k
qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: hoz. → hozirgi (3), y.lar → yillar (2), va b.) → va boshqalar) (7), va b. → va boshqa (8) using AWB
CoderSIBot (munozara | hissa) Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: hoz. → hozirgi (3), y.lar → yillar (2), va b.) → va boshqalar) (7), va b. → va boshqa (8) using AWB |
||
Qator 1:
'''Tilshonoslik''' yoki '''lingvistika''' [[til]]larni oʻrganuvchi [[fan]]dir. Tilshunoslikning amaliy va nazariy turlari mavjud boʻlib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi ([[grammatika]]si) va uning maʼnosi ([[semantika]]sini) oʻrganadi. Grammatika — [[morfologiya]] (soʻzlarning tuzilishi va oʻzgarishi), sintaksis (soʻzlarning iboralarga va gaplarga biriktrilish qoidalari) va fonologiya (tilni abstrakt tovushlar yordamida oʻrganish) fanlarini qamrab oladi. Amaliy tilshunoslik, asosan, tilshunoslikda oʻrganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash bilan shugʻullanadi. Amaliy tilshunoslik tarkibiga xorijiy tillarni oʻrganish va oʻrgatish, tarjima, nutq terapiyasi va nutq patalogiyasi kabi fanlar kiradi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Tilshunoslik''', lingvistika — til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan. Maqsadi, vazifasi va shu kabiga koʻra, T.ning bir necha yoʻnalishlari (sohalari) bor: umumiy T. — tilni umuman insonga xos hodisa sifatida oʻrganuvchi, asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgixususiyatlarni aniqlash va yoritish boʻlgan soha, xususiy T. — ayrim bir til belgixususiyatlarini oʻrganuvchi soha; amaliy T. — tildan foydalanish bilan aloqador amaliy masalalarni (eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika, transkripsiya, transliteratsiya va
Mazkur yoʻnalishlardan tashqari T.ning har bir tildagi muayyan sathlar va birliklarni oʻrganuvchi koʻplab tarmoq va boʻlimlari bor: semasiologiya til birliklari maʼnolarini oʻrganadi; fonetika va fonologiya tilning tovush qurilishini tekshiradi; leksikologiya va frazeologiya tilning lugʻaviy materialini tadqiq etadi. Soʻz yasalishining tadqiqot obʼyekti soʻzlarning yasalish usullari va ushbu usullarning mahsuldorligi boʻlsa, grammatika (morfologiya va sintaksis) soʻz oʻzgarishlarini va soʻzlarning gaplar va soʻz birikmalari sifatida birikishi qonuniyatlarini oʻrganadi. T. ning har bir boʻlimida yanada kichikroq (maydaroq) maxsus boʻlimchalar boʻlishi mumkin. Mac, leksikologiya doirasida onomastika boʻlimchasi boʻlib, u, oʻz navbatida, antroponimika, toponimika va
T. fan sifatida ona tili va xorijiy tillarni oʻrganishda, terminologiyani ishlab chiqish va takomillashtirishda, lisoniy matnlarni ilmiy sharhlashda, mashina tarjimasida muhim ahamiyatga ega; mavjud va xayoliy narsalar (moddiylik va gʻoyaviylik)ning oʻzaro aloqadorligi muammolarini hal qilish, ijtimoiy ongni va ijtimoiy mavjudot boʻlmish insonning oʻzini toʻgʻri tushunish uchun nazariy xulosalar chiqarishga imkon berdi. Til va tafakkurning , lisoniy va mantiqiy birlik (kattalik)larning oʻzaro aloqasi muammosi T. va falsafa tomonidan baravar, bir vaqtning oʻzida oʻrganiladi. Asosiy lingvistik metodlar sifatida tavsifiy (qiyosiy, konfrontativ, kontrastiv, tipologik), tarixiy (qiyosiytarixiy, komparativ) va normativstilistik (meʼyoriyuslubiy) metodlarni koʻrsatish mumkin. T.da yana maxsus tadqiqot usullari — lisoniy hodisalarni kuzatish, lisoniy eksperiment, lingvistik modellashtirish, lingvistik talqin usullari ham mavjud. T. falsafa va filol. fanlari tutashgan chegarada paydo boʻlgan.
T. muammolarini oʻrganish dastlab qad. Hindistondan boshlangan. Kds. xind T. mil. av. 6-a.dan oldin yaratilgan vedalarni til nuqtai nazaridan sharxlash natijasida vujudga keladi va mil. av. 5 —4-a.larda yashagan Paninining grammatikasi tufayli yuksaklikka kutarildi. Bu asar nazmda yozilgan 3996 ta qoidadan iborat boʻlib, unda sanskrit fonetikasi va grammatikasi tavsif etilgan. Yunonistonda til mantiqqa bogʻliq holda, shuningdek, uning grammatik qurilishi nuqtai nazaridan oʻrganilgan (Geraklit va Demokritning qarashlari, Platon va Aristotelning asarlari, Frakiyalik Dionisiyning "Grammatika"si va
Keyinchalik arab (Bagʻdod, Kufa. Basradagi grammatika maktablari), kdd. yahudiy, oromiy (Andalusiya filologlarining 9— 12-a.lardagi asarlari) va turkiy (Koshgʻariy va Zamaxshariy asarlari) tillari ilmiy tavsif manbai boʻladi. Oʻrta asrlarda tilshunoslikning rivoji arab, shuningdek, arab tilida ijod etgan arab boʻlmagan filologlar nomi bilan bogʻliq. Arab T.ning rivojlanishida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Koshgʻariy, Zamaxshariy, Javhariy singari oʻrtaosiyolik olimlarning xam hissasi katta boʻlgan. Ibn Sino tovushlarni fonema nuqtai nazaridan tekshirgan boʻlsa, Javhariy, Koshgʻariy va Zamaxshariylar leksikologiya va leksikofafiya sohasida jahon tilshunosligiga katta yangiliklar kiritdilar. Maxmud Koshgʻariy va Zamaxshariy oʻzlarining "Devonu lugʻotitturk", "Muqaddimat uladab" asarlari bilan turkiy lahjalarni hamda boshqaboshqa oilalarga mansub tillarni qiyoslash va chogʻishtirish bilan T.da qiyosiytarixiy metod va tipologiyadan foydalangan dastlabki tilshunoslar sifatida nom qozonganlar. Filologik fanlar Uzoq Sharqda, xususan, Xitoy va Yaponiyada ham rivojlandi. Rossiyada T. 15— 16-a. lardan boshlab taraqqiy qildi.
Line 15 ⟶ 14:
M. V. Lomonosovning "Rus fammatikasi" asarida rus adabiy tilining fonetik, morfologik, qisman sintaktik xususiyatlari birinchi marta izchil bayon qilindi.
Uygʻonish davrida antik dunyo madaniy merosiga boʻlgan qiziqish klassik filologiyaning rivojlanishiga ham turtki boʻldi. Shu bilan bir katorda, yangi, zamonaviy yevropa tillarini mantiqiy asosda oʻrganish boshlandi. Qiyosiy metodika va tarixiylik tamoyilining qoʻllanishi qiyosiytarixiy T.ka asos soldiki, bu soha tillarning qarindoshligini oʻrganishda, tillarning genealogii: tasnifshsh ishlab chiqishda, qarindosh tillarning , tillar oilalarining , asosan, hindevropa tillari oilasining tarixiy taraqqiyotini oʻrganishda, tillarning qad. holatini qayta tiklashda va
Lingvistik naturalizmni tanqid qilish negizida yosh grammatikachilar (nemis olimlari A. Leskin, K. Brugman, G. Ostxof, B. Delbryuk, G. Paul va
Struktural oqimlar bilan bir katorda boshqacha yoʻnalishlar va qarashlar rivojlana boshladi: psixologik yoʻnalish (nemis olimlari X. Shteyntal va V. Vundt asarlari; rus olimi V. V. Potebilanya ham ushbu yoʻnalishga qoʻshiladi), neyrolingvistika va
Oʻzbek T. tarixi Mahmud Koshgʻariy va Zamaxshariylarning izlanishlaridan boshlanib, uzok, tarixiy taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. 15-a.dan 20-a. 20-
* Obsheye yazikoznaniye. Formoʻ sushestvovaniya, funksii, istoriya yazika, M., 1970; Obsheye yazikoznaniye. Vnutrennyaya struktura yazika, M., 1972; Obsheye yazikoznaniye. Metodi lingvisticheskix issledovaniy, M., 1973; Berezin F. M ., Istoriya lingvisticheskix ucheniy, 2izd., M., 1984; Reformatskiy A. A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M., 1998; Nurmonov A., Oʻzbek tilshunosligi tarixi, T., 2002.
Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Lingvistika''' (lot. lingua - til) - til haqidagi fan (k,. Tilshunoslik).
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
Qiyosiy tilshunoslik-tillarning universal xarakterlarini oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan fandir. Tarixiy tilshunoslik-tillarning paydo boʻlishi, rivojlanishi va oʻzgarishini oʻrganuvchi fandir.
{{fanlar-stub}}▼
[[Turkum:Tilshunoslik]]▼
== Manbalar ==
Line 47 ⟶ 38:
{{OʻzME}}
▲[[Turkum:Tilshunoslik]]
▲{{fanlar-stub}}
|