Tovuq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa (2) using AWB
Qator 1:
'''Tovuq''', uy tovuqlari — tovuqsimonlar turkumiga mansub parranda, qishloq xoʻjaligi. parrandalarining eng koʻp tarqalgan turi. 5 ming yil muqaddam Hindistonda qoʻlga oʻrgatilgan yovvoyi bankiv tovugʻidan tarqalgan. T.larning oʻziga xos xususiyati — boshlarida qizgʻish toji, quloq solinchagi, oyoklari (xoʻrozlarida) pixining mavjudligidadir. Patlarining rangi har xil, koʻpincha, oq. Koʻpchilik T. zotlarining tumshugi va oyoq kafti sariq, qisman oqqizgʻish, qora va b.boshqa boʻladi. Tuxum poʻchogʻi oq yoki och qoʻngʻir.
 
Beradigan mahsulotiga qarab. T.lar tuxumdor (serpusht), tuxumdorgoʻshtdor (tuxumgoʻsht uchun boqiladigan) va gushtdor zotlarga ajratiladi. Shuningdek, T.larning dakang (urishqoq) va kurkam turlari (sanoat ahamiyati yoʻq) ham bor.
 
T.lar tashqi kurinishi va tuzilishi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Serpusht T.lar kichkina, tez voyaga yetadigan, tuxumdorgoʻshtdor T.lar yirikroq boʻlib yaxshi rivojlanadi. Goʻsht uchun ajratilganlari alohida sharoitda boqiladi. Serpusht T.lar 1,7—2,2  kg , xoʻrozlari 2,7—3,0  kg , tuxumdorgoʻshtdorlari 2,5—4,0  kg , goʻshtdorlari 3,0—4,5  kg goʻsht beradi. Serpusht zotlar yiliga 220—250 ta, ayrimlari 365 tagacha tuxum qiladi. Zotdor T.lar seleksiya yoʻli bilan koʻpaytirilganda serpusht boʻladi. T. 5—6 oylikdan tuxumga kiradi. Dastlabki tuxumi 40—50 g , 1 yoshga yaqinlashgach, 55—65 g . Tuxumdorgoʻshtdor zotlar tuxumi mayda. T. tullaganda tuxum qilmaydi. Tullash 2—3 hafta, baʼzilarida 2 oy va undan ortiq davom etadi.
 
T. 10 yilgacha tuxum qilishi mumkin (10—12 y. umr koʻradi). Sanoat maqsadida tuxum yetishtiriladigan xoʻjaliklarda T.lar tuxumga kirgandan keyin ularni faqat bir yil saqlash iqtisodiy foyda keltiradi, chunki tuxum T.ning yoshiga qarab, yiliga 10— 15% kamayadi, naslchilik xoʻjaliklarida faqat sermahsul T.lar 2—3yilga qoldiriladi. Boqilayotgan nasldor T.larning 50—60% 1 yoshga yetmagan, 30— 35% 2 yoshli va 10% 3 yoshli boʻladi. Joʻja ochirishga tuxum olishda 8—12 ta tovuq uchun 1 ta xoʻroz qoʻyiladi. Xoʻrozlar 2—3 y. saqlanadi. Joʻjalar inkubatorov ochiriladi. T. parrandaxonalarda don, sabzavot, mineral oziqala^, vitamin va b.boshqa bilan boqiladi.
 
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi. ilmiyi. ch. markazining [[Parrandachilik]] ilmiy markazida seleksiyaning yangi va jadal usullarini amalda qoʻllab, T.larning yuqori mahsuldor, yiliga 240—250 (duragaylari 270) donadan tuxum kiladigan, kasalliklarga chidamli va mahalliy sharoitga moslashgan ikki tizimli "Oʻzbekiston" krossi (Oʻz1 va Oʻz2 tizimlari, Oʻz12 duragaylari) yaratiladi (2002).
Qator 15:
[[Parrandachilik]].
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->