Tabiat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa (2) using AWB
Qator 1:
'''Tabiat''' — odamning paydo boʻlgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud borliq. Umuman — bu dunyo, odam, koinot; mikromakromegadunyolar; jonsiz va jonli borliq. Tor maʼnoda — tabiat fanlari oʻrganadigan obʼyekt. T. odamga, jamiyatga bogʻliq boʻlmagan qonuniyatga boʻysunadi. Odam T.ning bir qismi. Odam T. qonunlarini oʻzgartira olmaydi, faqat qrnunlardan foydalanib, T. elementlarini, qismlarini oʻzlashtirishi mumkin. T. tushunchasi insoniyat jamiyati yashashi tabiiy sharoitlarining majmui sifatida ham qaraladi. Inson yashashi uchun mehnat qiladi, mehnat (mas., dehqonchilik, qurilish, sanoat), miya faoliyati va b.boshqa esa T.ning baʼzi jihatlarini oʻzgartiradi. Odam tomonidan, yaʼni ijtimoiy mehnat jarayonida yaratiladigan moddiy boyliklar shartli ravishda "ikkinchi T." deyiladi. Mas., vodoroddan urangacha boʻlgan 92 ta kimyoviy element tabiiydir, undan keyingi kashf etilganlari sunʼiydir. Barcha sunʼiy sintetik kimyoviy birikmalar, odam yaratayotgan atom va yadro energiyalari "ikkinchi T."ga kiradi.
 
Tabiat atamasi keng maʼnoda [[fizika|fizik]], [[materiya|material]] [[olam]]ni bildiradi. Kundalik turmushda "tabiat" soʻzi ostida [[odam]] taʼsiri ostida koʻp boʻlmagan [[atrof-muhit]] va undagi [[hayot]] ([[yovvoyi tabiat]]) nazarda tutiladi. Birinchi holda tabiatni umuman [[fan]], ikkinchi holda esa [[tabiatshunoslik]] oʻrganadi. Bunda tabiat [[subatom]]dan [[galaktika|galaktik]] miqyoslarga boʻlib koʻriladi.
Qator 5:
Odamning T.ga munosabati tarixda oʻzgarib va rivojlanib bordi. Antik falsafada T.ga stixiyali kuchlar (Demokrit), ideal dunyoning inʼikosi (Platon), uygʻun jarayon (Pifagor), mukammallik (Aristotel) deb qaralgan. Diniy taʼlimotlarda T. ruxiy ibtidoning moddiy gavdalanishi deb xisoblangan va xudo T.dan yuqori turadi deb tushunilgan. Uygʻonish davrida T.ga hamma tabiiy uygʻunlik va mukammallikning yuzaga chiqishi sifatida karaldi. Yangi davrda T.ga boʻlgan munosabat T.ning ilmiy oʻrganish obʼyektiga aylanishida katta rol oʻynadi.
 
T. obʼyekti fazo va vaqtda mavjud modda, materiyadir. Ular cheksiz maʼlum narsalarning (elementar zarralar, antizarralar, qum, tosh, tuproq, suv, havo, jonsiz va jonli mavjudot, planetalar, yulduzlar, galaktikalar va b.boshqa samoviy jismlar, fizik maydonlar) majmuidan iboratdir. Bir vaqtlar (fanning soʻnggi maʼlumotlari boʻyicha bundan 20 mlrd. yil avval) bu jismlar boshqa koʻrinishda boʻlgan. Boʻlajak mlrd. yillarda u yana oʻzgarib boradi. T. odamning , jamiyatning vatani. Odamning hayoti T.ning , biosferaning uygʻun sharoitiga bogʻliq. Bu sharoit salbiy tomonga oʻzgartirilsa, odamning normal yashashiga putur yetkaziladi, ekologik muammolar paydo boʻladi. Ilmiy-texnika yutuqlaridan notoʻgʻri foydalanish — biosferaning buzilishiga olib keladi. Binobarin T.ni puxta bilib, undan samarali foydalanish, unga toʻgʻri va oqilona munosabatda boʻlish lozim (q. [[Tabiatni muhofaza qilish]]). Insonning T.ga bunday munosabatda boʻlishida fan asosiy omil boʻlib kelmoqda. Yer va koinotda insonning faoliyati faollashmoqda. Koinotning uzoquzoq joylari (mas., metagalaktikalari)da ,t yuz berayotgan hodisalarni kengroq va chuqurroq bilish T. haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi. Omonulpa Fayzullayev.
 
== Shuningdek qarang ==
* [[Ekologiya]]
 
{{stubOʻzME}}
 
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}}