Afrosiyob (tezyurar poyezd): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa using AWB
Qator 21:
10-asrning oxirida [[Movarounnahr]]da hokimiyat qoraxoniylar qoʻliga oʻtganida xam Samarqanda savdo, hunarmandchilik, shahar obodonchilik ishlari davom etadi. Shaxarning hunarmandchilik qiyofasi kuchayib, zodagon dehqon qasrlari endi shahar tashqarisida, ularning dala hovlilarida markazlashadi. 1220 yilda Chingizxon qoʻshinlari „Juyi arziz“ toʻgʻonini buzib, shaharni suvsiz qoldirdi. Shahar mudofaachilari tengsiz jangda taslim boʻldilar. Bosqinchilar shaharning devor va darvozalarini vayron qilib saroy, masjid va madrasalarga, aholi xonadonlariga oʻt qoʻydilar. Aholining katta qismi jangda qirildi, hunarmandlar Moʻgʻulistonga haydab ketildi. Shaharni soʻnggi mudofaachilari [[Jome masjidi]]ga yashirinib, qarshilikni davom ettirdilar. Ularning olovda yongan tanalari jang kiyimida bizgacha etib kelib, arxeologik qazish vaqtida topildi. „Qoʻrgʻoshin ariq“ qayta tiklanmadi. Afrosiyobda suvsiz qolgan aholi Siyobdan charxpalakda suv chiqarib, kun kurgan, soʻng aholi bora-bora Ani butunlay tashlab ketgan. Kimsasiz xarobaga aylangan qadimgi Samarqand avvallari „Hisori koʻhna“, „[[Qal`ai Hisor]]“ atalib, 17-asrdan boshlab aholi orasida „[[Qal`ai Afrosiyob]]“ yoki „Afrosiyob“ deb atala boshlangan.
 
Afrosiyobda qazishma ishlari ayniqsa Samarqandda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti tashkil topgach, keng koʻlamda kuchaydi. Ya. Gʻ. Gʻulomovdan soʻng Afrosiyobdagi arxeologik qazishmalarga G. V. Shishkina, Sh. Toshxoʻjaevlar rahbarlik qildi. Keyingi yillarda (1989 yildan) Afrosiyobni arxeologik jihatdan tadqiq etish ishiga fransuz arxeologlari — Pol Bernar, Frans Grene va b.boshqa jalb etilgan. Fransuz arxeologik missiyasi Oʻzbekiston arxeologlari bilan (M. Isomiddinov va b.boshqalar) hamkorlikda Afrosiyobni oʻrganishda qatnashmoqsa. Oʻzbek va fransuz olimlarining hamkorlikda olib borgan tadqiqot natijalari qadimgi Samarqand tarixiga oid qator masalalarga aniqlik kiritdi, yaʼni miloddan avvalgi 6—5-asrlarga taalluqli shahar mudofaa devorlari ostidan gu-valaqdan qurilgan yanada qadimgi devor qoldiqlari ochilib, Samarqandning yoshi miloddan avvalgi 8-asr oʻrtalariga oid ekanligi isbotlaydi; shaharning arki aʼlo qismidan milodiy 8-asrga oid murabba (70x70) shaklidagi Samarqand ixshidlarining mahobatli saroyi qoldikdari ochildi. Afrosiyobda arxeologik tadqiqot ishlari davom etmoqda.
 
== Adabiyotlar va manbalar roʻyxati ==
1. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil <br />
2. V ya t k i n V. L., Gorodie blogo Samarqanda, Samarqand, 1926; Shishkin V. Afrosiyob, Afrosiyob — qadimiy madaniyat xazinasi, T., 1966; Afrasiyab, Sbornik, vp. 1, T., 1969; Bernar P., Grene F., Isomiddinov M., Osnovne rezultat raskopok oʻzbeksko-fransuzskoy ekspedisii 1990-1992 gg., ONU, № 3-4, 1994; Isomiddinov M., O date osnovaniya Samarqanda, ONU, № 5, 1997. [[Asqarov Ahmadali | Ahmadali Asqarov]]. <br />
 
----
 
{{OʻzME}}
{{Samarqanddagi diqqatga sazovor joylar}}
 
[[Turkum:Samarqand yodgorliklari]]
Qator 34 ⟶ 37:
[[Turkum:Osiyoning yoʻqolib ketgan shaharlari]]
[[Turkum:Oʻzbekiston tarixi]]
 
{{OʻzME}}
{{Samarqanddagi diqqatga sazovor joylar}}