Astrometriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa (2) using AWB
Qator 6:
Astronomiya tarixida birinchi yulduz kataloglari Xitoy astronomi Shi SHen (miloddan avvalgi 4-asr) va yunon olimi Gipparx tomonidan (miloddan avvalgi 2-asr) tuzilgan. 15-asrda Ulugʻbek rahbarligida tuzilgan katalogda 1018 ta yulduzning vaziyati keltirilgan.
 
18-asr birinchi yarmiga kelib Astrometriya vazifalarini aniqroq yechishga moslanib maxsus optik asboblar yasaldi. Masalan, Pulkovo astronomiya rasadxo-nasiga oʻrnatilgan ana shunday optik asboblar mutlaq kataloglar tuzishda katta rol oʻynadi. Keyinchalik Germaniya va b.boshqa davlatlarda qator rasadxonalar, jumladan Toshkent rasadxonasi kuzatishlariga asoslangan fundamental kataloglar, masalan, FKZ, FK4, FK5 tuzildi. [[Astronomiya]] doimiylaridan biri Quyosh parallaksini aniqlash Astrometriyaning muhim vazifalaridandir; chunki astronomik birlikni ifodalovchi bu kattalik sayyora va yulduzlargacha boʻlgan masofalarni oʻlchashda asos qilib olinadi. Pretsessiya, nutatsiya va aberratsiyani aniqlash ham Astrometriya vazifalaridan hisoblanadi. Olis yulduzlarning vaziyati va xususiy harakatlari fotografik Astrometriya usullaridan foydalanib aniqlanadi. Buning uchun astrograf yordamida osmonning maʼlum qismlari fotosuratga olinadi. Olingan fotosurat — astronegativda chiqqan yulduzlarni maxsus asboblar yerdamida oʻlchash yoʻli bilan ularning vaziyatlarini shu astronegativda bor boʻlgan va aniq koordinatlari kataloglarda berilgan bir qator yorugʻ yulduzlarga nisbatan hisoblab topiladi. Bunday masalani yechishda astronegativdagi toʻgʻri burchakli koordinatalar tizimidan osmondagi sferik koordinatalar tizimiga oʻtish muhim oʻrin tutadi. Yulduzlarning xususiy harakatlarini fotografik Astrometriya usulidan foydalanib topish uchun oraligida 20—30 yil vaqt oʻtgan va markazlari bir-biriga mos keladigan ikki astronegativ birga oʻlchanadi. Soʻngra hisoblash yerdamida oʻlchangan natijalardan har bir yulduzning yillik xususiy harakati sferik koordinatalar tizimida topiladi. Fotografik Astrometriya yerdamida aniqlangan natijalar odatda meridian kuzatishlardan olingan natijalardan 1,5—2 marta aniqroq boʻladi. Lekin bunday aniqlikka erishish uchun fotografik Astrometriyaga xos boʻlgan bir qator xatoliklarni nazarda tutib ish koʻriladi.
 
Jahonda bajarilgan eng katta Astrometriya ishlari sifatida 1933 — 38 yillarda [[Toshkent]]dagi va b.boshqa rasadxonalarda birgalikda tuzilgan „Geodeziya yulduzlari katalogi“ ni koʻrsatish mumkin. „Xira yulduzlar katalogi“ Astrometriya sohasidagi yana bir katta ish boʻlib, uni tuzishda bir necha rasadxonalarning, jumladan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti qatnashishi ham koʻzda tutilgan. Yuz yillar davomida osmon sferasida sezilarli darajada siljimaydigan galaktikalarga tayangan koordinatalar tizimidagi „Xira yulduzlar katalogi“da kuzatish dasturiga kiritilgan hamma yulduzlarning vaziyatlari va xususiy harakatlari berilishi kerak. Bu ishni yanada kengroq olib borish maqsadida osmonning jan. yarim sharidagi yulduzlar Chili va Boliviyadagi rasadxonalarda muntazam kuzatilmoqda. Astrometriyaga doir tadqiqotlarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti va Tosh-DU astronomiya kafedrasi faol qatnashadi<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil</ref>.
 
== Manbalar ==
Qator 16:
* [http://referat.arxiv.uz Maʼlumotlar ombori]
 
{{stubOʻzME}}
 
[[Turkum:Astrometriya]]
 
 
{{OʻzME}}
{{stub}}