Toʻgʻon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (2), va b. → va boshqa (6) using AWB
Qator 1:
'''Toʻgʻon''' — daryo va soylarga quriladigan gidrotexnika inshooti. Suv sathini koʻtarish, bosimni oshirish va suv havzalari hosil qilish uchun quriladi. T.lar dare suvini tartibga solishga, elektr energiyasi olishga, suv toshqinlariga barham berishga, uning atrofidagi mikroiklimni yaxshilashga imkon beradi. Ekinlarni sugorish va ichish uchun suv manbalaridan suv chikarishga intilish mil. av. 4 va 3ming yilliklarga toʻgʻri keladi. Ayniqsa, sugʻorma dehqonchilikning astasekin rivojlanib borishi tufayli T.lar (dambalar) qurishga extiyoj tugʻildi (q. [[Dehqonchilik]]). Ibtidoiy dehqonchilikdan madaniy degʻqonchilikka oʻtish davrida Oʻrta Osiyoda, shu jumladan, Oʻzbekiston hududida ham sugʻorma dehqonchilikka va, demak, damba va T.larga talab kuchaydi. Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, Oʻrta Osiyoda mil. av. 10-a.da asosan gʻalla ekinlari, sholi, gʻoʻza, kunjut, qovun, tok va b.boshqa oʻstirilgan. Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Rim, Xorazm davlati va b.boshqa joylarda sugorish inshootlari (sunʼiy kanallar, dambalar, toʻgʻonlar) qurilgan. Keyinchalik T.lar qurish usullari va ularni mustahkamlash tadbirlari takomillashib bordi. Oʻzbekistonda Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Osmon soyiga 10-a.da Xonbandi toʻgʻoni (uz. 50 m, bal. 15,2 m), 12-a.da Katgaqoʻrgʻon tumanida gʻisht T. qurilgan. 16-a.da qurilgan Abdullaxon bandi T.ining bal. 15 m, uz. 83 m, eni 4,5 m boʻlgan. Oʻsha paytlarda T. qurilishida tuproq, tosh, ganch va b.boshqa materiallardan foydalanilgan. Beton T.lar 20-a. 20-y.laridanyillaridan qurila boshladi. Oʻzbekistonda Boʻzsuv GES toʻgʻoni (1923 27), 1 May T.i (1926 30), Kampirravot T.i (1935 —38), Farhod GES toʻgʻoni (1943 —50) va b.boshqa qurildi. 20-a. 50-y.laridanyillaridan baland T.lar paydo boʻddi. Toshkent dengizi va Karkidon, Kattaqoʻrgʻon va Pachkamar suv omborlari T.lari (tuproqdan), Kosonsoy suv ombori T.i (toshdan) va Qoradaryodagi Andijon T.i (betondan) shular jumlasidan.
 
Vazifasiga qarab, T.lar suv ombori va GESlarga quriladigan, suv sathini koʻtaradigan, oqova (ortiqcha suvni chiqarib yuboradigan), stansion (suv olish tuynugi boʻlgan) xillarga boʻlinadi. T., asosan, tuproq, tosh, beton va yogʻochdan quriladi. Beton T.ning gravitatsion, ravoqli va tirgakli xillari boʻladi. T.ning turi geologik, topografik, gidrologik va iqtisodiy sharoitlarga qarab tanlanadi. T.larnint bal. 300 m ga yetishi mumkin (mas., Nurek GES).
 
Suv bosimi kichik (2 —4–4 m, kamdankam 4 —8–8 m, ayrim hollarda 16 —20–20 m) boʻlgan joylarda yogʻoch T. quriladi va kontrfors (tirgak)lar bn mahkamlanadi. Tuproq T. bir xil materialdan, yaʼni maʼlum tartibda joylashtiriladigan qumoq va qumloq yoki tuproq, qumloq va qum va sh.k.dan quriladi. T. korpusi ichida suv oʻtkazmaydigan ekran (plastik yoki qattiq) yoki materiallar (tuproq, qumoq tuproq, beton, temirbeton yoki metall)dan ichki yadro yasaladi. Tuproq T. toʻkma vaquyma turlarga boʻlinadi. Suv omboridagi poʻrtanalar taʼsiridan saqlash uchun T.ning yuqori bagri tosh, beton plitalari va b.boshqa suv oʻtkazmaydigan materiallar bn qoplanadi. Aralash tipdagi T. tosh va tuproqdan quriladi. Tosh T., asosan, tosh tashlash yoki tosh toʻkish yoʻli bn quriladi. T. ekrani yoki suv oʻtmaydigan markaziy elementi (diafragmasi) temirbeton, asfalt va polimer va b.boshqa materiallardan quriladi. Beton va temirbeton T. konstruksiyasi boʻyicha gravitatsion, arkasimon va tirgakli (kontrforeli) turlarga boʻlinadi. T. xarsang tosh terib yoki beton, toshbetondan quriladi, oʻz massasi bn suv bosimini toʻsib turadi, asosi va ekrani mustahkam, suv oʻtkazmaydigan qilinadi. Arkasimon, yaʼni yoysimon T. (dara kengligi katta boʻlganda) yuqorigi byefi suv bosimi ostida boʻladigan qirgʻoqqa yoki maxsustirgaklargabirlashtiriladi. Gravitatsion T.lar maxsus tayyorlangan, suv oʻtkazmaydigan mustahkam zaminga quriladi va katta massaga ega boʻladi. Tirgakli (kontrfors) T.larning bosim tushadigan tomoni temirbeton plitalar bn toʻsiladi. Tirgakning oʻzi mustahkam qoya yoki zaminga oʻrnatiladi. Metall T.lar boshdanoyoq metalldan ishlanadi, qimmatligi tufayli qoʻllanish doirasi cheklangan. Zamonaviy T.lar, asosan, temirbetondan quriladi.
 
Miradham Fayziyev, Botir Hobilov.
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}