Toj Mahal: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar) using AWB
Qator 1:
'''Tojmahal''' - Hindistondagi boburiylar sulolasi davriga oid meʼmoriy yodgorlik (1631 — 52). Agra sh. yaqinidagi Jamna daryosi boʻyida Shoh Jahon suyukli xotini Arjumandga (Mumtoz Mahal begim, Mumtoz Bibika Rauza nomlari bilan mashhur boʻlgan) atab vafotidan (1631 y. 7 iyul) soʻng qurdirgan. Keyinchalik oʻzi ham shu yerga dafn qilingan.
 
Maqbara (loyiha meʼmori Us to Ahmad Lahori) turk meʼmori Muhammad Isoxon afandi boshchiligida bunyod etilgan. T. murabba tarhli, 3 qavatli, 5 gumbazli. Marmar supa (104x|04x7 m) ustiga qurilgan. 4 burchagidagi ingichka minoralar (bal. 45 m) maqbaraga oʻzgacha husn bagʻishlagan. Devorlari oq marmar bilan qoplangan, turli rangdagi qimmatbaho toshlar (haqiq, marvarid, sadaf, qahrabo, zumrad, yoqut, fil suyagi va b.boshqalar)dan qadama naqshlar ishlangan. Bosh tarzi (eni 56,7 m) peshtoq ravokli. Maqbaraning old tomoniga 2 qator daraxtlar ekilgan, favvorali hovuz, gulzorlashtirilgan uzun yoʻlka bor. Zinapoyalar bilan marmar supaga chiqib, oʻyma naqshli eshikdan maqbaraga kiriladi. Oʻrtadagi katta gumbazli xonada qora marmarli sagʻana (Shri Lankadan keltirilgan) qoʻyilgan. T.ning beqiyos husni bogʻning jan. darvozasi orqali koʻzga yaqqol tashlanadi. Mahobatli bino qurilishida na faqat Hindiston, balki Oʻrta Osiyo, Eron, Vizantiya meʼmorlarining oʻziga xos uslublari oʻz ifodasini topgan. Maqbara qurilishida gʻisht teruvchi qandahorlik Muhammad Xanif, multonlik Muhammad Sayid, minorada mahalliy usta Ismoilxon Rumiy, samarqandlik Muhammad Sharif, lahorlik Kozimxonlar gʻamda koʻpgina naqqosh va xattotlar qatorida buxorolik ota Muhammad va Shukur naqqoshlar qatnashgan.
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Hindiston meʼmoriy yodgorliklari‎]]
 
 
{{stub}}