Atsetilen: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (3), b-n → bilan (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: i. ch.da → ishlab chiqarishda using AWB
Qator 1:
'''Atsetilen''', etin, S2N2 - uch bog‘li to‘yinmagan uglevodorodlarning eng oddiy vakili. Mol.m. 26,04. Rangsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi — 81° (1277 mm sim. ust. da). Qaynash temperaturasi — 83,8°. Toza A. xidsiz. A. yuqori bosim ostida qizdirilsa portlaydi, havo bilan aralash-masi ham portlashi mumkin. A. kalsiy karbidga suv ta’sir ettirib olinadi. U yuqori temperaturada chala oksidlab va elektr kre-king yordamida metandan (tabiiy gazdan) ham hosil qilinadi. A. kimyoviy reaksi-yalarga juda yaxshi kirishadi. U birikish reaksiyasiga kirishganda, reaksiya ikki bosqichda boradi, birinchi bosqichda eti-len qatoriga kiruvchi birikmalar hosil bo‘lib, ikkinchi bosqichda bular to‘yingan birikmalarga aylanadi. Ani xlorlash reaksiyasidan foydalanib, sanoatda ko‘p ishlatiladigan geksaxloretan va trixlo-retilen kabi muhim birikmalar olina-di. A.ga simob tuzlari ishtirokida suv molekulasining birikishi (q. Kucherov reaksiyasi) natijasida atsetaldegid hosil bo‘ladi yoki A. katalizator ishti-rokida polimerlansa, kauchuk i.ishlab ch.dachiqarishda xom ashyo vazifasini o‘taydigan vinilatse-tilen olinadi. A. to‘yinmagan birikma bo‘lishiga qaramay, o‘rin almashinish reaksiyalariga ham kirishishi mumkin. A. 1836 y.da kashf qilingan. Uni ilk bor 1862 i. fransuz kimyogari M. Bert-lo kumir va vodoroddan sintez qilgan. Nemis kimyogari F. Vyoler 1862 y.da Ani kalsiy karbiddan kuyidagi reaksiyaga asosan olish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Bu usul hozir ham texnik usul-lardan biri sifatida o‘z ahamiyatini saqlab qolgan. Sanoatda A. olishning muhim usuli tabiiy gazlarni termik krekinglashdir. Uni elektrokreking usu-li bilan metanni volta yoyi orqali (1600° da) utkazib olish ham mumkin. A. yoni-shidan ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiqqanligi uchun metallarni payvand-lashda va har xil mahsulotlarni sintez qilishda ishlatiladi.
 
== Adabiyotlar ==