Urganch mudofaasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: U.m. → {{subst:FULLPAGENAME}} using AWB
Qator 5:
Urganch qamali choʻzilib ketgan, Chingizxon katta oʻgʻli Joʻjini yordamga yuborgan. Joʻji otasi unga butun Movarounnahrni mulk sifatida vaʼda qilgani uchun, boy shahar Urganchni, unga zarar yetkazmay qoʻlga kiritishga harakat qilgan. Shuning uchun shaharliklar oldiga oʻz elchisini yuborib, shaharni gʻoliblarnint rahmshafqatiga topshirilishini taklif etgan. Biroq Chigʻatoy akasiga eʼtiroz bildirib, Urganchni vayron qilinishini talab qilgan. Moʻgʻullarning qamai li 7 oy davom etgan. Chingizxon oʻgʻillari orasidagi raqobatni bartaraf etish uchun barcha qoʻshin va shahzodalarni Oʻqtoyga boʻysundirgan. Shundan soʻng moʻgʻullar shaharga qattiq hujum uyushtirganlar. Xumor tegin va uning mulozimlari shahar darvozalarini ochib taslim boʻlishga qaror qilishgan. Moʻgʻullar shaharga yopirilib kirib, 7 kun davomida aholi bilan koʻcha janglari olib borganlar, bosib olingan uy va binolarni buzib, neft bilan yondirib borishgan. Moʻtullar mahallamamahalla bosib borganlar, faqat 3 ta mahalla qolganda Xorazm muhtasibi faqih Alouddin alHayyot boshchiligidagi shahar elchilari omonlik soʻrashgan. Biroq moʻgʻullar iltimosnirad etishgan. Ular shaharning tirik qolgan barcha aholisini shahar tashqarisiga chiqarib, Moʻgʻulistonga yuborish uchun 100 mingga yaqin hunarmandlarni ajratib olganlar, soʻngra moʻgʻullar Urganchning barcha tirik qolgan aholisini qatl etganlar.
 
Aholidan oʻch olib boʻlgach, moʻgʻullar shaharni rejali ravishda vayron qilishga oʻtgan. Ular Amudaryodagi toʻgʻonni buzib, shaharni suvga bostirganlar. Noyob madaniy yodgorliklar, kugubxonalar vayron qilingan. U.m.danUrganch mudofaasidan soʻng moʻgʻullar harbiy harakatlarni Xurosonga koʻchirganlar.
 
== Adabiyot ==
* Buniyodov 3. Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097—1231), T., 1998; Shixab adDin Muxammad anNasavi, Jizneopisaniye sultana Djalal adDina Mankburni, Baku, 1973.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}