Toʻpgul: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 2 × [[]], imlo; + Turkum:Botanika, - {{no iwiki}}
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar) using AWB
Qator 1:
'''Toʻpgul''' ({{lang|la|inflorescentia}}) — [[oʻsimliklar|oʻsimlikdagi]] bir yillik novdaning [[gul]] chiqaradigan qismi. T. oddiy va murakkab boʻlishi mumkin. Oddiy T. botrik (ratsemoz, yongulli) va simoz (tepagulli) T. ga boʻlinadi. Botrik T. monopodial shoxlanishi va gullarining markazga qarab (pastdan yuqoriga) ochilishi bn; simoz T. esa uchki gulining mavjudligi, simpodial shoxlanishi va gullarining markazdan qochib (yuqoridan asosiga qarab) ochilishi bn tavsiflanadi. Oddiy T.da gullar asosiy gulpoya (birinchi tartibli gulpoya) da yoki ikkinchi tartibli gulpoyani tashkil qiluvchi gulbandlarda, murakkab T.da esa gullar uchinchi va undan ham yuqori tartibli gulpoyalarda joylashadi. Oddiy botrik T.lar: oddiy shingil T.; asosiy gulpoyaga gullar uzun gulbandlari bn joylashgan (karam, rediska, achambiti); oddiy boshoq T.; uzun gulpoyaga mayda bandsiz gullar bn oʻrnashgan (zubturum); kallaksimon T. kalta; yoʻgon gulpoyaga gulbandsiz gullar bn zich joylashgan (toʻngʻiztaroq, beda, sebarga); oddiy soyabon T.; asosiy gulpoyadan uzun gulbandli gullar soyabon simlari kabi har tomonga tarqalgan boʻladi (navroʻzgul, piyoz, olcha va b.boshqalar); oddiy savatcha T.da mayda gullar gulpoyaning yoʻgʻonlashgan uchiga joylashadi (moychechak, kungaboqar, boʻtakoʻz). Oddiy simoz T.ga oddiy mono, di va pleyoxaziylar mansub boʻlib, T.ning uchki gulidan pastroqda bitta (ayiqtovonda), ikkita (yulduzchada) yoki bir nechta (sutlamada) yon gullar rivojlanib, ular kechroq navbat bn ochiladi.
 
Murakkab T. esa bir xil yoki bir necha xil oddiy T.lardan hosil boʻladi. Mac, ikkiuchta guldan hosil boʻlgan bugʻdoy boshoqchalarining bir nechtasi asosiy gulpoyaga birikib, bugʻdoyning murakkab boshogʻini, koʻpchilik soyabongullilarning bir necha oddiy soyabonlari murakkab soyabonni tashkil etadi.
 
T.ning tuzilishi sistematikada muhim ahamiyatga ega boʻlib, birbiriga yaqin oʻsimliklarning evolyutsiya yoʻnalishlari haqida fikr yuritishga imkon beradi.
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Botanika]]
 
 
{{stub}}