Xurmo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ {{Maʼnolari|Xurmo palmasi}}
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa (2) using AWB
Qator 1:
{{Maʼnolari|Xurmo palmasi}}
'''Xurmo''' ({{btname|Diospyros}}) — [[xurmodoshlar]] [[oila (biologiya)|oila]]siga mansub subtropik [[daraxt]] yoki [[buta]]lar [[turkum]]i, ekiladigan [[mevali oʻsimliklar|meva daraxti]]. [[Tropik mintaqalar|Tropik]] va [[subtropik mintaqalar]]da 500 ga yaqin [[tur (biologiya)|tur]]i uchraydi. [[Xitoy]], [[Yaponiya]], [[Oʻrta dengizboʻyi oʻlkasi|Oʻrta dengiz boʻyi]] [[mamlakat]]lari, [[Avstraliya]], [[AQSH]], [[Kavkaz]], [[Oʻrta Osiyo]]da ekiladi. Mevasi uchun, asosan, sharq X., sovuqqa chidamli virginiya X.si ({{btname|D. virginiana}}), shuningdek, Kavkaz X.si ({{btname|D. lotus}}) oʻstiriladi. Oʻzbekistonda ekiladigan sharq X.si ({{lang|la|''D. kaki'' Tpip.}})ning vatani — Xitoy. Daraxti 8—128–12 m, chiroyli, shoxshabbasi dumaloq yoki piramidasimon. 100 —400 yil, baʼzan undan ham koʻproq yashaydi, lekin 50— 60 yilgacha yaxshi meva beradi. X. —15, —20° gacha sovuqqa chidaydi, yorugʻsevar oʻsimlik. [[Barg]]i yirik tuxumsimon, usti toʻq yashil, orqasi tukli, ketmaket joylashgan, toʻkilish oldidan qizgʻish rangga kiradi.
 
[[Gul]]i bir, baʼzan ikki jinsli. Apr. — mayda gullaydi, okt. —noyab.da pishadi. Mevasi turli shakdda (500 g gacha). X. tarkibida [[qand]], S vitamini, [[protein]], temir tuzlari, [[oqsillar|oqsil]], [[oshlovchi moddalar]] va b.boshqa bor. Mevasi 2 —3 oy sakdanadi, yangiligida hamda quritilgan holda isteʼmol kilinadi, qandolatchilik sanoatida ishlatiladi, likyor, vino, jem tayyorlanadi. X., asosan, payvandlash yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Koʻchati kuzda yoki bahorda 8x6 va 6x6 m sxemada ekiladi. [[Qumli tuproqlar|Kumli]], [[shagʻal]]li shoʻr yerlarni yoktirmaydi. 3—4yili hosilga kiradi, 10—12 yoshida toʻliq hosil bera boshlaydi. Bir tup daraxti 250  kg gacha hosil beradi. Oʻsuv davrida yer sharoitiga qarab 10 —12 marta sugoriladi; oʻgʻitlanadi, atrofi yumshatib turiladi. X.NING Oʻzbekistonda tarkalgan va [[Surxondaryo viloyati|Surxondaryo]], shuningdek, [[Navoiy viloyati|Navoiy]], [[Namangan viloyati|Namangan]], [[Samarqand viloyati|Samarqand viloyatlari]] uchun rnlashtirilgan asosiy [[nav]]lari — Vaxsh, Xiakume, Zendjimaru, Tojikiston, va b.boshqa
 
== Adabiyot ==
Qator 9:
 
Rixsivoy Joʻrayev.
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar]]
 
 
{{stub}}