Xushholxon Xattak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda, va b. → va boshqa using AWB
Qator 1:
'''Xushholxon xattak''', Xushholxon (1613.18.6 — Akora —1691) — afgʻon shoiri, mutafakkiri. Afgʻonlarning xattak qabilasi boshligʻi, Boburiylar saltanatiga qaram Akora viloyatining hokimi (1641 y.danyildan). U afgʻon qabilalarini birlashishga daʼvat etgan, xalqning milliy ozodlik harakatiga boshchilik qilgan, yurtdoshlarini oʻz mustaqil milliy davlatlarini tuzishga chaqirgan, taʼsirchan sheʼriyati bilan xalqni kurashga ruhlantirgan. Milliy afgʻon tili — pushtu (pashtu)da forstojik mumtoz adabiyoti anʼanalarini mujassamlashtiruvchi goʻzal sheʼriyat yaratgan. Asarlarida birodarlik, doʻstlik, ishqmuhabbat, mustaqillik, odobaxloqni kuylagan. X.X. yaratgan adabiy maktab afgʻon adabiyotining keyingi taraqqiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatgan.
 
40 ming bayt sheʼrni oʻz ichiga olgan "Kulliyot" devoni X.X.ning asosiy adabiy merosini tashkil etadi. X.X. bundan tashqari, tarix, geogr., tibbiyot, harbiy sanʼat, siyosat va b.boshqa sohalarga oid asarlar xam yaratgan. Masnaviy shaklida yozilgan "Fazlnoma" dostoni diniy masalalarga, "Faraxnoma" dostoni kilich va qalam munozarasiga bagʻishlangan. "Firoqnoma" toʻplami shoirning mahbuslik davrida yozgan masnaviy va gʻazallarini oʻz ichiga oladi. "Dastornoma" siyosat, mazhab, axloq, harbiy sanʼat singari turli mavzularni qamragan nasriy asardir. "Sihat ulbadan" — tibbiyot, "Boznoma" asari esa ov toʻgʻrisida hikoya qiladi.
 
X. X. "Hidoya" asarini arab tilidan, Anvar Suhayliyning "Aʼyori donish" ini fors tilidan pushtu tiliga tarjima qilgan. "Kulliyot"i Kobul, Peshovar, Dehli, Kalkutta va London kutubxonalarida saklanadi.
Qator 8:
* Gʻaniyev A., Abayeva T., Afgʻon klassik shoiri Xushholxon Xagtak, T., 1967.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}