Umarxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: inti → instituti, y.lar → yillar (2) using AWB
Qator 1:
'''Umarxon''', Amir Umarxon, Amiriy (1787— Qoʻqon — 1822) — Qoʻqon xoni (1810—1822), zullisonayn shoir. Norboʻtabiynint oʻgʻli. Oʻzbeklarning ming urugʻidan. Boshlangʻich savodini oilada chikarib, keyin madrasada tahsil olgan. Yoshligidan saroy xizmatiga jalb qilingan: akasi — Qoʻqon xoni Olimxonnnng davlatni boshqarish ishlarida faol ishtirok etgan. Olimxon 1807—08 y.lardayillarda unga Fargʻona hokimligini topshirgan. Shu yillarda u Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim (Nodira)ga uylangan.
 
Hokim tabaqalar Olimxonning Toshkentda koʻtarilgan gʻalayonni bostirish uchun qoʻshin tortganligidan foydalanib, fitna uyushtiradilar va 1810 y. U.ni xon qilib koʻtaradilar, Olimxon esa oʻldiriladi. U. Qoʻqon xonligi hududini kengaytirish, hokimiyatni mustahkamlash siyosatini olib boradi. Buxoro amiriga karashli Turkiston sh. (1815), Oʻratepani (1817) bosib olgan. Sirdaryo boʻyidagi yerlarda Yangiqoʻrgʻon, Julek, Qamishqoʻrgʻon, Oqmachit, Qoʻshqoʻrgʻon nomli harbiy istehkomlar qurdirgan. Ular Oʻrta Osiyoni Rossiya bilan bogʻlaydigan muhim savdo yoʻlida joylashgan edi. U Rossiya bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatishga harakat qilgan. U. davrida Qoʻqon, Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram, Avliyootada masjid va madrasalar qurilib, qabristonlar tartibga keltirilgan. Shahrixon shaharchasi barpo etilgan, yangi qishloqlar vujudga kelgan. Xon amaldorlarining talonchilik siyosatiga qarshi Chimkent va Sayramda koʻtarilgan qoʻzgʻolon bostirilgan. 19-a.ning 1yarmida Qoʻqonda oʻziga xos ilmiymadaniy muhit vujudga kelgan — uning boshida turgan maʼrifatparvar hukmdor U. ilm, madaniyat, sanʼat, adabiyot, turli kasbhunarlarning rivojiga katta eʼtibor bergan, madrasalarda oʻqishoʻqitish ishlarini yaxshilagan, turli hunar maktablari ochilishini qoʻllabquvvatlagan. Oʻzi ham Amiriy taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir yigʻilgan. 1821 y.dayilda Fazliy Namangoniy U. amriga binoan, 63 shoirning sheʼrini oʻz ichiga olgan "Majmuai shoiron" toʻplamini tuzgan. Uni ulugʻlab qasidalar yozish, gʻazallariga tatabbuʼlar bogʻlash bu shoirlar ijodida yetakchi oʻrin tutgan.
 
U. Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedilni oʻziga ustoz sanab, ulardan ijod sirlarini oʻrgangan, ularga ergashib ijod qilgan, gʻazallariga muxammaslar bogʻlagan. Aruzning turkiy adabiyotda mashhur, xalq ijodida ham keng tarqalgan yengil va oʻynoqi vaznlaridagina yozilgan bu sheʼrlarning barchasi ishqu muhabbat mavzuida. Ularda anʼanaviy motivlar va tasavvufiy ruh ustun. Oʻzbek va forstojik tilidagi sheʼrlarini toʻplab, devon tartib bergan. Devon gʻazal, muxammas, musaddas, tuyuq janrlaridagi 10 ming misradan ortiq sheʼrni oʻz ichiga olgan.
 
Oʻzbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyining matnshunoslik va yozma yodgorliklarni nashr etish boʻlimining ilmiy xodimlari tomonidan U.ning turli davrlarda koʻchirilgan 26 ta qoʻlyozma devoni hisobga olinib, ularning ilmiy tavsifi berilgan. Bu qoʻlyozmalar SanktPeterburg , Toshkent, Samarqand va Buxoro kutubxonalarida saklanadi. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik intiinstituti qoʻlyozmalar fondida U.ning 17 ta qoʻlyozma devoni mavjud. Bundan tashqari, litografik usudda chop etilgan devonlari va shoir sheʼrlaridan namunalar berilgan bayozlar bor.
 
== Adabiyot ==
* Qayumov A., Qoʻqon adabiy muhiti, T., 1961; Ibrat, Fargʻona tarixi, T., 1991; Mulla Olim Mahmud Hoji,Tarixi Turkiston, Qarshi, 1992; Qayyumov A., Tazkirai Qayyumiy, 1j., T., 1998; Homidiy H., Koʻhna Sharq dargʻalari, T., 1999; Bobobekov h., Qoʻqon tarixi, T., 1996; Dilshod, Tarixi muhojiron, T., 1994; NodiraKomila, Devon, 2001.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
Qator 16 ⟶ 15:
 
[[Turkum:Shoirlar]]
 
 
{{stub}}