Anatomiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+img
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi, y.lar → yillar, va b. → va boshqa using AWB
Qator 1:
[[Image:Mondino - Anathomia, 1541 - 3022668.tif|thumb|[[Mondino dei Liuzzi]], ''Anathomia'', 1541]]
'''Anatomiya''' (Grekcha soʻzdan olingan boʻlib, kesish, kesib ochish degan maʼnolarini bildiradi) biologiyaning boʻlimi boʻlib, odam tanasining qismlarini va joylashishini organadi. Anatomiya ikki asosiy boʻlimdan iborat boʻlib, [[Umumiy Anatomiya]] va [[Histologiya]]dan iborat. Umumiy anatomiyada koʻz bilan koʻrib boladigan qismlar oʻrganilinadi, va gistologiyada [[mikroskop]] bilan koʻrish kerak boʻlgan qismlar oʻrganilinadi. Umumiy anatomiya yana bir qancha boʻlimlarga boʻlingan: [[hayvon anatomiyasi]], [[oʻsimlik anatomiyasi]] va [[odam anatomiyasi]].
 
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Anatomiya''' (yun. anatome — ke-saman, yoraman) — ayrim a’zolar, si-stemalar va butun organizmning shakli va tuzilishini o‘rganadigan fan; mor-fologiyaning bir qismi (q. Hayvonlar morfologiyasi, O‘simliklar morfolo-giyasi). A. hayvonlar A.si (zootomiya) va o‘simliklar anatomiyasi (fitotomiya)ga bo‘linadi. Hayvonlar A.sidan odam A.si (antropotomiya) ajratiladi. Odam va hayvonlar organizmi evolyutsiyasi-ning asosiy bosqichlarini o‘rganadigan qiyosiy (solishtirma) A. ham bor. "A" termini ko‘proq odam A.sini ifoda-lash uchun ishlatiladi. Odam A.siga inson organizmi faoliyati haqidagi fan — fiziologiya bilan bir butun holda qaraladi. A. har bir a’zoning kishi jinsi va yoshiga qarab o‘zgarish xususiyat-larini, atrof muhit hamda mehnat fao-liyatining a’zolar tuzilishi, vazifasi-ga ta’sirini ham o‘rganadi. Dastlab har bir a’zo alohida-alo-hida o‘rganilgan bo‘lsa, keyinchalik a’zolarning o‘zaro munosabatlarini, ularning bir siste-maga birlashish qonuniyatlarini, orga-nizm bir butun bo‘lib, uni tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liqligini, a’zolar-ning shakli bilan funksiyasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olgan holda o‘rganila boshlandi.A.ga oid dastlabki ma’lumotlar eng qad. xitoy va hind asarlarida, shuning-dek Gippokrat, Aristotel (Arastu) asarlari va ayniqsa Aleksandriya makta-bi vakillarining asarlarida uchraydi. Keyinchalik Abu Ali Ibn Sinoning 5 jildli "Tib qonunlari" asarida tib-biyotning barcha sohalariga, xususan A.ga oid mukammal ma’lumot berildi. Ita-lyan rassomi Leonardo da Vinchi mur-dani yorib tekshirib normal A.ning bir qadar mufassal tavsifini bergan. Hoz.Hozirgi zamon A.si Uyg‘onish davridan, ya’ni yev-ropalik anatom-olim A. Vezaliy mur-dalarni yorib tekshirib, odam tanasi tuzilishining to‘liq, sistematik va aniq 470tavsifini bergan vaqtdan boshlanadi. A. umuman normal a’zo va to‘qimalarning shakli va tuzilishini o‘rgangani uchun normal A. deb ataladi. Normal A., or-ganizmning funksional sistemalariga muvofiq ravishda suyaklar haqidagi ta’-limot — osteologiya, bo‘g‘imlar haqidagi ta’limot — artrologiya, muskullar haqidagi ta’limot — miologiya, ichki a’zolar haqidagi ta’limot —splanx-nologiya, qon aylanish va limfa siste-masi haqidagi ta’limot — angiologiya, markaziy va pereferik nerv sistemasi haqidagi ta’limot — nevrologiya, sezgi a’zolari haqidagi ta’limot — estezio-logiya va ichki sekresiya bezlari haqidagi ta’limot — endokrinologiyatg bo‘linadi. A.dan quyidagi fanlar ajralib chiqqan: gistologiya (a’zo va to‘qimalarning mi-kroskopik tuzilishini o‘rganadi); pato-logik A. (kasallik oqibatida o‘zgargan a’zo va to‘qimalarning shakli va tuzi-lishini o‘rganadi), topografik yoki ama-liy A. (xirurgik A. ham deyiladi, odam tanasida a’zo va to‘qimalarning joyla-nishini o‘rganadi). Bundan tashqari, va-zifasi tasviriy san’at (rassomchilik, haykaltaroshlik) uchun odam gavdasining tashqi ko‘rinishini tasvirlab berishdan iborat bo‘lgan plastik A., a’zolarning shakllari va tuzilishini ularning fa-oliyati bilan bog‘liq holda o‘rganadigan funksional yoki nazariy A., yosh A.si va boshqa A.lar ham bor.Miyaning faoliyati bilan bog‘liq holda uning noziq tuzilishi, qon va limfa to-mirlarining nerv bilan ta’minlanishi, bir qismi ishdan chik,-qan qon aylanish sistemasining tiklanish (kompensatsiya) qobiliyati va b.boshqa masalalar ham A.ning tadqiqot mavzuidir.A.ning asosiy va eng qad. o‘rganish usulidan foydalanilgan, bora-bora ke-sib preparatlar tayyorlash, arralash, qon tomirlarga turli suyukliklar yuborish, rentgen nuri va mikroskopii qo‘llash usullari joriy etildi: tirik odamda esa paypaslab ko‘rish, perkussiya (barmoq yoki bolg‘acha bilan urib o‘rganish) yoki au-skultatsiya (eshitib ko‘rish) usullari qo‘llanila boshlandi. Bundan tashqari, A. (proyeksion A.) hayvonlar va sog‘lom odamlarda (tashqi belgilarga qarab) chuqurroq yotgan a’zolarning joylanishi-ni tajriba yo‘li bilan aniqlaydi.O‘zbekistonda A. fanining haqiqiy rivoji 1940—50 y.largayillarga to‘g‘ri kela-di. O‘zbek olimlaridan H. 3. Zohidov markaziy nerv sistemasining ayrim sohalarini, odamning yoshiga xos tuzili-shini, R. E. Xudoyberdiyev nerv sistema-sining qon bilan ta’minlanishini, qon to-mirlar A.sini, M. N. Xolqo‘ziyev vegeta-tiv nerv sistemasi A. sini, N. K. Ahmedov periferik nerv sistemasiga rentgen nurlarining ta’sirini o‘rgandilar. Olimlardan S. Sh. Shahrbiddinov, A. T. Okdlov, F. N. Bahodirov, N. A. Ibodov, I. K. Qosimxo‘jayevlar ham A. rivojla-nishiga munosib hissa qo‘shdilar. Hozir A.ning dolzarb masalalari — jigar, to-mirlarning normal va regeneratsiya sha-roitidagi o‘zgarishlari hamda nervlar-ning tiklanishi va periferik qon ay-lanishi ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.Ad:. Ahmedov N. K., Shomirzayev N. X., Normal va topografik anatomiya, T., 1991; Ahmedov N. K., Atlas. Odam anato-miyasi, 1— 2-1., T., 1996—97.Nosir Ahmedov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
== Odam Anatomiyasi ==
Qator 12 ⟶ 10:
Boshqa boʻlimlar ichida, odam anatomiyasi eng kerakli anatomiya boʻlimi hisoblanadi. Tibbiyot nuqtai nazaridan, odam anatomiyasi sogʻlom insonning badan qismlarini shaklini, badanda joylashishini, katta-kichikligini va boshqa qismlar bilan aloqadorligini oʻrganuvchi boʻlimdir. [[Topografik anatomiya]]da bir qancha jasadlarni kesib, uni yaxshilab oʻrganiladi. Morfologik nuqtai nazaridan, odam anatomiyasi eng qiziqarli boʻlim hisoblanadi. Har bir qism nega shunday shakl, shunday joylashishda ekanligini savol qiladi. Bu qiziqish biologiya fanida qoʻshimcha boʻlimlar - [[embriologiya]] yoki rivojlanish biologiyasini va [[gistologiya]]ni yaratdi.
 
== Manbalar ==
{{stub}}
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Biologiya]]
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzMEstub}}