Fantastika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi (3), va b.) → va boshqalar) (2), va b. → va boshqa using AWB
Qator 1:
'''Taxayyulot''' yoki '''fantastika''' [[sanʼat]], xususan [[adabiyot]]dagi [[janr]]lardan biri boʻlib, [[gʻayritabiiylik]]ni yoritadi. Taxayyulot turlichadir: [[ilmiy taxayyulot]] [[fan]]ga tayanib hikoya qilsa, [[fentezi]] voqealarni [[sehr|sehr-jodu]] unsurlari bilan bezaydi.
 
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Fantastika''' (yun. phantastike — xayolan tasvirlash sanʼati) — badiiy sanʼat turi. F. realizm va naturalizm yoʻnalishidagi sanʼat, adabiyotlarning aksi. Ayrim oʻrinda F. realizm bilan ham koʻshilib ketadi. F.ning shakli mifologik tushunchalarni, ertaklarni tasvirlashda koʻrinadi. Inson tasavvurida hayron qoldirarli xayoliy obrazlar va hodisalar, toʻqima holatlar, ajoyibotlar olami badiiy asarda voqelikka, hayot haqiqatiga qaramaqarshi qoʻyib tasvirlanadi. F.ning adabiyot, sanʼatning boshqa tur va janrlaridan farqi shuki, uning tasvir sohasi amalda mavjud boʻlgan hayot emas, balki turmush haqidagi umumiy tasavvurdan kelib chiqadigan hayotdir. Shuning uchun hamma narsa va hodisalar jiddiy oʻzgargan, boʻrttirilgan, taajjublantiradigan darajada boʻladi. F.ning maqsad va vazifalari fakat inson orzusini emas, balki kelajakda kutiladigan xatardan ogoh qilish, estetik zavq berish hamdir. F. koʻpincha xalq ogʻzaki ijodida uchraydi. Lof, latifalar va dostonlarda F.ni oʻta boʻrttirilgan shaklda kuzatish mumkin ("Alpomish", "Goʻroʻgʻli", "Manas" va b.boshqalar). Gomerning "Iliada" dostoni, M. Servantesning "Don Kixot" asari, F. Rablening "Gargantyua yoki Pantagryuel" hajviy asari, J. Sviftning "[[Gulliverning sayohatlari]]", A. Dantening "Ilohiy komediya"si, M. Tvenning "Tom Soyerning sarguzashtlari", Gyotening "Faust", M. Bulgakovning "Ityurak" va b.boshqa asarlari F. yoʻnalishining ajoyib namunalari sanaladi. K. Chukovskiyning ertaklari, A. Kazansevning "Yonuvchi orol", A. Grinning "Alvon yelkanlar" asarlari, X.K. Andersenning ertaklari ham kattalarga va bolalarga moye F. janrida yozilgan. Hoz.Hozirgi zamon chet el badiiy F.sining namoyandalari sifatida yaponiyalik Kabo Abe, amerikalik Ayzek Azimovni, polshalik Stanislav Lem va b.niboshqalarni koʻrsatish mumkin. F. nafaqat adabiyotni, balki faylasuflarning yirik ijodiyotini ham tashkil qiladi. F.da obrazlar koʻp hollarda yaxlit mazmunda boʻlsa, yana ayrim oʻrinlarda ramziy maʼno kasb etadi. Hoz.Hozirgi zamon oʻzbek adabiyotida T. Malikning "Hikmat afandining oʻlimi", T. Hobilovning "Oyga safar", X. Toʻxtaboyevning "Sariq devni minib", "Sariq devning oʻlimi", X. Shayxovning "Rene jumbogʻi" asarlari F. janrida yaratilgan. F. badiiy adabiyotdan tashqari folklorda, falsafiy utopiyada, kino va teatrda, tasviriy sanʼatda ham mubolagʻali boʻrttirish bilan aks ettiriladi. F. syujet qurilmalari va ramziy maʼnolarda ifodalanar ekan, muallifning yoki bir davrning dunyoqarashi, turmush tarzi va undagi muammolar moʻʼjizali, gʻayritabiiy shaklda tasvirlanadi.
 
19—20-a.larda ilmiy F. taraqqiy etdi. Ilmiy F.ning asosiy vazifasi — kelajakni bashorat qilib, badiiy ifodalashdan iborat. Asosiy tasvir usuli — fikriy eksperiment (tajriba). 20-a.da ilmiy F.ning ravnaqi jamiyat taraqqiyotida fan va texnikaning tobora oʻsib berayotganligi bilan bogʻliq. Shartli ravishda ijtimoiy upotiya va "antiutopiya" janrlari, falsafiy, "maishiy", yumoristik, "texnik" janrlar farqlanadi. Ilmiy F. umumadabiy va oʻziga xos tasviriy vositalardan foydalanadi.
 
Ilmiy F.ning asoschilari — F. Bekon (16-a.), Berjerak, F. Gadvin (17— 18-a.lar). 19-a.da fransuz fantasti J. Vern shuhrat topdi. Uning "Ajoyib sayohatlar" turkum romanlaridan "Kapitan Grantning bolalari", "Yer yuzi boʻylab 80 kunlik sayohat", "Kapitan Gatterasning sarguzashtlari" keng tarqalgan. Ingliz yozuvchisi G. Uells "Zamon mashinasi", "Koʻzga koʻrinmas odam", "Dunyolar kurashi" romanlarida ilmiyfantastik vosita bilan katta ijtimoiy masalalarni oʻrtaga qoʻygan. Sharq xalqlari ogʻzaki va yozma adabiyotida ilmiy F. mavzui qad. zamonlardan beri salmokli oʻrinni egallab kelgan. "Ming bir kecha" turkumiga kirgan hikoyalarda, oʻzbek fantastik ertaklarida ilmiy F.ga xos xususiyatlar mavjud. Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonidagi "oynai jahonnoma" haqidagi epizodlar, "Saddi Iskandariy"dagi Mallu tilsimiga qarshi kurash bobi ilmiy F.ning yaxshi namunalaridir. Hoz.Hozirgi zamon oʻzbek adabiyotida ilmiy F.ga xos yoʻnalish koʻproq hikoya va ocherklarda koʻrinmoqda.
 
== Adabiyot ==
Qator 14 ⟶ 13:
Shukur Jabborov.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}
Qator 21 ⟶ 23:
[[en:Fantastic]]
[[es:Fantástico]]
[[lv:Fantastika]]
[[lt:Fantastika]]
[[lv:Fantastika]]
[[ro:Fantastic]]
[[ru:Фантастика]]
[[sv:fantastikFantastik]]
[[uk:Фантастика]]
 
{{OʻzME}}