Suyuqlik — versiyalar orasidagi farq

k
qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura using AWB
(Maqolaga matn qoʻshildi)
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura using AWB)
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Suyuqlik''' — moddaning qattiq va gazeimon holatlari oʻrtasidagi agregat holat. S.ning baʼzi xossalari gaznikiga, baʼzi xossalari qattiq jismnikiga oʻxshab ketadi. U qattiq jismga oʻxshab maʼlum hajmni egallaydi, idishga quyganda esa, gaz singari, idish shaklini oladi. Kimyoviy tarkibiga koʻra S. 1 komponentli (sof), 2 komponentli (binar), 3 komponentli va koʻp komponentli (4 va undan ortiq komponentli) suyuq aralashmalar (eritmalar)ga boʻlinadi. Fizik tabiatiga koʻra S. normal (odatdagi), suyuq kristallar va kvant suyukliklar (suyuq 4Ne, 3Ne va ularning eritmalari)ga boʻlinadi. Odatdagi S.lar faqat bitta fazaga ega. Geliy "Ne ikki suyuq fazada — normal va oʻta oquvchan fazalarda, suyuk, kristall moddalar esa normal va bir yoki hatto bir necha anizotrop fazalarda boʻlishi mumkin. Normal S. tashqi taʼsir boʻlmaganida makroskopik bir jinsli va izotrop boʻladi. Xuddi shu xossalari bilan S. gazga oʻxshaydi, ammo anizotrop kristall qagtiq jismlardan keskin farq qiladi. Amorf qattiq jismlar (mas, shisha) oʻta sovitilgan S. boʻlib, odatdagi Sdan kinetik harakteristikalari son qiymatlari bilan farq qiladi. Agar S. qizdirila boshlansa, uning issiqlik oʻtkazuvchanlik, yopishqoqlik, diffuziya kabi xossalari gazlarning shunday xossalariga yakinlashib boradi. Kristallanish t-rasigatemperaturasiga yaqinlashganda esa, kupchilik odatdagi S.larning zichligi, siqiluvchanligi, issiqlik sigʻimi, elektr oʻtkazuvchanligi kabi xossalari mos ravishdagi qattiq jismlarning shunday xossalariga yaqinlashadi.
 
Slarda molekulalar birbiriga yaqin turadi. Shuning uchun har bir molekula oʻzining atrofidagi qoʻshni molekulalar bilan oʻzaro taʼsirlashib turadi. S. molekulalari gaz molekulalari kabi erkin harakat qilmasdan, qandaydir vaqt oraligʻida oʻtroq holat deb ataluvchi holatdagi muvozanat vaziyat atrofida tebranib turadi. Vaqtvakti bilan S molekulasi oldingi muvozanat vaziyatdan oʻz oʻlchamlariga yaqin boʻlgan masofacha uzoqlikka oʻtib, yangi muvozanat vaziyatni egallab boradi. Shu tarzda S molekulalari S. hajmi boʻyicha betartib ravishda sekinlik bilan koʻcha boshlaydi. S aniq hajmga ega boʻlishiga qaramay, maʼlum shaklni saklab qola olmaydi va idishning oʻzi egallagan qismining shaklini oladi.
Abror Noʻʼmonxoʻjayev.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
== Shuningdek qarang ==
* [[Gaz]]
* [[Qattiq]]
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}
197 605

ta tahrir