Togʻlar: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa) k new key for Category:Togʻlar: " " using HotCat |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar) using AWB |
||
Qator 2:
'''Togʻ''' - [[Yer]] rel'efining bir shakli.
'''Togʻlar''', togʻli oʻlkalar — yer yuzasining tevarakatrofdagi tekisliklardan yakka yoki qator koʻtarilib turgan baland joylari. T. turli yoʻnalishda, har xil masofada toʻgʻri chiziq shaklida (Ural, Katta Kavkaz, Kordilyera, Olay, Zarafshon va
Kelib chiqishiga koʻra, tektonik, erozion va vulkanik T. farq qilinadi. Tektonik T. Yer poʻstining kuchli dislokatsiyaga uchragan, asosan, geosinklinal sistemalar, baʼzida platformalarning jadal surʼatlarda koʻtarilishi natijasida vujudga keladi, bunda muvofiq ravishda epigeosinklinal va epiplatformalar ham shakllanadi. Ular burmali va palaxsali (uzilmali) T.ga boʻlinadi. Burmali T. Yer poʻstining harakatchan zonalarida paydo boʻladi. Palaxsali T. burmalangan zonalarda Yer poʻsti burmalanmasdan ayrim palaxsalarga ajralgan, ularning bir qismi koʻtarilib gorstlar hosil qilgan, ikkinchi qismi choʻkib, grabenlarga aylangan. Shuning uchun tektonik T. burmalipalaxsali T. deb yuritiladi. Erozion T. dengiz sathidan baland koʻtarilgan va oqar suvlar taʼsirida chuqur oʻyilib ketgan, gorizontal yotgan togʻ jinslaridan tarkib topgan maydonlar, yaʼni parchalangan plato va yassitogʻliklardan iborat. Vulkanik T., asosan, tektonik asos, yosh togʻli oʻlka yoki qad. platformalar ustida yotgan va keng maydonlarga yoyilgan vulkan konuslari, lava oqimlari va tuf yotqiziqlaridan yuzaga keladi.
Qator 8:
Togʻlarning yoshi geologik yosh va morfologik yoshga ajratiladi. T.ning geologik yoshi deb, uning geosinklinaldan dastlab koʻtarilgan vaqti tushuniladi. Jumladan, kaledon yoki gersin burmalanishidan gʻosil boʻlgan T. alp burmalanishidagi T.dan geologik jihatdan keksaroq hisoblanadi. Morfologik yosh relyefning geologik rivojlanishi tarixi toʻgʻrisida fikrlash imkonini beradi. Koʻtarilayotgan T. "yosh" hisoblanadi.
Dengiz sathidan baland koʻtarilib turgan T.da atmosferaning turli qatlamlari joylashganidan, togʻ yon bagʻirlarida iklim vertikal tarzda almashinib boradi va shu yoʻsinda togʻli oʻlkalar landshafti vertikal mintaqalarga ajralib turadi. Landshaft mintaqalari soni, ularning xususiyati, izchilligi va balandlik chegaralari turli togʻli oʻlkalarda turlicha boʻlib, geografik kengligiga, shuningdek, T.ning balandligiga bogʻliq. T.ni oʻrganish katta amaliy ahamiyatga ega.
{{stub}}▼
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
[[Turkum:Togʻlar| ]]
[[Turkum:Geografik terminlar]]
▲{{stub}}
|