Avtomobil yoʻli: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: A.y. → {{subst:FULLPAGENAME}} (14), b-n → bilan (6), A. y. → {{subst:FULLPAGENAME}} (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t.y. → temir yoʻl, sh. → shahri, va b. → va boshqa (6), -a. → -asr using AWB
Qator 1:
'''Avtomobil yo‘li''' - avtomobil transporti qatnoviga mo‘ljallangan muhandislik inshooti. Avtomobil yoʻli ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat (respublika) va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarga bo‘linadi. Xalqaro Avtomobil yoʻli ga mamlakatlar-ni, yirik sanoat markazlarini bog‘lovchi va katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kiradi. Davlat ahamiyatidagi yo‘llarga yirik sanoat markazlari, muhim t.y.temir yoʻl stansiyalari, pristanlar va b.boshqa bilan bog‘lovchi yo‘llar, mahalliy yo‘llarga esa viloyat, qishloq, jamoa xo‘jaliklari yo‘llari kiradi. Avtomobil yoʻli muhandislik in-shooti sifatida quyidagi elementlardan tashkil topadi: yer poyi ko‘tarmasi; yo‘l to‘shamasi; qatnov qismi; yo‘l cheti; sun’-iy va chiziqli inshootlar va b.boshqa jihozlar. Avtomobil yoʻli tabiiy yoki tuproq ko‘tarmasi, asos va qoplamalardan iborat. Asos (o‘rta qatlam) qum, shag‘al, tosh, shlak va sh.kshahrik. material-133lardan qilinadi. Avtomobil yoʻli ning ahamiyatiga qarab, quyidagi qoplama xillari ish-latiladi: a) yer sirtiga qumoq tuproq, shag‘al sochilgan past navli qoplamalar; b) qoramoy shimdirilgan shag‘al yoki may-dalangan tosh yotqizilgan qoplamalar; v) maydalangan tosh va shag‘alga qoramoy aralashtirilgan yengil qoplamalar; g) asfalt-beton, sement-beton singari kapital qoplamalar. Yo‘llarning ken-gligi avtomobillarning ikki va undan ortiq qator bo‘lib yurishiga imkon bera-di. Bir qatorniig kengligi 3 m gacha oli-nadi. Chekka yo‘llarning eni 2 — 2,5 m bo‘ladi. Harakat qulayligini ta’minlash maqsadida ba’zan yo‘lning o‘rtasi ma’-lum kenglikda ko‘kalamzorlashtiriladi. Avtomobil yoʻli qurilishida sun’iy inshootlar (tonnellar, ko‘priklar, tayanch devorlar, himoya yo‘laklari) barpo etiladi. Avtomobil yoʻli da suv o‘tkazuvchi va drenaj qurilmalari bo‘ladi. Harakat xavfsizligini ta’min-lash uchun yo‘l belgilari, ko‘rsatkichlar, himoya vositalari va transport oqimini boshqarish qurilmalari o‘rnatiladi. Shuningdek, Avtomobil yoʻli da texnika xizmati ko‘rsatuvchi st-yalar, yonilg‘i st-yalari va b.boshqa joylashadi.Jahon standartlari bo‘yicha Avtomobil yoʻli lari mamlakat umumiy transport tarmog‘idagi ahamiyati va hisobiy harakat jadalli-giga ko‘ra besh toifaga bo‘linadi. Eng yuqori (I) toifadagi avtomobil yo‘lida har ikkala yo‘nalishda o‘rtacha sutkalik harakat jadalligi 7000 dan ko‘proq av-tomobilga, hisobiy tezlik 150 km/so-atga, eng past toifadagi yo‘lda harakat jadalligi sutkasiga 100 ga yaqin avto-mobilga va hisobiy tezlik 60 km/so-atga mo‘ljallanadi. Xalq xo‘jaligida avtomagistrallarning ahamiyati katta. Jahondagi Avtomobil yoʻli larining umumiy uz. 20,8 mln. km (qattiq qoplamalilari 14 mln. km dan ortiq, 1990). Qattiq qoplamali Avtomobil yoʻli uzunligi (ming km) AQShda 6243 (1986), Buyuk Britaniyada 356, Fransi-yada 741, Germaniyada 496, Yaponiyada 782, Hindistonda 759 (1990).20-a.asr boshida O‘zbekistonda 27 ming km yo‘l bo‘lib, asosan ot-arava, karvon va yo‘lovchilarga mo‘ljallangan, shundan faqat 2 ming km ga shag‘al yotqizilgan edi. 1920 y.ga qadar yo‘l ishlari bilan munta-zam shug‘ullanadigan davlat tashkiloti bo‘lmagan. 1922 y. noyabr da Turkiston mahalliy transport boshqarmasi, 1925 y. iyunda viloyat yo‘l boshqarmalari tash-kil etildi. Boshqarmalar viloyat yo‘l qurilishi va ulardan foydalanishga oid masalalar bilan shug‘ullangan. 1932 y.dan yo‘l qurilishida bitum va shag‘al aralashmasi keng qo‘llanildi. 1928 — 32 y.larda respublikada birinchi bo‘lib uz. 62 km bo‘lgan qora qoplamali Buxoro — G‘ijduvon — Qiziltepa yo‘li, so‘ngra Samarqand — Panjakent, Toshkent — Pskent — Murotali, Qo‘qon — Sho‘rsuv — Andijon — Kuyganyor va b.boshqa yo‘llar qurildi.1929 y. da Respublika XKS huzurida yo‘llar va avtomobil trans-porti bosh boshqarmasi, 1930 y.da "O‘zyo‘lqurilishtrest" aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. 1941 y. gacha uz. 708 km bo‘lgan Katta O‘zbekiston trakti, hashar yo‘li bilan To‘ytepa — An-gren, Samarqand — Jizzax — Navoiy, Farg‘ona — Gorchakova kabi qoplamasi yaxshilangan yo‘llar qurildi. 1953 y. O‘zbekiston Avtomobil transporti va-zirligi hamda O‘zSSR MS huzuridagi yo‘llar bosh boshqarmasi negizida O‘zbekiston Avtomobil transporti va tosh yo‘llar vazirligi tashkil etildi. 1950 — 55 y.larda Zarafshon Avtomobil yoʻli , 1957 y. Toshkent — Qo‘qon (Qamchiq dovoni orqali) Avtomobil yoʻli foydalanishga topshiril-di (uz. 240 km). 1957 y. respublika av-tomobil yo‘llari tarmoqlari ro‘yxati o‘tkazildi.60-80-y.larda Toshkent — Chi-noz, Toshkent avtomobil halqa yo‘li, Samarqand halqa yo‘lining 1-navbati, Nurota — Boymurot — Oqtov, Qo‘qon ay-lanma yo‘llari va b.boshqa foydalanishga top-shirildi. Yo‘l qurilishida yangi mashina va mexanizmlarni qo‘llash kengaydi, yo‘l qurish industriyasining asfalt-beton, 134ko‘priklar qurish uchun yig‘ma temir-be-ton konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalari ishga tushirildi. 80-y.lar-ning 2-yarmidan xalq xo‘jaligida yuklar-ning 90% dan ko‘prog‘i avtomobil trans-portida tashildi.Sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonda qurilgan Avtomobil yoʻli lari xalqaro andozalar ta-lablariga to‘liq javob bermagan.Respublika mustaqillikka erishgani-dan keyin O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning ichki va tashqi transport kommunikatsiyasi, jum-ladan avtomobil yo‘llarini zamonaviy asosda rivojlantirish konsepsiyasiga binoan Ko‘shni davlatlar va Jahon okea-niga chiqishni ta’minlaydigai eng qisqa va ishonchli transport yo‘llarini bar-po etish, mavjud avtomobil yo‘llarini xalqaro andozalarga moslash. yo‘llarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo eti-layotgan sanoat markazlarini xalqaro magistrallar bilan bog‘laydigan yo‘llar qurilishi masalalariga e’tibor kuchay-di. 1992 y. 3 iyulda "Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublika-si Qonuni qabul qilindi. 1993 y. fevralda O‘zbekiston avtomobil yo‘llarini qurish va undan foydalanish davlat-ak-siyadorlik konserni ("O‘zavtoyo‘l") ish boshladi (1969 — 1993 y.larda vazirlik). Konsern tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari boshqarmalari, 154 tuman av-tomobil yo‘llari boshqarmalari, 512 yo‘llarni asrash va ulardan foydalanish bo‘limlari, "O‘zyo‘lloyiha" yo‘l va insho-otlar qurish, qayta qurish va ta’mirlash loyiha-qidiruv instituti, ko‘prik temir-be-ton qurilmalari zavodi va b.boshqa korxonalar bor.O‘zbekiston Xitoy va Pokistonga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon — O‘sh — Ergashtom — Kashqar avtomobil yo‘lini ishga tushirishda qatnashmoqda (2000). Respublikaning o‘zida Farg‘ona vodiysi bilan Toshkent vohasini Qamchiq dovoni (tonnel) orqali bog‘laydigan yirik Avtomobil yoʻli hamda Qo‘ng‘irot — Beynov avtomagistrali qurilishi jadal olib borilmoqda, umumiy uzunligi 1250 km dan ortiq bo‘lgan Andijon—Tosh-kent—Nukus—Qo‘ng‘irot avtomagistra-li qurilishi loyihalashtirilmoqda (2000). Respublika rivojlangan yo‘l xo‘jaligi va zamonaviy talablarga ja-vob beradigan xalqaro, respublika, mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomo-bil yo‘llariga ega. Mamlakatdagi avto-mobil yo‘llarining jami uz. 146,4 ming kmdan ortiq. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarining uz. 43,4 ming km, jumladan 3237 km xalqaro, 18767 km davlat (respublika), 21459 km mahalliy (viloyat) ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘ldir. Shuningdek respublika idoralar (korxo-na, jamoa xo‘jaliklari, xo‘jalik tashki-lotlari)ga qarashli yo‘llar ham mavjud.O‘zbekistonda umumiy foydalanuv-dagi jami yo‘llarning 95,6% iga qattiq qoplamalar yotqizilgan, jumladan se-ment-beton qoplamali yo‘llar 0,8% (336 km), asfalt-beton qoplamali yo‘llar 49,6% (21819 km), qora shag‘alli va qora qoplamali yo‘llar 40,6% (17796 km)ni tashkil etadi (1999). Respublikada 1864 km Avtomobil yoʻli 1-toifali yo‘lga kiradi.Murodullo Abdullayev, Vohid A’za-mov.
 
== Adabiyotlar ==