Avangardizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: b-n → bilan using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar) (2), va b. → va boshqa (4), -a. → -asr using AWB
Qator 1:
'''Avangardizm''' (frans. avantgardiste) — 1) 20-a.asr adabiyot va san’-atida qator zamonaviy oqimlarning umu-miy shartli nomi. A. tarafdorlari ada-biyotni va san’atni tubdan yangilashni, uning shakli va ifodaviy imkoniyatlari-ni kengaytirishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan, avvalgi qaror topgan yu-nalishlar (shu jumladan, romantizm, re-alizm, impressionizm, neoklassitsizm va b.boshqalar) ga tanqidiy yondashgan. A. namo-yandalari san’atning predmetini ham, uslubini ham, shakl va mazmunni ham yangilashni o‘zida ifoda etgan umumiy istak ostida birlashganlar. Bu yo‘nalish taraqqiy etgan 1905—30 y.larda uning tamoyillari ekspressionizm, fovizm, kubizm, dadaizm, syurrealizm; adabiyot-da — "ong oqimi", futurizm, musiqada — dodekafoniya, atonallik va b.boshqa kabi modernistik oqim va maktablarda, shu-ningdek ba’zi yirik so‘z ustalarining ma’lum davrdagi ijodiy faoliyatida namoyon bo‘ldi. Bir-biriga zid mayl-lar, turli ijtimoiy, g‘oyaviy-estetik nuqtai nazarda turgan, ijodiy taqdiri bir-biriga o‘xshamagan san’atkorlar A. (modernizm) ning umumiy oqimida to‘qnashdi. Davrning eng o‘tkir ijtimoiy qarama-qarshiliklari A. ziddiyatlarida o‘z aksini topdi. Ba’zi yirik san’atkor-lar ijodlarining dastlabki davrida A. ga moyil bo‘lganlar (mas, P. Elyuar — Fransiya; V. Nezval — Chexoslovakiya; V. Brext, I. Bexer, X. Eysler — Germaniya; D. Rivera — Meksika; V. Mayakovskiy, D. Shostakovich — Rossiya).Jahon adabiyoti va san’atining ko‘pgina zabardast vakillari A. tajri-balariga asoslanib, zamonaviy san’at-ning yetakchilariga aylandilar (mas, J. Joys — Irlandiya; M. Prust — Fran-siya; P. Mondrian —Niderlan-diya; S. Dali va P. Pikasso — Ispaniya; P. Klee — Shveysariya; V. Kandinskiy, M. Male-vich, S. Prokofev — Rossiya va b.boshqalar).2-jahon urushidan keyin g‘arbda A. oqimi jonlanib, "absurd drama", "yangi roman", "konkret poeziya", tasvi-riy san’atda — pop-art, minimalizm, abstraksionizm, musiqada — aleatori-ka, sonoristika, elektron musiqa va b.boshqa ko‘rinishlarida namoyon bo‘ldi.A. tamoyillari O‘zbekiston tasvi-riy san’atida 20-y.larda ham kuzatiladi (A.Volkov, A.Nikolayev, O‘.Tansiqboyev, M.Kurzin, O.Tatevosyan). 1970-y.lar-dan boshlab musiqada — kompozitorlar R.Vildanov, N.Zokirov, A.Malaxov, M. Tojiyev, T.Qurbonov, F. va D.Yanov— Yanovskiylar, N.G‘iyosov va b.boshqa, teatrda — rejissyorlar N. Abdurahmonov, M.Vayl, tasviriy san’atda — rassomlar J. Umarbekov, Jalolov, M.To‘xtayev va b.boshqa A. ifodaviy imkoniyatlaridan ijodiy foydalanmoqda.2) Falsafadagi A. — zarur taraqqiyot bosqichlari va real shart-sharoitlarni nazarga olmay sakrash yo‘li bilan jamiyat-dagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga intilish.
 
== Adabiyotlar ==