Toponimika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar, va b.) → va boshqalar) (2), va b. → va boshqa (2) using AWB
Qator 1:
'''Toponimika''' ([[lotincha]] ''topos'' — joy, ''onoma'' — ism) — joʻgʻrofiy nomlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi, oʻzgarishi va toʻgʻri yozilishini oʻrganuvchi fan.
 
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Toponimika''' (yun. topos — joy va onyma — ism, nom) — onomastikattt joy nomlari (geografik atoqli nomlar)ni, ularning paydo boʻlishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanish va oʻzgarishini, tarixiyetimologik manbalari va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini oʻrganuvchi boʻlimi. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui — toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi. Toponimlar ham, til leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma soʻzlar singari til qonuniyatlariga boʻysunadi, lekin oʻzining paydo boʻlishi va baʼzi ichki xususiyatlari jihatidan jamiyatning kundalik moddiy va maʼnaviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va intilishlariga aloqador boʻlib, maʼlum darajada boshqa guruh soʻzlardan farq qiladi. Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos boʻlgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlar koʻproq saklangan boʻladi. Joyning tabiiy geografik sharoiti (relyef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashgʻuloti, qazilma. boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari hisoblanadi.
 
T. geogr., tarix, etn. bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. Toponimiya til tarixi (tarixiy leksikologiya, dialektologiya, etimologiya va b.boshqalar)ni tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi, chunki baʼzi toponimlar (ayniqsa, gidronimlar) arxaizm va dialektizmlarni oʻzgartirmasdan barqaror saqlab qoladi, koʻpincha muayyan hududda yashagan xalklarning substrat tillariga borib taqaladi. T. xalklarning tarixiy oʻtmishi xususiyatlarini jonlantirishga, ularning joylashish chegaralarini belgilashga, tillarning oʻtmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yoʻllari va sh. k. geografiyasini tavsiflashga yordam beradi. Toponimlarning amaliy transkripsiyasi, ularning dastlabki asosga koʻra hamda bir xil yozilishi, boshqa tillarda berilishi T.ning amaliy jihati hisoblanadi.
 
Toponimlar yirik yoki mayda obʼyektlarning nomlari ekanligiga qarab makrotoponimlar va mikrotoponimlarga ajratiladi: makrotoponimlar — keng hududlar, katta obʼyektlar (materiklar, okeanlar, togʻlar, choʻllar, daryolar, shaharlar, qishloqlar va shu kabi)ning atokli otlari; mikrotoponimlar — kichik obʼyektlar (jarliklar, tepaliklar, quduqlar, koʻchalar, qoʻrgʻonlar va shu kabi) ning atokli otlari. Lekin toponimlarni bunday tasnif qilish shartli, chunki koʻpincha makrotoponim bilan mikrotoponimni farqlash qiyin.
 
Turli xil geografik obʼyektlarni atovchi nomlarning kategoriyalariga muvofiq ravishda T.ning quyidagi boʻlimlari ajratiladi: gidronimika — suv havzalari: daryo, kanal, soy, ariq, buloq, koʻl kabilarning nomlarini oʻrganuvchi soha; oykonimika — aholi yashash maskanlari va ularning qismlari: qishloq, mahalla, guzar, koʻcha, ovul, qoʻrgʻon nomlarini oʻrganuvchi soha; oronimika — yer yuzasining relyef shakllari: tof, choʻqqi, qoya, qir, tepa, qiya nomlarini tekshiradigan soha; urbanonimika — shahar ichidagi har qanday obʼyektlar nomlarini oʻrganuvchi soha; kosmonimika — Yerdan tashqaridagi obʼyektlar (osmon jismlari) nomlarini oʻrganuvchi soha va b.boshqa
 
Soʻnggi 40—45 y. ichida T.ning nazariy va amaliy asoslari ishlab chikdldi, T. sohasida bir qancha tadqiqotlar maydonga keldi. Bunda rus olimlaridan V. A. Nikonov, A. V. Superanskaya, A. P. Dulzon, E. M. Murzayev, V. N. Toporov, O. N. Trubachev, oʻzbek nomshunoslaridan H. Hasanov, E. Begmatov, T. Nafasov, S. Qorayev, 3. Doʻsimov va b.ningboshqalarning xizmatlari katta boʻldi. Oʻzbekiston toponimiyasi 20-a.ning 60-y.laridanyillaridan ilmiy asosda oʻrganila boshlandi: Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo, Samarkand, Margilon, Qoʻqon, Buxoro, Boysun, Mirzachoʻl, Shahrisabz, Nurota hududlaridagi joy nomlari tadqiq etildi, T.ga oid bir necha lugʻatlar, risola va monografiyalar nashr etildi. H. Hasanovning "Yer tili" (1977), S. Qorayevning "Geografik nomlar maʼnosi" (1978), 3. Doʻsimovning "Xorazm toponimlari" (1985), T. Nafasovning "Oʻzbekiston toponimlarining izohli lugʻati" (1988), N. Oxunovning "Joy nomlari taʼbiri" (1994) va b.boshqa shular jumlasidandir.
 
Ad..Nikonov V. A., Vvedeniye v toponimiku, M., 1965; Murzayev E. M., Ocherki toponimiki, M., 1974.
Qator 17 ⟶ 16:
Ernst Begmatov, Nosirjon Oxunov.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}