Temuriylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.ni → shahrini (3), y.ning → yilning (12), va b. → va boshqa (11) using AWB
Qator 1:
'''Temuriylar''' 1370-1858 yillarda Movarounnaxr, Xuroson, Hindistonlarda hukmronlik qilgan sulola. Asochisi Amir [[Temur]].
 
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
Qator 9 ⟶ 8:
Xurosonda (poytaxti Hirot): Shohrux (13961447); Ulugʻbek (144749); Abulqosim Bobur (1449—57); Shoh Mahmud Mirzo (1457); Abu Savd ibn Sulton Muhammad (1458—69); Yodgor Mirzo (1470), [[Hu[[sayn Boyqaro]] (1470— 1506); Badiuzzamon ibn Sulton Husayn (1506—07); Muzaffar Mirzo (150607).
 
Siyosiy hayot. Nigʻoyatda kengayib ketgan davlat Amir Temur vafotidan soʻng vorislar oʻrtasidagi nizolar natijasida zaiflasha boshladi. 1405 y.ningyilning 16 mart kuni Mironshohning oʻgli Xalil Sulton Samarqandni egallab, oʻzini Movarounnahrning gʻukmdori deb eʼlon qiladi. Oqibatda shahzoda, amir va viloyat noiblarining noroziligi kuchayib, isyon va galayonlar koʻtariladi. Dastavval Fargʻonada Xudoydod bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi qoʻzgʻalib, Oʻratepa va Fargʻonani egallab oldi. Bu davrda Xurosonda Shohrux, Balx, Gʻazni va Qandahorda Pirmuhammad; Gʻarbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohnnng oʻgʻillari Umar Mirzo va Abubakr Mirzo qokimi mutlaq boʻlib oladilar. Turkiston, Sabron, Oʻtror, Sayram viloyatlari amir Berdibekning tasarrufiga oʻtadi, Oltin Oʻrda amirlaridan Idiku Xorazmni zabt etadi. 1405 — 08 y.lardayillarda Balx, Xuroson, Seyiston, Kermon va Ozarbayjonda temuriy shahzoda va ayrim amirlarning birinketin koʻtarilgan gʻalayonlari kuchayib ketadi. Valiahd Pirmuhammad bunday gʻalayon va fitnaning qurboni boʻladi (1407 y. 22 fev.). 1408 y. 22 apr. kuni qoraqoʻyunli turkmanlarning yetakchisi Qora Yusuf bilan boʻlgan jangda Mironshoh halok boʻlib, Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qoʻlidan ketadi.
 
15-a.ning 20y.larida bu ulkan mamlakat 2 davlatga boʻlingan edi. Ulardan biri Amudaryodan jan.da joylashgan boʻlib, uni Shohrux boshqargan (markazi Hirot sh.) edi. Ikkinchisi esa, Amudaryodan shim.da — Movarounnahr va Turkistonda vujudga kelib (poytaxti Samarkand sh.) uni Oʻlugʻbek idora etgan edi.
Qator 17 ⟶ 16:
Shohrux 1447 y. 12 mart kuni nevarasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida olamdan oʻtadi. Shohrux vafotidan soʻng , Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar oʻrtasidagi nizolar yana avj oladi. Bu kurash oqibatida zamonasining mashhur olimi va hukmdori Mirzo Ulugʻbek 1449 y. 27 okt.da 55 yoshida Samarqand yaqinida fojiali suratda halok boʻladi. Ulugʻbek Movarounnahrni 40 y. (1409—49) idora etdi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davom etganligiga qaramay, u shiddatli harbiy yurishlar uyushtirishga intilmadi. Aksincha, u oʻz davlatini mustahkamlashga, mamlakat birligini saqlab qolishga va madaniy hayotni koʻtarishga harakat qildi. Ulugʻbek fojiasidan soʻng , hokimiyatga bir vaqtning oʻzida Samarqandda Ulugʻbekning kuyovi Abdullo Mirzo, Buxoroda esa Mironshohning nabirasi Sulton Abu Saidlar podshoh qilib koʻtariladi. Abdullo Mirzo mamlakatda barqarorlikni tiklash uchun barcha choralarni koʻradi, ammo T. taxtida uzoq vaqt oʻtira olmaydi. Avval u. amakivachchasi Abu Sayd bilan, soʻngra qarindoshi Alouddavla bilan kurashadi. Muhorabada ittifoqchilar gʻalaba qozonadi. Abdullo Mirzo jangda halok boʻladi. Abu Sayd Abulxayrxon yordamida Samarqandni egallab, Movarounnahrga hokim boʻlib qoladi.
 
T. mulkining Xuroson qismi bu davrda Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur tasarrufida edi. 1457 y.gachayilgacha u Xurosonni oʻz qoʻlida tutib turadi. Har ikkala davlat oʻrtasida nizo kuchayib bordi. Yozma manbalarda qayd etilishicha, Xurosonda boshboshdoqlik avj olib, u boʻlaklarga boʻlinib keta boshladi.
 
1457 y.dayilda Abulqosim Bobur vafot etgach, Abu Sayd Hirot sh.nishahrini egallab, saltanatning har 2 qismini birlashtiradi. Bu davrda Sulton Husayn (Umarshayxning nabirasi) Xorazmni egallab oladi (q. [[Hu[[sayn Boyqaro]]).
 
1469 y. bahorida Abu Sayd (Ozarbayjon, Gʻarbiy Eron va Iroqqacha boʻlgan viloyatlarni egallab turgan) oqqoʻyunli turkmanlarga qarshi yurish qiladi. Mugʻon (Ozarbayjon) choʻlida Uzun Hasan bilan boʻlgan jangda Abu Said halok boʻladi. Otasining oʻlimidan soʻng , Abu Saidning vorislari Sulton Husayn bilan toʻqnashmay Movarounnahrga qaytadilar. 1469 y.ningyilning 24 martida Sulton Husayn Xuroson hokimi sifatida Hirotning taxtini egallaydi. Natijada T. mulki yana 2 mustaqil qismga boʻlinib ketadi.
 
Movarounnahrda Abu Saidning oʻgʻillari Sulton Ahmad Mirzo, Sulton Mahmud Mirzo va Sulton Ali Mirzo hokimlik qiladi. Bu davrda Movarounnahr ham oʻzaro ixtilofdagi shahzodalar va mulkdor zodagonlarning viloyat hokimliklariga boʻlinib ketadi. Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida sufiylik taʼlimotining yirik namoyandalari, xususan Xoja Ahrornmng taʼsiri kuchayadi, hatto u siyosiy hayotda ham muhim rol oʻynay boshlaydi. Mas., mamlakat urush xavfi ostida qolib, elyurt boshiga ogʻir tashvishlar tushgan paytda Xoja Ubaydulpogʻ Ahror bir necha bor uni bartaraf qilishga jonbozlik koʻrsatadi.
Qator 41 ⟶ 40:
Elyurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyati katta boʻlgani tufayli uning takomiliga aloxida eʼtibor berilgan. Amir Temur amir va amir ulumaro — bosh amir kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy etgan, qoʻshin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, lashkariy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ularning intizomi masalalariga nihoyatda ahamiyat bergan (q. Temuri[[ylar harbiy sanʼati]]).
 
Davlatni boshqarishda qurultoy va kengashlar oʻtkazish alohida oʻrin tutgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Amir Temur tomonidan Qarshi, Samarkand, Qorabogʻ va b.boshqa joylarda oʻtkazilgan qurultoy va kengashlarda shahzodalar, davlat maʼmurlari, harbiy boshliqlar, ulamolar va mulkdor zodagonlarning vakillari qatnashgan. Ularda mamlakatning iqgisodiy va siyosiy axvoliga oid masalalar muhokama etilib, qarorlar qabul etilgan va tadbirlar belgilangan. Mas., 1403 y.dayilda Kavkazning Baylaqon sh.dashahrida chakirilgan kengashga olimu fuzalolar taklif etilgan. Ulardan mamlakatni boshqarishda, xususan, uning obodonligi yoʻlida amalga oshiriladigan xayrli ishlar — jamoat binolari va inshootlar qurilishlarida oʻz maslahatlari bilan koʻmak berishlari soʻralgan.
 
T.davrida oʻtkazilgan qurultoy, kengash, shohona qabullar va dabdabali saroy marosimlariga oʻrta asrlar davlatchiligining oʻziga xos anʼanalari mujassam etilgan. Tantanali izdahom tartibiyu qoidalaridan tortib, aʼyonlarning toʻyona libosu oʻrinlarigacha eʼtibor berilgan. Mac, pacmiy marosimlarda amir ulumaro, beklar begilar, amirlar, noʻyonlar, sardorlar, ulus, tumonot va qoʻshunot amirlari, shuningdek, mingboshilar, yuzboshilar mansab va martabalariga qarab hukmdorning soʻl tomonidan; sayyidlar, qozilar, ulamo, fuzalo mashoyix, ulugʻ va oliy tabaqadagi kishilar oʻng tarafidan oʻrin olganlar. Devonbegi va vazirlar — taxt roʻparasidan, kalontarlar (shahar hokimlari), kadxudolar (qishloq oqsoqollari) vazirlarning orqasidan joy olgan. Bahodurlar, qilichboz yigitlar — taxt orqasida, uning oʻng tarafidan, qorovullar esa, taxt orqasining chap tarafidan oʻrin olishgan.
 
Amir Temur hayotlik davridayoq davlatni boshqarish uslubiga bagʻishlangan maxsus asar yaratilib, u "Temur tuzuklari" nomi bilan shuhrat topgan. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi (yoʻnalishi) va vazifalari, vazir va qoʻshin boshlikdarini saylash, sipoxlarning maoshi, mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va b.boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va b.boshqa bayon etiladi. Shunday qilib, T.da davlat tuzilishi, qonunqoidalarni tartibga solish bilan bir katorda, oliy dargoh hayoti bilan bogʻliq anʼanalar ham qaror topgan.
 
Mamlakat obodonligi. Amir Temur va T. mamlakat mustaqilligi, elyurt osoyishtaligi va uni obod etishga katta ahamiyat berdilar. Bu davrda Chingizxon hujumi va moʻgʻullarning betoʻxtov bosqinlari oqibatida vayronaga aylangan Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv, Banokat (Shohruxiya) kabi qad. shaharlar, kdlʼa va istehkomlar qayta tiklandi, yaʼni shaharlar va qishloqlar qad koʻtardi. Markaziy shaharlar va ularning tevarak atrofida kurkam maʼmuriy, maʼrifiy va jamoat binolari, suv inshootlari qurilib, bogʻu boʻstonlar barpo etildi (q. [[Amir Temur bogʻlari]]). Daryo va soylardan yirik sugʻorish tarmoqlari qazib chiqarilib, minglab gektar qoʻriq va boʻz yerlar oʻzlashtirildi, sugʻorma dehqonchilik maydoni kengaytirildi. Soliq tizimining tartibga solinishi bilan mamlakat iktisodiyotining asosi boʻlgan dehqonchilik, hunarmandchilik hamda ichki va tashqi savdo rivojlandi.
 
Sohibqiron Kesh sh.gashahriga alohida eʼtibor berib, uni Turkiston diyorining maʼnaviy markaziga aylantirishga harakat qiddi. Bu shahar "Qubbat ulilm valadab" ("Ilm va adabning gumbazi") deb yuritildi. Samarqand saltanat poytaxtiga aylantirilgach, unda Isfahon, Sheroz, Xalab, Xorazm, Buxoro, Nasaf va Keshning meʼmoru binokorlari qoʻli bilan saroylar (Boʻstonsaroy, Koʻksaroy), masjidlar, maqbara va xonaqohlar qurildi. 1403—04 y.lardayillarda Samarqandda boʻlgan Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Amir Temurning olib borayotgan binokorlik ishlaridan hayratda qolgan.
 
14-a.ning oxiri — 15-a.larda Samarqandda kurkam va muhtasham binolardan tashqari, turlituman hunarmandlar mahallalari yuzaga keldi. Klavixoning yozishicha, hunarli birorta kishining Movarounnahrni tark etishiga yoʻl qoʻyilmagan. Aksincha, Amir Temurning amri bilan Damashqning eng mohir toʻquvchilari, Xalabilaning mashhur paxta yigiruvchi va Anqaraning movut toʻquvchilari, Turkiya va Gurjistonning zargarlari, xullas, kasbhunar sohasida qaysi shaharda nom chiqargan hunarmand boʻlsa, SamarqaNdga koʻchirilib kelingan. Shaharda turli mazhab va dinlardagi kishilar yashagan.
Qator 55 ⟶ 54:
Amir Temurning obodonchilik faoliyati anʼanaga aylanib, uning vorislari tomonidan davom ettirilgan. Temuriy shahzodalar, nufuzli amiru vazirlar, viloyat va ulus hokimlari, hatto ayrim malikalar oʻz shaxsiy mablagʻlarining kattagina qismini masjidu madrasalar, xonaqohu shifoxonalar, hammomu bozorrasta (chorsu)lar, rabotu karvonsaroilar, suv inshootlariyu bogʻrogʻlar barpo etishga sarf qilganlar. Masjid va madrasalar, shifoxona va xonaqoxlarning sarfu xarajati uchun ekin maydonlari, tegirmon, objuvoz, moyjuvoz va doʻkonlar vaqf etilib, mudarrisu talabalarga dahʼyak (maosh) belgilangan.
 
Hirot, Mashhad, Balx va Marv sh.lari va qasabalarining obod etilishida Shohrux Mirzo hamda Ulugʻbekning onasi Gavharshod begimshsht hissalari katta boʻlgan. Mac, 1410 y. Hirotda 2 Madrasa, xonaqoh va hashamatli saroy bino qilingan. Hirotning Saripuli Injil mavzeida 1432 y.dayilda qad koʻtargan Madrasa, Mashhadning Jome masjidi Gavharshod begimning nomi bilan bogʻliq. Ushbu madrasalar qurilishiga Qavomuddin meʼmor Sheroziy boshchilik qilgan. Shayx Shahobuddin ibn Shayx Ruknuddin madrasaga bosh mudarris qilib tayinlangan.
 
15-a.da Movarounnahrda, xususan, Samarqand, Buxoro, Xoʻjand, Toshkent va b.boshqa shaharlarda binokorlik ishlariga, ayniqsa, Mirzo Ulugʻbek katta ahamiyat bergan. Uning davrida Madrasa, masjid, xonaqoh, hammom, sardoba va karvonsaroilar qad koʻtargan. Qabriston va ziyoratgoxlar obod etilgan. Bu davrda shahar obodonchiligi, xususan, meʼmorligi rivoj topgan. Samarkand Registoni qayta rejalashtirilib, unda Madrasa, 210 gumbazli Koʻkaldosh jome masjidi, karvonsaroy, Muqatta masjidi, Mirzoiy hammomi qad koʻtargan.
 
Bu ulkan va noyob qurilishlar orasida 15-a.ning 20 y.laridayillarida Samarqandda bino qilingan Ulugʻbek rasadxonasi alohida oʻrin tutadi.
 
15-a.da Xuroson shagʻarlari, ayniqsa, uning poytaxti Hirotning obod etilishi sulton [[Hu[[sayn Boyqaro]] va uning vaziri Alisher Navoiy nomlari bilan bogʻliq. Xurosonda, xususan, Hirot va uning tevarak atrofida Navoiy va uning safdoshlari tashabbusi bilan 300 dan ortiq jamoat binolari (masjid, Madrasa, maqbara, xonaqoh, hammom, shifoxona, saroy, koʻshk, istirohat bogʻlari, rabotlar) hamda sugʻorish inshootlari (hovuz, koʻprik, band — suv omborlari) barpo etilgan. Qurilishlarning aksariyati Navoiyning bevosita homiyligi bilan yoki uning mablagʻiga amalga oshirilgan. Xondamirning yozishicha, Navoiy 52 rabot, 19 hovuz, 16 koʻprik, 9 hammom va bir nechta Madrasa, masjid, shifoxona va xonaqohlar qurdirgan.
Qator 69 ⟶ 68:
Tashqi savdo va pul munosabatlari. Xitoydan Oʻrta dengiz boʻylari tomon yoʻnalgan qad. karvon yoʻli kesib oʻtgan yuyat ulkan hududda yagona saltanatning barpo etilishi bilan bu xalqaro muloqot yoʻlida T. shubhasiz sarbonlik qilish imkoniga ega boʻlishgan. Ular savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini taʼminlashga, Sharq va Gʻarb mamlakatlariaro savdo va elchilik aloqalarini har tomonlama kengaytirishga jiddiy eʼtibor berishgan. T.davrida Xitoy, Hindiston, Tibet, Oltin Oʻrdaga tobe Rusiya, Volga boʻyi, shuningdek, jan. Sibir bilan muntazam savdosotiq qilingan. Xitoydan, asosan, shoyi, chinni, gavhar va mushk; Hindistondan ip mato, nil(boʻyoq), muskat yongʻogʻi, qalampirmunchoq, dolchin va anbar; Rusiya va Sibirdan qimmatbaho moʻyna, teri va mum olib kelinardi; Yevropadan gazmollar, movut va koʻpgina boshqa tovarlar keltirilgan.
 
Samarqanddan chet mamlakatlarga: boʻz, duxoba, shoyi gazlama, qogʻoz, quruq meva, guruch, paxta va kalava (yigirilgan ip) va b.boshqa chiqarilgan.
 
Tashqi savdoni kengaytirishda T.ning turli mamlakatlar bilan olib borgan elchilik aloqalari muhim ahamiyatga ega boʻlgan. 15-a.ning 20— 40y.larida Shohrux va Ulugʻbek idora etgan davlatlar bilan Xitoy, Tibet va Hindiston oʻrtasida muntazam elchilar almashib turilgan. 1418 y.dayilda Ardasher boshliq Shoxrux elchilari katta karvon bilan Xitoyda boʻlgan. 1419 y.dayilda esa, bunga javoban Li Di va Jong Ku Xitoydan Samarqand va Hirotga elchi boʻlib kelganlar. 1420 y. Shohrux va Ulugʻbek 530 nafarli elchilik karvonini Xitoyga joʻnatishgan. Shohrux elchilariga Shodixoja bilan amir Koʻkcha, Ulugʻbek elchilariga esa Sultonshoh bilan Muhammad baxshi boshchilik qilgan.
 
Bu davrda T. Tibet va Hindiston bilan ham elchilik munosabatlarini oʻrnatishgan. 1421 y. Tibetdan Buxoro va Samarqandga elchilar kelgan. 1441—42 ylarda Shohrux Hindistonga Bijayanagar saroyiga tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy boshliq elchilarni yuboradi. U Kermon, Hurmuz va Fors qoʻltigʻi orqali Hindistonga qilgan sayohatini yozib qoldirgan.
 
14-a.ning oxiri va 15-a.ning 1yarmida T. davridagi iqtisodiy taraqqiyotga (hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo) mamlakatda oʻtkazilgan pul islohotlari turtki boʻlgan. Dastlab, Amir Temur, soʻngra ayrim T. mamlakatda yagona pul birligini joriy etishgan. Amir Temur vazni 6 g li "tanga" va 1,5 g li "miri" deb yuritiladigan 2 xildagi kumush tangalarni zarb etgan. Bu kumush tangalar Suyurgʻatmishxon va Sulton Mahmudxon nomlari bilan Movarounnahr, Xuroson, Eron, Ozarbayjon va Iroqning 40 dan ortiq yirik shaharlarida chiqarilgan. Shohrux Astrobod, Buxoro, Dom/on, Isfahon, Kushoniya, Kermon, Qum, Nishopur, Marv, Samarqand, Sabzavor, Sultoniya, Tabriz, Xorazm, Hirot, Sheroz va b.boshqa shaharlarda oʻz nomi bilan kumush tangalar zarb etib, pulning ichki savdodagi muomalasini tartibga solgan. Bu borada 1428 y.dayilda Ulugʻbek oʻtkazgan fulusiy (mis) pullar islohoti ayniqsa katta ahamiyat kasb etgan.
 
Mehnatkash aholini ichki chakana savdoga kengroq jalb etish maqsadida Ulugʻbek mahalliy hokimiyatning yengil vazndagi barcha chaqa pullarini man etgan. Bir vaqtning oʻzida u Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruxiya va Andijonda zarbxonalar barpo qilib, bir xil vazndagi salmokdor fuluslar zarb ettirib, muomalaga chiqargan. Xalqoʻrtasida Ulugʻbekning chaqalari "fulusi adliya", yaʼni "adolatli chaqa" nomi bilan shuhrat topgan. Shu bilan birga Ulugʻbek tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida "tam/a" — savdo bojini bir muncha koʻpaytirgan.
Qator 83 ⟶ 82:
Dehqonchilik va sugʻorish ishlari. Mamlakatning iqtisodiy hayotida dehqonchilik asosiy oʻrin tutgan. Shu bois T. dehqonchilikning bosh omili boʻlgan sugʻorish ishlariga katta ahamiyat berishgan. 14-a.ning oxiri — 15-a.ning 1yarmida Movarounnahr va Xurosonda yirik sugʻorish tarmoqlari qazilib, korizlar, suv omborlari — bandlar va hovuzlar barpo etilib, suv tanqis viloyat va vohalar, shahar, qishloklarning suv taʼminoti yaxshilangan. Qoʻriq va boʻz yerlar oʻzlashtirilib, obikor yerlarning maydoni kengaytirilgan. Yangiyangi qishloqlar, chorbogʻlar va sayilgoh boʻstonlar barpo etiladi. Amir Temur Samarkand vohasi, poytaxt va uning tevarak atrofini obod etilishi ga alohida eʼtibor bergan. Obirahmat, Mazdahin, Bozor, Korand va Nahri jadid kabi sugʻorish tarmoklari orqali obod etilgan qishloqlarning soni 72 taga yetgan. Yangi qishloqlarning bir qismi Sharqning mashhur shaharlari: Damashq, Qohira, Bagʻdod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan ulugʻlangan.
 
Sohibqiron Xuroson, Eron, Kavkaz va b.boshqa viloyatlarda ham bir qancha yirik sugʻorish ishlarini amalga oshirgan. Uning farmoni bilan Murgʻob daryosidan 20 dan ortiq sugʻorish tarmoqlari qazilib, Marv vohasi qayta obod etilgan. 1401 y. Kavkazning Baylaqon mavzeida Arake daryosidan chiqarilgan Barlos kanali zamonasining yirik irrigatsiya inshootlaridan biri boʻlgan. Kanalning uz. 10 farsax (60—70 60–70&nbsp;km) boʻlib, kemalar qatnay olgan.
 
Shogʻrux va Ulugʻbek hukmronligi davrida sugʻorish ishlari yanada kengaygan. Dashtlarga suv chiqarilib, boʻz yerlar oʻzlashtirilgan. Xususiy sohibkorlar esa, hatto birikki yil davomida soliq va toʻlovlardan ozod etilgan. Bu davrda T. Samarqand, Qashqadaryo, Marv vohalari, Tuye vodiysi va Xirotda yirik sugʻorish inshootlari barpo etilib, dehqonchilik maydonlarining suv taʼminotini tubdan yaxshilashgan. Mas., Angor kanali qayta tiklanib, Zarafshon daryosi suvining bir qismi Kashqadaryo vohasiga tashlangan. Moʻgʻullar tomonidan vayron etilgan Murgʻob daryosining bosh toʻgʻoni — Sultonband tiklanib, Marv sh. va vodiysi suv bilan toʻla taʼminlangan. Mirzo Ulugʻbek tomonidan Buxoroning Somonjuq dashtiga suv chikarilib, yangi yerlar oʻzlashtirilgan. Navoiyning tashabbusi bilan Tuye viloyatida Turuqband suv ombori qurilib, undan 10 farsax masofada kanal orqali Mashhadga suv keltirilgan. Bu davrda q. x.da gʻallakorlik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilikka ahamiyat berilgan. Chorvachilikda — yilqichilik, qorakoʻlchilik, tuyachilik muhim oʻrin tutgan.
Qator 89 ⟶ 88:
T.davrida mulkchilik munosabatlari yanada takomillashgan. Mulkning , asosan, 4 shakli: "mulki devon" (davlat yerlari), "mulk" (xususiy yerlar), "mulki vaqf" (madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar) va "jamoa yerlari" boʻlgan. T. yerlarining katga qismi davlat mulki hisoblangan, ularni "suyurgʻol" yoki "tarxon" tarzida inʼom qilish keng tarqalgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Shohrux davrida Xorazm — Shohmalik; Fargʻona — Mirzo Ahmad; Tus, Mashhad, Obivard, Nisoni qamragan Xuroson — Boysungʻur; Kobul, Gʻazna va Qandahrr viloyatlari Mirzo Qaydu bahodirning suyurgʻoli edi. Suyurgʻol yorligʻiga ega boʻlgan viloyat hukmdorlari markaziy hokimiyatga nomigagina karam boʻlib, odatda, ular deyarli mustaqil boʻlishgan.
 
Tarxonlik yorligʻini olgan mulkdorlar barcha soliq, toʻlov va majburiyatlardan ozod etilgan. Tarxonlik amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va b.boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Shu boisdan davlat soligʻidan tushadigan daromadning talaygina qismi tarxonlar qoʻlida toʻplangan. Mamlakatning siyosiy hayotida ular gʻoyat katta kuchga aylangan.
 
15-a.da yer maydonlari, suv manbalari, doʻkon, korxona, tegirmon, objuvoz, bozor rastalari, karvonsaroylar va b.boshqa Madrasa, masjid, xonaqoh, shifoxonalarga biriktirilib, ular "mulki vaqf" deb yuritilgan. Ulardan tushgan daromad xayriya ishlariga (masjid, Madrasa, shifoxona xarajatlari; jihozi; mutavalli, mudarris, tabib va talabalar uchun) sarf etilgan. Davlat yoki vaqf, tarxon yoki suyurgʻol yerlarda koranda boʻlib mehnat qiluvchi ziroatchilar "muzaraʼ" deb atalgan. Ularning hissasi yer egasining urugʻlik, omoch, hoʻkiz, ot va arava kabilar bilan taʼmin etishiga qarab, 1/3, 1/4 yoki 1/5 hajmda belgilangan. Sugʻorma dehqonchilik yerlardan "mol" soligʻi olingan. Daryo, buloq va koriz suvlari bilan sugʻoriladigan obikor yerlardan "mol" soligʻi hosilning 1/3 (33%) mikdorida undirilgan. Lalmi yerlardan hosilning 1/6 dan to 1/8 miqdorida soliq solingan. Mulk yerlarining bir qismi "ushr" mikdorida soliq toʻlagan. Bunday yerlar ilmfan, maʼrifat va maʼnaviy hayotning namoyandalari (sayyid, xoja, ulamo, shayxlar) tasarrufida boʻlgan. Mac, 15-a.ning yirik mulkdori Xoja Ubaydulloh Ahror 1300 ushriy mulkidan har yili Samarqand hokimi Sulton Ahmad xazinasiga gʻallaning oʻzidan 80 ming botmon (1 botmon — 20 &nbsp;kg) mikdorida ushr toʻlagan.
 
Yuqorida qayd etilgan soliklardan tashqari fuqarodan soliq yigʻuvchi (muxassilona), hosilni belgilovchi (sohib jamona), kirimni boshqaruvchilar (zobitona, "dorugʻona"), suv taqsimlovchi ("mirobona") kabi toʻlovlar undirib olingan. Shuningdek, aholi favqulodda xarajatlar uchun "avorizot" va "tavojjuhoti xorijiy" kabi odatdan tashqari soliqlarni xam toʻlagan.
Qator 97 ⟶ 96:
Madaniy hayot. 15-a. va 16-a. boshlarida Samarqand, Hirot, Buxoro va Gʻijduvon kabi bosh shaharlarda Amir Temur anʼanalari davom ettirilib, olimu muhandis, shoiru bastakor, meʼmoru binokor va naqqoshu musavvirlarning guruhi toʻplangan edi. Movarounnahrda, xususan, Samarqandda ilmfan va sanʼatning taraqqiyotida Ulugʻbek va uning atrofida yigʻilgan olimlarning oʻrni va hissasi nihoyatda buyukdir. Movarounnahr va Xurosonning boy va serqirra madaniyatiga, islom dunyosining maʼnaviy anʼanalariga suyangan hamda oʻz davrining madaniy tajribalaridan toʻla foydalana bilgan Ulugʻbek mamlakatning ravnaqi, ayniqsa, uning maʼnaviy kamolotida ilmfanning va sanʼatning naqadar muhimligini yaxshi tushunardi. U mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarish bilan bir qatorda ilmiy ishlar bilan shugʻullandi. Ilmiy munozaralar oʻtkazdi. Ulugʻbek Movarounnahr shaharlarini, xususan, Samarkand va Buxoroni ilmu maʼrifat dargohiga aylantirishga intildi. Uning farmoni bilan Buxoroda (1417), Samarqandda (1417—20) va Gʻijduvonda (1433) madrasalar barpo qilindi. Hatto, Buxoro madrasasining darvozasiga: "Bilim olish har bir musulmon ayolu erkakning burchidir", degan kalima yozib qoʻiilgan. Bu madrasalar zamonasining dorilfununi hisoblanib, ularda Qurʼon, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonunqoidalari), riyoziyot (mat.), handasa (geom.), joʻgʻrofiya (geogr.), ilmu aruz (poetika), arab tili va uning morfologiyasi kabi dunyoviy ilmlar ham oʻqitildi. Samarqand madrasasida Shamsuddin Havofiy, Qozizoda Rumiy, Gʻiyosuddin Jamshid, Ulugʻbek, Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dare berishgan. Bu davrda Samarqandda Ulugʻbek madrasasidan tashqari Xonim, Firuzshoh, Shohmalik, Xojabek, Mirabduvali va Qutbiddin Sadr nomli madrasalar ham qad koʻtargan.
 
15-a.da Movarounnahr va Xurosonda tarix fani xam rivoj topdi. Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Isfizoriy, Davlatshoh Samarqandip va b.boshqa koʻpgina tarixchilar Samarqand yoki Hirotda yashab ijod qildilar. "Zubdat attavorix" muallifi Hofizi Abru, "Matlai saʼdayn va majmai bahrayn" nomli asarni yozgan Abdurazzoq Samarqandiy oʻz asarlarini Amir Temur va T. hukmronlik qilgan davrga bagishladilar. Mirxond "Ravzat ussafo" va Xondamir "Habib ussiyar" oʻz asarida Sulton Husayn hukmronlik qilgan davr voqealarini bayon qildi. Muiniddin Isfizoriy esa Hirot tarixini yezdi.
 
T.davrida adabiyot badiiy uslub jihatidan takomillashdi, yangi pogʻonaga koʻtarildi. Nasr va nazmda koʻplab nodir asarlar yaratildi. Bu davrda zamonasining yetuk shoiru adiblari: Qutb, Sayfi Saroyi, Xaydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfip va b.boshqa yashab ijod qiladilar. Durbekning "Yusuf va Zulayho" dostoni, Atoiy devoni, Lutfiyning "Zafarnoma" va "Gul va Navroʻz" dostonlari shu davr badiiy adabiyotining durdonalaridandir. Bu davrda oʻzbek shoirlari ichida Lutfiy alohida oʻrin tutdi. Navoiyga qadar oʻzbek sheʼriyatida Lutfiy darajasiga yetadigan shoir oʻtmagan. U oʻzbek tilida asarlar, fors tilida qasidalar yezdi.
 
Bu davr badiiy adabiyoti taraqqiyotida Abduraqmon Jomiy hamda Alisher Navoiyning xizmati gʻoyat buyukdir.
Qator 127 ⟶ 126:
* [[Temuriylar davlati]]
 
{{Timuridlar}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Tarix]]
[[Turkum:Oʻzbekiston tarixi]]
 
{{Timuridlar}}
 
{{OʻzME}}