Uslub: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: U.i. → {{subst:FULLPAGENAME}} using AWB
Qator 1:
'''Uslub''' — tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilmaxil koʻrinishlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Nutq U.i.Uslub tilning vazifasi bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham ular vazifaviy (funksional) U. deb yuritiladi. Vazifaviy U. deganda, tildan farq qiladigan qandaydir aloxdda narsa tushunilmaydi, balki aniq bir adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, oʻziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan oʻzaro farq qilib turadigan yordamchi tizim tushuniladi.
 
Vazifaviy U. nutqkoʻrinishlarining asosiy vazifalariga, yaʼni aloqa, xabar berish, taʼsir etish vositasi boʻlishiga koʻra turli qismlarga boʻlinadi. Adabiy tilning quyidagi vazifaviy U.lari mavjud: 1) soʻzlashuv U.; 2) rasmiy U.; 3) ilmiy U.; 4) publitsistik U.; 5) badiiy U. Vazifaviy U.ni nomlash va atash ham ularning qanday aloqa doirasida ishlatilganligiga qarab belgilanadi. Soʻzlashuv U.i — kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining oʻziga xos amal qilishidir. Vazifaviy U.ning bu turi oʻziga xos ish koʻrsatish sharoiti, yaʼni fikr olishuvning bevositaligi, til vositalarini saylab ishlatilmasligi bn, shuningdek, ohang vositalari, mimika, imoishora kabilardan keng foydalanish, oddiy leksik va frazeologik birliklarning , ekspressivemotsional vositalarning keng ishlatilishi bilan ajralib turadi. Mas, farzand — jujuq, dunyodan oʻtmoq — jon bermoq, imtihondan oʻta olmaslik — imtihondan yiqilmoq kabi juftliklarning ikkinchisi asosan soʻzlashuv U.iga xos. Soʻzlashuv U. i fonetik, leksik, morfologik va sintaktik oʻziga xosliklarga ega. Rasmiy U. (rasmiy ish qogʻozlari U.i) — hozirgi oʻzbek adabiy tilining rasmiy yozishmalar va yuridik ishlarda amal qiladigan bir koʻrinishidir. Qonunlar matnlari, farmonlar, buyruq va koʻrsatmalar, shartnomalar, har xil rasmiy hujjatlar, tashkilotlar oʻrtasidagi yozishmalar rasmiy uslubda yoziladi. Bu U. boshqa U.dan lugaviy va grammatik xususiyatlari jihatidan farqlanadi. Rasmiy U.da soʻz va soʻz shakllarini qoʻllashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish U.ida kichraytirisherkalash qoʻshimchalarini olgan soʻzlar, koʻtarinkitantanavor yoki shevaga oid soʻzlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan soʻzlar, oʻxshatish, mubolagʻa kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi shakllar ishlatilmaydi. Rasmiy ish qogʻozlari matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, mazmuniy toʻliklikdan iborat zaruriy sifatlari undagi oʻziga xos soʻz qoʻllash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali taʼmin etiladi. Bu U.dagi ran qurilishi, odatda, tasniflovchi, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga asoslanadi. Shuning uchun ham rasmiy ish qogʻozlari (hujjatlar)da nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq boʻlakli gaplar koʻp koʻllanadi. Pekin ran tarkibida odatdagi soʻz tartibiga qatʼiy rioya qilinadi. Rasmiy U.da surok, va undov gaplar deyarli qoʻllanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Matn birinchi shaxe yoki uchinchi shaxe tilidan yoziladi. Rasmiy ish qogʻozlari matnini tuzishda turgʻunlashgan, qoliplashgan soʻz birikmalaridan keng foydalaniladi. Mas, buyrukda "... soʻm maosh bilan ... lavozimiga tayinlansin", yoki xizmat yozishmalarida "Sizga ...ni maʼlum qilamiz". "...ga korxona kafolat beradi" kabi qoliplashgan tuzilmalar qoʻllanishi mumkin.
Qator 12:
* Oʻzbek tili stilistikayei, T., 1983; Qoʻngʻurov R., Begmatov E., Tojiyev Yo., Nutqmadaniyati vauslubiyatasoslari. T., 1992.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}