonlar, - {{no iwiki}})
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi, va b.) → va boshqalar) using AWB)
Suvda va quruqlikda yashovchilar yuqori devon davrida qadimgi [[panja qanotli baliqlar]]dan kelib chiqqan; ular baliqlar bilan haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar ([[amniotalar|amniotlar]]) oʻrtasida oraliq oʻrinni egallaydi. [[Stegotsefallar]] deb atalgan qadimgi Suvda va quruqlikda yashovchilar bosh qutisi skeleti 1 m gacha boʻlgan. Ular [[karbon]]ning oʻrtalarigacha quruklikda yashovchi yagona umurtqalilar boʻlgan. Karbon davri oxiridan boshlab quruqlikda sudralib yuruvchilar hukmronlik qila boshlagan. Hozirgi sudralib yuruvchilar yura davridan maʼlum.
 
Hozir Suvda va quruqlikda yashovchilar tanasi uzunligi 2—3 sm dan 1,8 m gacha. Terisi yumshoq va yupqa boʻlib, shilimshiq bezlar ishlab chiqaradigan suyuqlik bilan doimo hoʻllanib turadi. Teri gaz va suv almashinuvi vazifasini ham bajaradi. Terining bu xususiyati ularning quruklik muhitiga toʻliq moslanishiga imkon bermagan. Bir qancha turlari terisida zaharli suyuklik ishlab chiqaradigan bezlar ham boʻladi. Suvda va quruqlikda yashovchilar hrz. quruqlikda yashovchi umurtqalilar orasida eng sodda tuzilgan boʻlib, skeletida togʻaylar koʻp. Oldingi oyokdari, odatda 4 barmokli, keyingisi — 5 barmokli. Dumli Suvda va quruqlikda yashovchilardan sirenlarning keyingi oyoqlari, oyoqsizlarning ikkala juft oyoqlari, koʻkrak qafasi boʻlmaydi; ogʻiz boʻshligʻi tubidagi muskullarning qisqarishi tufayli havo oʻpkaga oʻtadi. Ayrim [[salamandrasimonlar|salamandralar]]da oʻpka boʻlmaydi. Miyacha kuchsiz rivojlangan. Dumsiz Suvda va quruqlikda yashovchilarda oʻrta quloq va nogʻora pardasi rivojlangan. Yuragi 3 kamerali, oʻpkasiz Suvda va quruqlikda yashovchilar yuragi 2 kamerali. Chal yurak boʻlmasiga arteriya qoni, oʻng yurak boʻlmasiga vena qoni va teridan arteriya qoni keladi. Arteriya va vena qoni yurak qorinchasida aralashib ketadi. Gavdadagi boshdan boshka barcha organlar aralash qon bilan taʼminlanadi. Buyragi koʻpchilik baliklarnikiga oʻxshash tana buyrak (mezonefros); buyrak va jinsiy bezlar yoʻli kloakaga ochiladi. Suvda va quruqlikda yashovchilar — gavda harorati oʻzgarib turadigan (poykiloterm) hayvonlar. Hoz.Hozirgi Suvda va quruqlikda yashovchilar 3 [[turkum]] 25—30 [[oila (biologiya)|oila]]ga mansub 400 ga yaqin [[tur (biologiya)|tur]]ni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston hududida [[dumsiz amfibiyalar|dumsizlar]] turkumiga mansub 2 turi ([[baqalar|baqa]] va [[qurbaqalar|qurbaqa]]) tarqalgan; [[dumli amfibiyalar|dumlilar]] turkumidan [[tritonlar]] akvariumlarda boqiladi. Suvda va quruqlikda yashovchilar, asosan, suvda koʻpayadi. Koʻpchilik dumsizlar va ayrim dumlilar uchun tashqi [[urugʻlanish]], koʻpchilik dumlilar va barcha oyoqsizlar uchun ichki urugʻlanish xos. Odatda, tuxum qoʻyadi; ayrim turlari tirik tugʻadi yoki tuxumdan tirik tugʻadi. [[Lichinka]]si voyaga yetgan davridan keskin farq qiladi (ayniqsa, dumsizlar [[itbaliq|itbaligʻi]]); metamorfoz orqali rivojanadi. Ayrim kurukdikka tuxum koʻyuvchi dumsizlar metamorfoz rivojlanadi. Dumlilarning ayrim turlari ([[aksolotl]], [[alp tritoni]] va b.boshqalar) uchun [[neoteniya]] (voyaga yetmasdan koʻpayish) xos. Voyaga yetgan Suvda va quruqlikda yashovchilar har xil [[umurtqasizlar]], asosan, [[hasharotlar]], itbaliqlar, mikroskopik xdyvonlaar va oʻsimliklar bilan ozikdanadi. Suvda va quruqlikda yashovchilar zararkunanda ekosistemalarning asosiy komponenta boʻlib, koʻpchilik umurtqasizlar soninicheklab turishdagʻamdaboshkaxayvonlarga oziq sifatida katta ahamiyatga ega. Dumsizlarning ayrim turlari (mas, baqalar) bir qancha mamlakatlarda isteʼmol qilinadi. Ayrim Suvda va quruqlikda yashovchilar lab. hayvonlari sifatida ahamiyatga ega. Suv havzalarining ifloslanishi tufayli ayrim turlari soni kamayib bormoqda. 41 turi va kenja turi Xalqaro [[Qizil kitob]]ga kiritilgan.
 
Ochil Mavlonov.
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Hayvonlar]]
 
 
{{stub}}
197 605

ta tahrir