Tibbiyot: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: vakt → vaqt, Hoz. → Hozirgi (2), inti → instituti (2), y.da → yilda (3), va b.) → va boshqalar) (13), va b. → va boshqa (10) using AWB |
||
Qator 1:
'''Tibbiyot''', '''meditsina''', '''tabobat''' — kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.
T. tibbiybiologik, klinik, tibbiyijtimoiy va gigiyenik fanlarga boʻlinadi. Tibbiybiologik fanlarga: odam gavdasining tuzilishini oʻrganadigan anatomiya, gistologiya va sitologiya; organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va yuz beradigan struktur hamda funksional oʻzgarishlarni oʻrganadigan normal fiziologiya va biokimyo; patologik anatomiya va patologii fiziologiya; organizmga dorilar taʼsirini urganadigan umumiy va klinik farmakologiya, shuningdek, mikrobiologiya, virusologiya va parazitologiya, tibbiyot genetikasi va
Tashqi muhitning organizmga taʼsiri va aholi sogʻligʻini muhofaza qilish tadbirlarini oʻrganadigan tibbiyijtimoiy va gigiyen i k fanlarga ijtimoiy gigiyena hamda sogʻliqni sakdashni tashkil etish, umumiy gigiyena, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi, kommunal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, radiatsion gigiyena, mehnat gigiyenasi, epidemiologiya va tibbiyot geografiyasi, shuningdek, tibbiyot etikasi va deontologiyasi kiradi.
T.ning bunday boʻlinishi shartli, chunki ijtimoiy jarayonlar barcha tibbiyot fanlariga, shuningdek, ilmiyamaliy sohalar (harbiy tibbiyot, kosmik tibbiyot, sport tibbiyoti, sud tibbiyoti va
Tarixi. Zamonaviy T.ning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichi koʻhna tarixning turli davrlaridagi dunyoqarashlarni oʻz ichiga oladi. Maʼlumki, turli kasalliklar, ularni davolash va oldini olish haqidagi bilimlar asosi qadimdan kishilarning tajriba va kuzatishlariga bogʻliq boʻlgan.
Qator 13:
Oʻrta Osiyo va umuman Sharqda tabobat ayniqsa, rivoj topdi. Shu davrda yunon, sanskrit va boshqa qad. Sharq tillarida yozilgan tibbiyotga doyr asarlarning koʻpchiligi, jumladan, Aristotel, Dioskorid va Galenning dorishunoslikka oid asarlari suryoniy va arab tillariga tarjima qilindi. Galenning "K,ivo aladviya al mufrada" ("Sodda dorilarning quvvatlari") va Badigʻursning "AlAbdal aladviya al mufrada" ("Sodda dorilarning oʻrniga oʻtuvchilar") kabi kitoblari ilk bor mashhur tabib va tarjimon Hunayn ibn Ishoq alIbodiy (809— 877) tomonidan tarjima qilindi. Sharqda Abu Hanifa adDinavoriy (815 y. tugʻilgan) "Kitob finnabot" ("Oʻsimliklar qaqida kitob")ni yaratib, unda 482 xil oʻsimlikning dorilik xususiyatlarini bayon etdi. Abu Rayhon Beruniyning "Kitob assaydana fittib" ("Tibbiyotda dorishunoslik") asari oʻsha davr T.ining eng katta yutugʻi hisoblanib, Oʻrta Osiyoda dorishunoslik ilmi — saydanaga asos boʻldi. Abu BakrarRoziyning tabobat sohasidagi asarlari umuman jahon tibbiyotining rivojlanishi, boyishida gʻoyat ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tibbiyot ensiklopediyasi xisoblangan 25 jildli "AlJomiʼ alkabir va qad urifa bilHoviy" ("AlHoviy nomi bilan tanilgan katta toʻplam") asari shu davrgacha Gʻarb va Sharq T.ida qadrli boʻlib keldi; 10 jildli "Tabobat kitobi" hamda "Chechak va qizamiq haqida"gi kitobi ham T.da mashhur edi.
Oʻrta asrda Abu Ali ibn Sino T.ning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. Uning "al Qonun fittib" (q. [["Tib qonunlari"]]) asari asrlar osha jahon tabobatida asosiy qoʻllanma boʻlib keldi. Bu asar T.ning asosiy sohalari: anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya, dorishunoslik, gigiyena va
Taniqli tabib Abu Mansur tibga oid "Majmuʼayi kabir dar adviyat mufrada" ("Sodda dorilar haqida katta toʻplam"), "Risola dar iloji amrozi sadr" ("Koʻkrak kasalliklarining davosi haqida risola"), "Kitob gʻuno va muno" ("Maqsadlarni mukammal bayon qilgan kitob") kabi asarlar yozgan. Bularda ichki kasalliklar, teri kasalliklari, isitmabezgak kasalligi, ularga qarshi dorilar va davolash usullari bayon etilgan.
Qator 23:
13-a.ning mashhur tabiblaridan biri Abu Homid Muhammad ibn Ali ibn Umar Najibuddin Samarqandiy "Agʻziyat almarzo" ("Kasallar isteʼmol qiladigan ovqatlar") nomli kitobida har bir kasallikda qanday taom isteʼmol qilinishi va qaysi ovqatlardan ehtiyot boʻlish lozimligi, shuningdek, ovqatlarning dorilik xususiyatlari haqida yozgan.
40
Abdulgʻozixon ibn Arab Muhammadxon Xorazmiy (1603 — 1664) muhim tibbiy asarlari, jumladan, eski oʻzbek tilida yozilgan "Manofiʼ alinson" ("Inson uchun foydali dorilar") nomli asari bilan mashhur.
Qator 29:
18-a. ning 2yarmi va 19-a.ning 1yarmida Xorazmda yashab ijod etgan oʻzbek tabibi Jaʼfarxuja ibn Nasruddinxoʻja alHusayniy alKarukiy Hazoraspiyning oʻzbek tilida yozilgan "Multaqiy attib" ("Tibbiy maʼlumotlar toʻplami") asari (1823) 67 bobdan iborat boʻlib, unda asosan, kishi aʼzolarining har xil kasalliklari va ularni dorilar bilan davolash usullari bayon kilingan.
Mashhur oʻzbek tabibi Mahmud Hakim Yayfoniy Hoʻqandiy (1851
Bositxon Zohidxon oʻgʻli oʻz ijodida Beruniy, Roziy, Ibn Sino, Iloqiy, Qumriy va Samarqandiylarning asarlaridan keng foydalangan. Bizgacha uning oʻzbek tilida yozilgan 3 asari yetib kelgan.
Qator 37:
Yevropada Uygʻonish davrida T. yangidan ravnaq topdi. 16-a.da koʻpgina fanlar, ayniqsa, T., fizika va kimyoning rivojlanishi kasalliklarni davolash, sababini bilishda bu fanlarning qonunlaridan foydalanish imkonini berdi. Xirurgiyada, ayniqsa, jarohatlarni davolashda yangi usullar joriy qilindi. Anatomiyaning asoschisi A. Vezaliy murdani yorib tekshirish bilan odam organizmining tuzilishi va organlar faoliyatini ilmiy jihatdan aniq asoslab berdi. Ingliz vrachi V. Garvey qon aylanish sistemasi haqida asar yaratib, T.da yangi boʻlim — fiziologiyaga poydevor qoʻydi. Fizikaning taraqqiyoti natijasida bu davrda mikroskop kashf etiddi va undan T.da foydalanila boshlandi. Gollandiyalik olim Antoni Levenguk tomonidan mikroskopiyaning rivojlantirilishi mikrobiologiya sohasining shakllanishiga sabab boʻldi.
17—18-a.larda sanoatning rivojlanishi natijasida kasb kasalliklari haqidagi soha vujudga keldi. Bunday kasalliklar sababini dastlab rossiyalik olimlar oʻrganib, T.ga yangi — kasb kasalliklari hamda mex.nat gigiyenasi boʻlimlarini kiritdilar. Keyinchalik tabiiy fanlar va texnika soqasidagi tadqiqotlar doirasi yanada kengaydi. Tabiiy fanlarning yutuklari T. taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi, bemorni obʼyektiv tekshirish usullari (palpatsiya, perkussiya va
Energiyaning saklanish va oʻzgarish qonunlari kashf etilishi, organik moddalarning tuzilishi, oʻzgarish va almashinuv yoʻllarini oʻrgana borish biol. va T.ning taraqqiyotida muhim bosqich boʻldi, fiziologik hodisalarni tushuntirib bergan ilmiy yoʻnalish oʻsha qonunlarga asoslandi.
19-a.ning 2yarmida mikrobiologiya sohasida bir qancha yangiliklar yaratildi. Epidemik kasalliklardan vabo, oʻlatnit qoʻzgʻatuvchilari va kasallik epidemiologiyasi oʻrganildi, chechak mikrobi aniklandi va unga karshi vaksina tayyorlandi (E. Jenner). Mahoratli vrachlar yordamida butun dunyoda chechakka qarshi emlash rasm boʻldi. Yuqumli kasalliklar sababi turli mikroblar ekanligini L. Paster asoslab berdi va bu kashfiyot asosida kishilarni kuydirgi, quturish kabi yuqumli kasalliklarga karshi emlab, ularning oldini olish usullarini ishlab chiqish imkoniyati tugʻildi. Shu davrda Yevropada bezgak, toshmali terlama (toshmali tif), qaytalama terlama va
19-a.ning soʻnggi choragida shakllangan biokimyo fani sogʻlom organizmda va patologik holatlarda moddalar almashinuvini oʻrganish, uning oʻzgarishini tekshirish natijasida kasalliklarni aniklash bilan fiziologiya va patofiziologiyani boyitdi va T.ga yangi, yuqori informativ va bajarilishi osonroq lab. usullarini kiritdi. Orqa miya nervlaridagi sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalar oʻrganildi, bu esa organizmda nerv sistemasi faoliyatining ahamiyatini aniqlashga imkon berdi, qon va limfa tarkibi, bezlarning tuzilishi va funksiyalari oʻrganildi. Rus olimlari S. P. Botkin, I.M. Sechenov, I.P. Pavlov tadqiqotlari tufayli markaziy nerv sistemasi va butun organizmning faoliyat krnunlari materialistik nuktai nazardan taʼriflab berildi.
Qator 47:
Umuman bu davrda eksperimental T. tobora rivojlanib bordi, fransuz olimi K. Bernar va rus patofiziologi V.V. Pashutinning bu borada olib borgan ilmiy ishlari umumiy patologiya (keyinchalik A. A. Bogomolets va S.S. Xalatov asoslagan patologik fiziologiya)ning fan sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Anatomiya va topografik anatomiyalarni chuqur oʻrganish xirurgiyada operatsiyalarning muvaffakiyatini taʼminladi.
20-a.da T. da misli koʻrilmagan yutuqlarga erishildi. Nemis olimi V.K. Rentgen iksnurlarni kashf etdi va T.da rentgenologiyaga asos soldi. Tabiiy radioaktivlikning kashf etilishi, yadro fizikasi sogʻasidagi tadqiqotlar ionlovchi nurlarning tirik organizmga taʼsirini oʻrganuvchi radiobiologiya fanini yuzaga keltirdi. Bu sohadagi keyingi izlanishlar davolash va diagnostika maqsadida radioaktiv izotoplardan, nishonlangan atomlardan foydalanish imkonini berdi. T. texnikasi ham tez rivojlandi. T.ga elektronika yutuklarining tatbiq etilishi natijasida organizmdagi turli organ va sistemalar faoliyatini aniq belgilab beradigan usullar, sunʼiy yurak, sunʼiy buyrak va h.k. ixtiro qilindi. Elektron mikroskop endilikda hujayradagi eng murakkab va nozik oʻzgarishlarni, mayda mikroblarni aniqlashda zarur qurol boʻlib qoldi. T. kibernetikasi yordamida zamonaviy, ixcham va qulay protezlar yaratildi, shuningdek, operatsiya vaqtida bemorning nafas olishi va arterial bosimini meʼyorida saklab turadigan turli avtomatik sistemalar ishlab chiqildi, texnika taraqqiyoti, oʻz navbatida, T.ga yangi sohalar (aviatsiya tibbiyoti, kosmik tibbiyot)ni kiritdi. Irsiyat va organizmning oʻzgaruvchanlik qonuniyatini oʻrganadigan genetika fani T.ning rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Irsiy kasalliklarni oʻrganish tibbiyot genetikasining paydo boʻlishiga olib keldi. Immunologiyaning rivojlanishi immunologik oʻzgarishlar oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarni oʻrganadigan immunopatologiyaga asos boʻldi. K. Landshteynerning izogemagglyutinatsiya qonuni (1900— 01), Ya. Yanskiy tomonidan odam qoni tarkibi jihatidan 4 guruhga boʻlinishi kashf etilishi (1907) T. amaliyotida qon quyishdan keng foydalanishga imkon berdi. Bu davrda T.ga Pirkening sil kasalligini anikdaydigan allergik reaksiyasi (q. [[Pirke reaksiyasi]]) va allergiya termini kiritildi. 1939—40
20-a. boshlarida oʻsmalar haqidagi fan — onkologiya shakllandi. Keyingi tadqiqotlarda oʻsmalarning , chunonchi rakning virusli va kanserogen shakl nazariyalari yuzaga keldi. Mikrobiologiya tez surʼatlar bilan rivojlandi: silga qarshi vaksina tayyorlandi (1921, A. Kalmet va Sh. Geren). Keyingi izlanishlar natijasida poliomiyelit, difteriya va
Zamonaviy tibbiyotning baʼzi muammolari. Ilmiy texnika rivoji, ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarish va muvaffaqiyatlar tufayli aholi sogʻligʻini saklashda kasalliklar tarkibida muhim ijobiy oʻzgarishlar roʻy berdi, oʻlim kamaydi, uzoq umr koʻruvchilar soni ortdi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda ilgari dunyoda keng tarqalgan oʻta xavfli epidemik kasalliklar (vabo, oʻlat, chechak va
Yuraktomir kasalliklaridan yurakning ishemik kasalligi (q. [[Infarkt]]), ateroskleroz, gipertoniya kasalligi va
Xavfli oʻsmalarning paydo boʻlish sabablarini aniqlash va davolash T.ning eng dolzarb masalasidir. Kimyoviy kanserogen moddalar va nurlanishning taʼsirini kamaytirish, oʻsmalar paydo qiladigan viruslarni topish va organizmning himoya mexanizmlarini oʻrganish muhim masalalardandir. Bu borada Oʻzbekiston Onkologiya markazi ham faol ish olib bormoqda.
Qator 59:
Zamonaviy T.ning dolzarb masalalaridan yana biri asab va ruhiy oʻzgarishlarni oʻrganishdir, chunki bir qator mamlakatlarda bunga sogʻliqni saqlashning birinchi masalasi deb qarashmoqda.
Tashqi muhitni muhofaza qilish va sogʻlomlashtirish juda muhim ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega. Suv, havo, tuproqning ifloslanishi va biosferada ekologik muvozanatning buzilishi kishilar sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ichimlik suv va tuproqning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olish oʻta dolzarb masaladir. Tashqi muhitni sogʻlomlashtirish, tabiatni muhofaza qilish uchun kurash xalqaro ahamiyatga molik boʻlib qoldi. Bu sohada keyingi yillarda respublikada shifokorlar, ayniqsa gigiyenist olimlar va maxsus i.t. institutlari jamoalari koʻpgina arzigulik ishlar qilishdi.
Oʻzbekistonda tibbiyotning rivojlanishi. Toshkentda Turkiston unti taʼsis etilishi va uning tarkibida tibbiyot ftining ochilishi Oʻzbekistonda T.ning rivojlanishidagi mugʻim sanadir. Bu ft keyin (1931 y.) Toshkent tibbiyot intiga aylantirildi.
1918 yilda Toshkentda mikrobiologiya lab. (keyinchalik Epidemiologiya va mikrobiologiya i.t. instituta hamda vaksina va qon zardoblari i.t. institutlari), 1919 yilda N.A. Semashko nomidagi fizioterapiya
Oʻzbekiston Sil i.t. institutida bemorlarni mehnat bilan davolash usuli ishlab chiqildi (Sh.A. Alimov). Respublika ftiziatrlari sil epidemiologiyasi, klinikasi, davolash va oldini olish masalalarini yoritib berishdi. A.N. Kryukov, I.A. Kassirskiy, Z.I. Umidova, M.S. Tursunxoʻjayeva, X.I. Yanbayeva va
Buqoqning epidemiologiyasi, klinikasi, davosi va oldini olish gʻamda biokimyosi sohasida katta tadqiqotlar olib borildi (S.A. Masumov, Yo.H. Toʻraqulov va
Issiq iqlim sharoitida bolalarda x,azm aʼzolari kasalliklarining turli jihatlari oʻrganildi. Pediatriyada gemoterapiya, yurak glikozidlarini tatbik, etish va bolalar ovqatlanishi sohasida tadqiqot ishlari olib borildi (S.Sh. Shamshiyev, S.N. Yoʻldoshevavab.).
Oʻzbekistonda xirurgiya maktabining rivojlanishiga S.A. Masumov, H.Gʻ. Gʻofurov, V.V. Vohidov, Oʻ.O. Oripov, SM. Aʼzamxoʻjayev, M.A. Ashrapova, P.M. Nurmuhamedov, Sh.I. Karimov va
Respublikamizda farmakologiya fanining tezlik bilan rivojlanishi natijasida 40 dan ziyod yangi dorilar yaratildi va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etiddi (I.K. Komilov, Oʻ.B. Zokirov va b .). T.ning asosiy tarmoqdaridan biri — tashqi muhitni oʻrganish, aholi yashaydigan joylarni sogʻlomlashtirish, sanitariyagigiyena sharoitini yaxshilash, shaxsiy va ovqatlanish gigiyenasi sohasida ham koʻp ishlar qilindi ( A3. Zohidov, Gʻ.M.Maqkamov, B.X. Maʼzumov, T.I. Iskanderov).
Qator 81:
== Havolalar ==
* [http://medslovar.proektsb.ru/ Onlayn tibbiy lugʻat] {{ref-ru}}
{{OʻzME}}▼
[[Turkum:Tibbiyot]]
▲{{OʻzME}}
|