Birlashgan Millatlar Tashkiloti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 5 y.da → 5 yilda (11), sent.da → sentabrda (3), -a. → -asr using AWB
Qator 1:
[[Tasvir:UN flag.png|right|156px|thumb|Birlashgan Millatlar Tashkiloti]]
 
'''Birlashgan millatlar tashkiloti''' (BMT) — yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945 y.dayilda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943 y.dayilda, Ustavi esa SanFransisko konferensiyasida 1945 y.dayilda qabul kilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000 y.dayilda esa ular soni 189 ga yetdi. BMTning doimiy ish o‘rni (shtab kvartirasi) — NyuYork. BMT Ustavida ko‘rsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huqukdi bo‘lishi va o‘z takdirini o‘zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iktisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar o‘rtasida hamkorlik bo‘lishini ta’minlashni ko‘zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg‘unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.
 
2000 y.yil 6—8 sent.dasentabrda BMTning 55-sessiyasi doirasida "Ming yillik sammiti" bo‘lib o‘tdi. Unda 155 dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etdi. Mazkur anjumanda umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiyiktisodiy, ekologiya va xavfsizlikka doyr muammolar muhokama qilinib, yangi yuz yillikning dastlabki yillarida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan tadbirlar belgilandi. Sammit ishtirokchilari yakdillik bilan kabul qilgan deklaratsiyada 2015 y.gachayilgacha ’minlashda, Bosh Assambleya va BMT boshqa organlari qarorlari amalda bajarilishida yordam beradi. Kotibiyat quyidagi departamentlar va boshqarmalarga bo‘linadi: Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamenti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Vasiylik va o‘z-o‘zini boshqarmaydigan hududlar departamenti, Nazorat boshqarmasi, Xodimlar boshqarmasi, Bosh kotibning ma’muriy idorasi, Ijtimoiy axborot boshqarmasi, Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi, Umumiy xizmat boshqarmasi, BMTning Jeneva bo‘limi. BMT sessiyasi yidda bir marta chaqiriladi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT a’zolari ko‘pchiligining talabi bilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin. BMTning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari bo‘lib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.
 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan keyin ko‘p o‘tmay—1992 y.yil 2 martda BMTga a’zo bo‘ddi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O‘zRning Davlat bayrog‘i ko‘tarildi. BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi (1993.24.8). BMTda O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. O‘zbekiston Respublikasi BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham a’zo bo‘ldi.
 
O‘zbekiston o‘z ovozi va mavqeiga ega bo‘lgan a’zo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qo‘yyapti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida (1993 y.yil sent.sentabr), BMT tashkil etilganining 50 yilligiga bag‘ishlangan sessiyada (1995 y.yil okt.), BMT Bosh Assambleyasining "Ming yillik sammiti" (2000 y.yil sent.sentabr) da so‘zlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning 20-a.asr so‘nggidagi eng yirik anjumanida O‘zbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bog‘liq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi.
 
O‘zbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli a’zosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qat’iy amal qilmoqda<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
 
== Birlashgan Millatlar Tashkiloti qanday faoliyat koʻrsatadi? ==
Qator 22:
=== Xavfsizlik Kengashi ===
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga muvofiq xalqaro tinchlik va xavfsizlikni barqaror etish borasida Xavfsizlik Kengashi bosh javobgarlikni zimmasiga oladi va u tinchlik xavf ostida qolgan kecha yoki kunduzning har qanday daqiqasida chaqirilishi mumkin.
 
Kengash 15 aʼzodan tashkil topgan. Ularning beshtasi - Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Birlashgan Qirollik, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Fransiya - doimiy aʼzolar hisoblanadi. Kengashning qolgan oʻn aʼzosi Bosh Assambleya tomonidan ikki yil muddatga saylanadilar. Keyingi yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotida Kengashning aʼzolar tarkibini oʻzgartirish, bu tadbir zamonaviy va iqtisodiy voqelikni yanada yorqinroq aks ettirishi masalasi muhokama qilinayapti.
Qator 41:
=== Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash ===
 
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Bosh Assambleyaning umumiy rahbarligi ostida harakat qilib Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tizimidagi muassasalar faoliyatini ijtimoiy va iqtisodiy sohada muvofiqlashtirib turadi. Xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni muhokama etish va shu sohadagi siyosat borasida tavsiyalar ishlab chiqish uchun bosh anjuman hisoblangan Kengash taraqqiyot maqsadlarida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi. Kengash ish faoliyatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Fuqarolar jamiyati oʻrtasidagi oʻsha muhim hayotiy muloqotni qoʻllab-quvvatlagan holda tegishli nohukumat tashkilotlari bilan maslahatlashadi.
 
Kengash tarkibiga Bosh Assambleya tomonidan uch yilga saylanadigan 54 nafar aʼzo kiradi. Kengash har yili - Nyu-York va Jenevada, galma-galdan - oʻzining bir oy muddatga choʻziladigan sessiyasini oʻtkazadi. Sessiya davomida muhim iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni muhokama etish uchun ministrlar darajasida majlis, 1998 yildan esa sessiya doirasida insonparvarlik masalalarini koʻrib chiqish bosqichi oʻtkazilmoqda.
 
Kengashning ishlari yil mobaynida oʻz yigʻilishlarini muntazam oʻtkazib turadigan va Kengashga hisobot beradigan yordamchi tashkilotlar tomonidan olib boriladi. Masalan, inson huquqlari komissiyasi dunyoning barcha mamlakatlarida inson huquqlariga qanday rioya etilayotganligini nazorat qiladi. Boshqa tashkilotlar ijtimoiy taraqqiyot, xotin-qizlarning ahvoli, jinoyatchilikdan ogoh etish, giyohvandlikka qarshi kurash va atrof muhitni muhofaza etish masalalari bilan shugʻullanadilar. Beshta hududiy komissiya iqtisodiy taraqqiyot va oʻz hududlarida iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Qator 70:
=== Qurolsizlanish ===
 
Qurol-yarogʻlar tarqalishiga chek qoʻyish, shuningdek, yalpi qirgʻin qurollarining qisqartirilishi, pirovardida, ularning barcha zahiralari yoʻqotilishiga erishish eng muhim vazifalardan biridir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qurolsizlanish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish, shu sohada tavsiyalar ishlab chiqish va tadqiqotlar tashabbuskori boʻlish uchun doimiy forum vazifasini oʻtaydi. U qurolsizlanish boʻyicha Konferensiya va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida olib boriladigan koʻpqirrali muzokaralarni qoʻllab-quvvatlaydi. Bu muzokaralar natijasida Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi keng qamrovli shartnoma (1996 y.yil) va yadro qurolidan xoli zona toʻgʻrisidagi shartnoma kabi xalqaro kelishuvlar roʻyobga chiqdi.
Shuningdek, bundan boshqa kimyoviy (1992 yil) va bakteriologik (1972) qurollarning zahiralarini tayyorlash, ishlab chiqish va toʻplashni taʼqiqlovchi, dengiz va okeanlar tubiga (1971 yil) va kosmik fazoga (1967 yil) yadro qurolini joylashtirishni taʼqiqlovchi shartnomalar, shu singari yana boshqa turdagi qurollarni taʼqiqlovchi yoki chegaralovchiartnomalar tuzilgan edi. 1977 yilda yer usti minalaridan foydalanishni taʼqiqlovchi konvensiyaga 100 dan ortiq davlat imzo chekdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti mana shu konvensiyaga va vayron qiluvchi turdagi qurollardan foydalanishni taʼqiqlovchi boshqa xalqaro shartnomalarga barcha davlatlarni qoʻshilishga chaqirdi. BMT shuningdek, oʻq otar va yengil qurollar ustidan nazoratni kuchaytirishning ham tarafdoridir. Bosh Assambleya karoriga binoan xalqaro konferensiya oʻq otish qurollari bilan noqonuniy savdo qilish boʻyicha masalani 2001 yilda koʻrib chiqadi.
Qator 80:
Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining tinchlik oʻrnatish faoliyati doirasida diplomatik mexanizmlardan foydalangan holda qarama-qarshi boʻlib qolgan tomonlarning yarashishlariga yordam beradi. Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlik borasidagi oʻz saʼy-harakatlari doirasida mojaroni bartaraf etish va tinchlik oʻrnatish yoki uni, masalan, muzokaralar yoxud Xalqaro Sud yordamida barqaror etish yoʻllarini tavsiya qilishi mumkin.
 
Tinchlikni barqaror etish ishida Bosh kotib muhim rol oʻynaydi. U Xavfsizlik Kengashi eʼtiboriga oʻz fikri boʻyicha xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan har qanday muammoni havola etishi mumkin. Bosh kotib "beminnat xizmat"dan, vositachilik funksiyasidan foydalanishi yoki sahna ortida bevosita oʻzi yoki maxsus vakil orqali "tinch diplomatiya" bilan ish olib borishi kerak. Bosh kotib, shuningdek, holat kesinlashguniga qadar janjalning oldini olish uchun "ogohlantiruvchi diplomatiya" mexanizmidan ham foydalanishi mumkin. Bundan tashqari faktlarni aniqlash, hududiy doirada shugʻullanayotgan tinchlik oʻrnatuvchilarni qoʻllab-quvvatlash, mamlakatlarda - tomonlarga ishonchni mustahkamlashga yordam koʻrsatadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining siyosiy boʻlimlarini ochish uchun missiya joʻnatishi mumkin.
 
=== Tinch qurilish ===
Qator 92:
Xavfsizlik Kengashi oʻzining tinchlikni saqlash va xalqaro xavfsizlik borasidagi saʼy-harakatlari doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash bhyicha operatsiyalarining vakolat va mandat doiralarini tasdiqlab beradi. Muzokaralar davrasida uzoq muddatga moʻljallangan qarorlar ustida izlanishlar olib borilayotgan paytda, bunday operatsiyalarning koʻpchiligida oʻt ochishni toʻxtatish rejimini kuzatayotgan yoki oraliq zona tashkil etgan harbiy xizmatchilar ishtiroki koʻzda tutiladi. Boshqa operatsiyalarda saylovlarni tashkil etishga yordamlashadigan yoki inson huquqlari himoya etilishini nazorat qiladigan fuqaro politsiyachilar va fuqaro mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin. Sobiq Yugoslaviya Respublikasining Makedoniyasida amalga oshirilgan shunga oʻxshash baʼzi operatsiyalar ehtiyot chorasi sifatida talqin etildi va u harbiy harakatlarni kengayib ketishining oldini oldi. Koʻpgina hollarda operatsiyalar tinch muzokaralarga amal qilinishini nazorat etishga yoʻnaltiriladi va hududiy tashkilotning tinchlik oʻrnatuvchi kuchlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
 
Tinchlik oʻrnatish operatsiyalari bir necha yilga qadar davom etishi mumkin. Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Hindiston va Pokistonning Jammu va Kashmir shtatlari oʻrtasidagi oʻt ochish toʻxtatilishi lozim boʻlgan liniya boʻylab faoliyat koʻrsatayotgan operatsiyasi 1949 yildan buyon davom etadi, Kiprda Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etuvchilari 1964 yildan beri posbonlik qilmoqdalar. Boshqa bir tomondan, 1994 yil Liviya va Chad oʻrtasidagi Aozu mintaqasida operatsiya oʻtkazish uchun bir oydan ortiqroq muddat zarur boʻldi.
 
1948 yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlik oʻrnatuvchi eng birinchi missiyasi shakllangan soniyalardanoq Tashkilot ixtiyoriga 118 mamlakat ixtiyoriy ravishda 750 000 nafar harbiy xizmatchi va fuqaro politsiyachilari ajratdilar. Ular minglab fuqaro mutaxassislar bilan birgalikda tinchlik oʻrnatish borasida amalga oshirilgan 53 operatsiyada ishtirok etdilar.
Qator 102:
Uzoq yillar mobaynida Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etish borasidagi saʼy-harakatlari, uch oʻnyillikka choʻzilgan Janubiy Afrikadagi aparteidga qarshi kurash kompaniyasini, Namibiyaning mustaqillikni qoʻlga kiritish jarayonini faol qoʻllab-quvvatlanishini, tinchlikni oʻrnatish boʻyicha amalga oshirilgan 18 operatsiya va saylovlar oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator missiyalarni shu jumlaga qoʻshganda gʻoyat xilma-xil shakllarda amalga oshirildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Mozambikdagi qochoqlarning oʻz uylariga qaytishlariga yordam berdi, Somali va Sudanda insonparvarlik yordami koʻrsatdi va Buyuk koʻllar rayonida tinchlikni oʻrnatish boʻyicha diplomatik saʼy-harakatlar olib bordi. U Janubiy Saxara kelajagi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha referendum tayyorlashga yordam bermoqda. Yaqinda Xavfsizlik Kengashi iltimosiga binoan Bosh kotib Afrika mamlakatlaridagi mojarolarning har tomonlama tahlilini mustahkam tinchlik oʻrnatishga maʼlum darajada yordam beradigan tavsiyalar bilan tayyorladi.
 
1999 yilda Xavsizlik Kengashi tinchlikni baqaror etish boʻyicha Serra-Leon va Kongo Demokratik Respublikasida ikkita yangi operatsiya tashkil etdi.
 
==== Osiyoda... ====
Qator 108:
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kambodja mamlakatida 1992-1993-yillardagi keng koʻlamli operatsiyasi tugallanganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi muassasa va tashkilotlari fuqarolik jamiyati, inson huquqlari va demokratiyani mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarini davom ettirmoqdalar.
 
Afgʻonistonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus missiyasi [[1993-yil]]dan buyon faoliyat koʻrsatmoqda. Uning vazifasi milliy yarash va uzoq davom etgan fuqarolar urushi natijasida izdan chiqqan xoʻjalikni tiklashga yordam berishdan iboratdir. Biroq, Bosh kotib va uning maxsus vakillarining qatʼiy diplomatik saʼy-harakatlariga qaramasdan mamlakatda juda katta insonparvarlik xarajatlarini talab qilayotgan harbiy harakatlar davom etmoqda, bu - Birlashgan Millatlar Tashkilotining afgʻon xalqiga yordam koʻrsatish tizimi faoliyatiga jiddiy taʼsir koʻrsatyapti.
 
Sharqiy Timorda BMT yordamida Indoneziya va Portugaliya oʻrtasida oʻtkazilgan, mazkur xududning maqomi borasida butunjaxon referendumi uchun yoʻl ochgan muzoqaralar [[1999-yil]]i may oyida yakunlanadi. Shu muzokaralarga binoan BMT missiyasi ovoz beruvchilarni roʻyxatga olish ishini kuzatib bordi va [[1999-yil]]ning avgustidagi bu referendumda Sharqiy Timor aholisining 78 foizi Indoneziyadan mustaqil boʻlish uchun ovoz berdi. Referendum yakunlari eʼlon qilinganda mustaqillikka qarshi turgan militsiya Sharqiy Timorning 200 ming aholisini oʻz uylarini tashlab ketish uchun majburlashga harakat qildi. [[1999-yil]]ning sentabr oyida Xavfsizlik kengashi tartib oʻrnatishga yordam bergan xalqaro xavfsizlik kuchlarini junatish uchun qaror qabul qildi. BMTning muvaqqat maʼmuriyati xalqaro kuchlarni almashtirdi va ayni paytda Sharqiy Timorda mustaqillikni amalga oshirish jaroyonini kuzatib bormoqda.
Qator 114:
==== Yevropada... ====
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qariyb 4 million kishiga favqulodda insonparvarlik yordami koʻrsatib sobiq Yugoslaviyadagi mojarolarni bartaraf etishga astoydil harakat qilmoqda. 1991 yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti qurol-yarogʻ yetkazib berishga chek qoʻydi; ayni paytda Bosh kotib va uning vakili qon toʻkishni toʻxtatish uchun yoʻnaltirilgan diplomatik saʼy-harakatlar bilan yordam qila boshladi. 1992 yildan 1995 yilga qadar Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etuvchi kuchlari Xorvatiyada tinchlik va xavfsizlikni tiklashga harakat qildilar, Bosniya va Gersegoviniya fuqaro aholisining xavfsizligini taʼminlashga yordam berdilar, shuningdek, sobiq Yugoslaviyaning Makedoniya respublikasi urush girdobiga tortib ketilmasligiga koʻmaklashdilar. 1995 yildagi Deyton (Parij) tinchlik bitimi tuzilganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining toʻrtta missiyasi bu hududda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashdilar. Ularning birmuncha yirigi hisoblangan - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sharqiy Slovoniya uchun muvaqqat maʼmuriyati Xorvatiya tarkibidagi bu hududning reintegratsiya jarayonini kuzatib turdi. Kosovoda (Yugoslaviya Federal Respublikasi) NATOning bombardimonlarini toʻxtatilganidan va Yugoslaviya qurolli kuchlari chiqarilganidan soʻng, 1999 yili bu yerda BMT muvaqqat xalqaro maʼmuriyat tashkil etdi. Xavfsizlik kengashi BMTning bu maʼmuriyatiga Kosovo xududi va xalqiga nisbatan barcha qonuniy, ijroiy va huquqiy vakolatlarga qadar bGʻlgan favqulodda vakolatlar yaratib bermoqda. Yevropa ittifoqi, Yevropa xavfsizligi va hamkorligi tashkiloti, BMTning qochoqlar ishi boʻyicha Oliy komissari va Birlashagan Millatlar Tashkiloti demokratik jamiyat hamda barqaror avtonomiya tashkil etishda Kosovo xalqi bilan ish olib bormoqda.
 
==== Amerika qitʼasida... ====
Qator 122:
Salvadordagi Bosh kotib vositachiligida oʻtgan tinch muzokaralar 12 yil davom etgan harbiy harakatlarga chek qoʻydi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etish boʻyicha missiyasi barcha kelishuvlarning amalga oshirilishini kuzatib turishni taʼminladi. Gvatemalada Birlashgan Millatlar Tashkiloti yordamida tashkil etilgan muzokaralar tufayli 35 yillik fuqarolar urushi toʻxtatildi. Bugun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gvatemaladagi Nazorat komissiyasi keng koʻlamdagi tinchlik bitimlari toʻla-toʻkis amalga oshirilishini taʼminlash uchun daʼvat etilgan.
 
Gaitida demokratik yoʻl bilan saylangan mamlakat hukumatini qayta tiklash boʻyicha xalqaro chora-tadbirlar amalga oshirilganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻz ishini milliy politsiyaga taʼlim berish bilan davom ettirmoqda.
 
==== Yaqin Sharqda... ====
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti beshta oʻnyillik mobaynida (bu muddat davomida besh marta keng koʻlamdagi urush olovi alanga olgan) Arab - Isroil mojarosiga katta diqqat-eʼtibor bilan qarab keladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti haqqoniy va mustaqkam tinchlik oʻrnatish tamoyillarini muammoni hal etishning mustahkam asosi boʻlib qoladigan Xavfsizlik Kengashining 242 (1967) va 338 (1973) sonli ikkita tayanch rezolyutsiyalarida ishlab chiqdi.
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti siyosiy muammolar asosida kelib chiqqan mojarolarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan boshqa tashabbuslarni ham qoʻllab-quvvatladi va bu mintaqaga qator tinchlik oʻrnatuvchi missiyalar joʻnatdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948 yilda tashkil etilgan birinchi harbiy kuzatuvchilari guruhi mintaqada bugungi kunda ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 1956 yildagi Sues krizisi davrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tinchlik oʻrnatish boʻyicha oʻzining birinchi kuchlarini tashkil etdi.
 
Hozirgi paytda mintaqada tinchlikni barqaror etuvchi ikkita missiya faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning 1974 yilda tashkil etilgan bittasi Golan tepaliklarida Isroil va Suriya qurolli kuchlarini ajratib turadigan mintaqani nazorat etadi; 1978 yilda tuzilgan ikkinchisi barqarorlikni taʼminlashga va Livanning janubiy qismida yashayotgan aholi himoya qilinishini taʼminlashga yordam beradi.
Qator 141:
1948 yili Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari deklaratsiyasida barcha erkak va ayollar uchun umumiy boʻlgan asosiy huquq va erkinliklar, jumladan, yashash, ozodlik va fuqarolik huquqlari, fikr, vijdon va din erkinliklari, mehnat qilish, bilim olish va boshqarishda ishtirok etish huquqlari eʼlon qilingan.
 
Ishtirokchilari koʻpchilik davlatlar hisoblangan ikki xalqaro bitim bu huquqlarga yuridik jihatdan majburiy xarakter kasb etadi. Bitimlarning biri iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar. Ikkinchisi esa - fuqarolik va siyosiy huquqlarga bagʻishlangan. Deklaratsiya bilan birgalikda ular inson huquqlari haqidagi Xalqaro billni tashkil etadi.
 
Deklaratsiya inson huquqlari borasida, jumladan, irqiy kamsitish va xotin-qizlarni kamsitishga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya; bolalar huquqlari haqidagi konvensiya, qochoqlik maqomi va genotsidga barham berish, oʻz taqdirini oʻzi hal etish, zoʻravonlik bilan yoʻqotib yuborish toʻgʻrisimdagi deklaratsiyalar va taraqqiyot huquqi kabi 80 dan ortiq konvensiya va boshqa deklaratsiyalarni tayyorlash uchun poydevor qoʻydi.
 
Normalarni ishlab chiqish faoliyati nihoyasiga yetayotgan ayni paytlarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining inson huquqlari borasidagi ishlarida asosiy eʼtiborni joriy etilgan normalarni hayotga tatbiq etilishiga qaratmoqda. Inson huquqlari boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi butun faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Oliy komissar har qanday buzgʻunchilikning oldi olinishi, har qanday jinoyat taftish etilishiga erishib, inson huquqlari yanada yaxshiroq muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida hukumatlar bilan hamkorlik qiladi.
 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha komissiyasi hukumatlararo organ hisoblanib, davlatlar tomonidan inson huquqlarini himoya qilishga bagʻishlangan masalalarni ommaviy koʻribigʻish ishlarini amalga oshiradi. U inson huquqlari buzilgan muayyan holat toʻgʻrisida maʼruza taqdim etish uchun yoki baʼzi bir mamlakatdagi inson huquqlari sohasidagi ahvolni oʻrganish uchun mustaqil ekspertlar - "maxsus maʼruzachilar" tayinlaydi. Jeneva-dagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Boʻlimida keng jamoatchilik uchun inson huquqlari buzilganligi haqidagi axborotlar beradigan faksimal aloqaning bevosita ochiq liniyasi (41-22-917-0092) faoliyat koʻrsatmoqda.
Qator 159:
Xalqaro huquq komissiyasi xalqaro huquqiy mavzudagi hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, ular keyin konvensiyaga qoʻshilishi va davlatlarning ratifikatsiyasi uchun zarur boʻlishi mumkin. Bu konvensiyalarning baʼzilari davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni reglamentga solish huquqiy normalarining asosini tashkil etadi. Jumladan, diplomatik aloqalar haqidagi konvensiya, xalqaro ochiq suv oqimlaridan foydalanish turlarini reglamentlaydigan konvensiya shunday hujjatlardandir. Dengiz huquqi boʻyicha konvensiya barcha mamlakatlarga Dunyo okeani boyliklariga teng huquq bilan kirib borish, uni ifloslanishdan muhofaza qilish va kema qatnovi hamda tadqiqotlar erkinligiga yordam berish uchun yoʻnaltirilgan. Giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylantrishga qarshi kurash haqidagi konvensiya giyohvand moddalarni tarqatishga qarshi kurashda gʻoyat muhim xalqaro-huquqiy vosita hisoblanadi.
 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro savdo huquqi boʻyicha komissiyasi oʻzaro muvofiqlashtirish va xalqaro savdo sohasida huquqiy normalarni tayyorlashga yordamlashish maqsadida qoida va boshqarish tamoyillarini ishlab chiqmoqda. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro ekologik huquqni ishlab chiqish kashshofi hamdir. Yerlarning choʻlga aylanishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya, xavfli chiqindilarni tashish haqidagi konvensiya kabi kelishuvlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof muhit dasturida oʻz takomilini topmoqda.
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari tomonidan terrorizmga qarshi kurashning asosiy huquqiy quroli hisoblangan xalqaro bitim ishlab chiqildi.
Qator 165:
=== Jazosizlikka chek qoʻyiladi ===
 
Sobiq Yugoslaviyadagi harbiy harakatlar davomida yuz bergan koʻplab inson huquqlarini buzish normalari Xavfsizlik kengashini ushbu mojaroda 1993 yili harbiy jinoyatlar sodir etganlikda ayblangan shaxslarni sudlash uchun xalqaro tribunal tashkil qilishga majbur etdi. 1994 yili Kengash Ruandadagi genotsidda ayblanganlarning ishlarini koʻrib chiqish uchun yana bir tribunal tashkil etdi. Ushbu tribunallar ayblanganlarning ishlarini koʻrib chiqish boʻyicha qator sud majlislari oʻtkazdilar. 1998 yil Ruanda boʻyicha tribunal tarixda birinchi marta genotsid jinoyatiga oid ishlar uchun xalqaro sud tashkilotining verdiktini, yaʼni tarixda ilk bor mazkur jinoyat boʻyicha hukmni eʼlon qildi. Sobiq Yugoslaviya boʻyicha tribunal, shuningdek, Kosovodagi mojarolar paytida sodir etilgan jinoyatlarni koʻrib chiqayapti.
 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng asosiy maqsadlaridan biri - inson huquqlari keng koʻlamda buzilgan hollarda buning uchun javobgarlik mas`uliyatini barqaror etish uchun xalqaro mexanizm tashkil qilish ishi hukumatlar Xalqaro jinoiy sud tashkil etishga rozilik bildirishganlaridan soʻng, 1998 yilda amalga oshdi. Genotsidda ayblanganlarni va insoniylikka qarshi qilingan boshqa jinoyatlarni jazolash uchun Sudda barcha zarur vositalar mavjud. Xalqaro hamjamiyat Sud tashkil etish uchun ovoz berib, kimki jinoyat sodir etsa, jazoni chetlab oʻtishga, qasosdan qutulib qolishga umid bogʻlamasligi zarurligini qoʻllab-quvvatladi.
Qator 174:
Oʻttiz yildan ortiq muddat davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan olib borilgan muayyan operatsiyalar majmui tufayli aparteid singari butun dunyoga maʼlum boʻlgan Janubiy Afrikadagi irqiy segregatsiya tizimiga barham berildi. 1994 yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti missiyasi kuzatuvchilari ishtirokida bu mamlakatda barcha irqlar vakillari uchun ochiq boʻlgan birinchi saylovlar oʻtkazildi.
 
Birlashlan Millatlar Tashkiloti tashkil topgan kunlaridanoq barcha xalqlar tinchligini barqaror etish va barcha shakllardagi irqchilikka qarshi kurashish ustida ish olib boradi. Bosh Assambleya qaroriga muvofik 2001 yilda Janubiy Afrikada irqchilik, irqiy kamsitishlar, ksenofobiya va shu kabilarga toqat qilib boʻlmaslik masalalariga bagʻishlangan konferensiya oʻtkaziladi.
 
=== BMT insonparvarlik yordami koʻrsatish borasida nimalar qilmoqda? ===
Qator 182:
Shunday faloqat paytlarida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining tashkilotlari jabrlanganlarga - asosan bolalar, ayollar va qariyalarga oziq-ovqatlar va dori-darmonlar bilan yordamlashadi, ularga boshpana beradi va moddiy-texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi. Muhtojlarga beriladigan bunday yordamlar uchun mablagʻlarning milliard dollarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro donorlardan topdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti saʼy-harakatlari tufayli 1999 yilda qariyb 26 million kishiga favqulodda insonparvarlik yordami koʻrsatish haqidagi chaqiriqqa javoban 1,4 milliardga yaqin AQSH dollari yigʻildi. 1997-1998 yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 77 tabiiy ofat va ekologik haloqat oqibatlarini bartaraf etishga koʻmaklashish uchun 51 aʼzo-mamlakatga yordam berdi.
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti insonparvarlik yordamlari berish bilan keng koʻlamda moddiy-texnika taʼminoti va joylarda xavfsizlikni taʼminlash muammolarini hal etishga erishadi. Talofat koʻrgan rayonlarga yetib borishning oʻzi ham koʻpincha mushkul boʻlib, gohida juda murakkab toʻsiqlar orqali oʻtish zarur boʻladi. Keyingi yillarda koʻpgina tangliklar inson huquqlariga amal qilmaslik tufayli murakkablashmoqda. Insonparvarlik yordami koʻrsatayotgan xodimlarni muhtojlikda qolganlar huzuriga qoʻymaydilar, janjallashayotgan tomonlar ataylab tinch yashayotgan aholi va yordam olib borayotganlarga qarab oʻt ochadilar.
 
1992 yildan keyingi davr mobaynida dunyoning turli rayonlarida insonparvarlik operatsiyalari olib borayotganlarning orasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti fuqaro boʻlgan xodimlarining 180 nafardan ortigʻi halok boʻldi va 178 nafari garovga olindi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari jabrlangan aholi himoya qilinayotganda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sharoitida insonlar huquqlari buzilishining yashirin xavf-xatarlariga ham eʼtibor bilan qaragan holda Birlashgan Millatlar Tashkilotining favqulodda holatlar munosabati bilan joylarda olib borayotgan faoliyatida yana ham katta rol oʻynaydi.
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ijtimoiy boʻhronlarni bartaraf etish boʻyicha oʻz harakatini barcha asosiy insonparvarlik boʻlinmalarini birlashtruvchi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining favqulodda yordamlar Koordinatori raisligida faoliyat koʻrsatuvchi komitet orqali muvofiqlashtirib turadi. Bu komitet tarkibiga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Jahon oziq-ovqat dasturi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar ishlari boʻyicha Oliy komissar Boshqarmasi kabilar kiradi. Uning tarkibida, shuningdek, Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik tashkilotlari, Xalqaro Qizil Xoch kabi yirik hukumatlararo va nohukumat insonparvarlik tashkilotlari mavjud.
Qator 190:
=== Insonparvarlik yordamlari ===
 
Favqulodda yordamlar Koordinatori insonparvarlik yordamini ishlab chiqish siyosati va insonparvarlik masalalariga eʼtiborni tortish, jumladan, oʻq otish qurollarini tarqatish oqibatlari yoki sanksiyalarning insonparvarlik qudratidan jamoatchilik xabardorlik darajasini oshirishga yordamlashish borasidagi ishlar uchun javob beradi.
 
Urushlardan, taʼqib etishlardan yoki inson huquqlarini poymol etilishidan qochib ketish bilan himoyalanib yurgan kishilarga - qochoqlar va koʻchirilgan shaxslarga Qochoqlar ishi boʻyicha Oliy komissar Boshqarmasi yordam koʻrsatadi. 1998 yili Qochoqlar ishlari boʻyicha Oliy komissar Boshqarmasi diqqat-eʼtiborida 22 million kishi bor edi. Uning birmuncha yirik operatsiyalari 2,6 million Afgʻon qochoqlari boʻlgan Gʻarbiy Osiyoda, bir million kishi yordamga muhtoj boʻlgan sobiq Yugoslaviyada va yarim millionga yaqin qochoq toʻplangan Afrikaning Buyuk koʻllar rayonida amalga oshirilmoqda. Oziq-ovqat bilan favqulodda koʻmak berish ishlariga bu boradagi yordam boʻyicha jahon talabining yildan yilga uchdan ikki qismini qondirib kelayotgan Jahon oziq-ovqat dasturi javob beradi.1999 yili Butunjahon oziq-ovqat dasturi jahon boʻyicha 82 mamlakatdagi 86 milliondan ortiq odamlarni oziq-ovqat bilan taʼminlashga yordam berdi.
 
Keyingi 10 yil mobaynidagi urushlar va fuqarolarning turli janjallari natijasida 1 millionga yaqin bolalar oʻz ota-onalaridan ajralib qoldilar, 12 millioni esa boshpanasiz qoldi va 10 millioni ogʻir ruhiy jarohat oldilar. YUNISEF bu bolalarning talablarini qondirish, ularni oziq-ovqat, ichimlik suvi va turar joy bilan taʼminlash uchun barcha choralarni ishga solmoqda. Bundan tashqari, bolalarni harbiy toʻqnashuvlar sharoitida himoya etish, ularga eng zarur sharoitlarni yaratib berish saʼy-harakatlaridan kelib chiqib, YUNISEF "tinchlik mintaqasidagi kabi bolalar" konsepsiyasini ishlab chiqdi va "tinch turmush kunlari" hamda "tinchlik koridorlari"ni eʼlon qildi.
 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining insonparvarlik sohasidagi faoliyatining yana bir tarmogʻi tabiiy ofatlarni bartaraf etish va buning uchun tayyor turishni taʼminlashdan iboratdir. Masalan, 1998 yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi tabiiy ofatlar yuz bergan sharoitda ishlarni tashkil etish va 11 mamlakatda ularning oqibatlarini bartaraf qilish dastoʻrini taʼsis etdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi bevosita tabiiy ofatlar yuz bergan sharoitida mahalliy hudud doirasida favqulodda yordam berish borasidagi ishlarni koordinatsiyalash bilan shugʻullanadi.
 
Shu bilan birgalikda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi favqulodda yordamni tiklanish va uzoq yillar davomida rivojlanish uchun berishiga harakat qiladi. Uzoq muddatlar mobaynida tabiiy ofatlar girdobida qolgan yoki mojarolarini endigina bartaraf etgan mamlakatlarda insonparvarlik yordamiga, asosan, taraqqiyot, siyosiy va moliyaviy koʻmak bilan bir qatorda tinch qurilishni taʼminlash borasidagi umumiy chora-tadbirlar elementlarining biri sifatida qaraladi.
 
=== Falastin qochoqlari ===
Qator 206:
=== Iroq boʻyicha Dastur Boshqarmasi ===
 
1966 yilda muvaqqat chora sifatida Bosh kotib Iroq boʻyicha Dastur Boshqarmasini taʼsis etgan edi. Iroq tomonidan Xavfsizlik Kengashining bu mamlakatga nisbatan sanksiya joriy etgan qator rezolyutsiyalari bajarilguniga qadar Boshqarma oʻzining "neft oʻrniga oziq-ovqat" dasturi asosida Iroq aholisining insonparvarlik talablarini qondirib turadi.
 
=== Taraqqiyot maqsadida BMT nimalar qilmoqda? ===
 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy vazifalaridan biri yanada yaxshiroq hayot tarzini, ish bilan toʻliq bandlikni, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va rivojlanish uchun sharoitlarni taʼminlashdan iboratdir. Bu vazifa ijrosi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining 70 foiz faoliyati mashgʻuldir. Ushbu faoliyat asosida - qashshoqlikni bartaraf etish va hamma joyda insonlar farovonligi darajasini oshirish - butun dunyoda mustahkam tinchlikni taʼminlash sharoitini yaratish yoʻlidagi zarur qadamlarga ishonch yotadi.
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot ishini ragʻbatlantirish borasida noyob afzalliklarga ega. Uning faoliyat doirasi butun dunyoni qamrab oladi, keng koʻlamli mandati esa ijtimoiy, iqtisodiy va favqulodda ehtiyojlarni qondirishni koʻzda tutadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti allakimlarning tor doiradagi milliy yoki tadbirkorlik manfaatlarininggina ifodachisi emas. Muhim strategik qarorlarni tayyorlashda barcha mamlakatlar, boy va kambagʻallar qatnashadilar.
Qator 219:
 
Qator butunjahon konferensiyalari oʻtkazish tufayli maorif (1990 yil), atrof muhit va rivojlanish (1992 yil), inson huquqlari (1993 yil), xalq, taraqqiyot va tabiiy ofatlar xavfining kamayishi (1994 yil), ijtimoiy taraqqiyot (1995 yil), xotin-qizlar mavqeini yaxshilash (1995 yil), aholi punktlari (1966 yil) va oziq-ovqat xavfsizligi (1996 yil) kabi qator sohalardagi global muammolarni hal etishning amaliy yoʻllari belgilab olindi. Hozirgi vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzo-mamlakatlar bilan yaqin hamkorlikda shu konferensiyalarda qabul etilgan qarorlarni amalga oshirish bilan shugʻullanmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti barqaror rivojlanishni tashkil etish, ayollar mavqeini yaxshilash, inson huquqlariga amal qilish, atrof muhitni muhofaza etish va oqilona boshqarish kabi rivojlanish sohasidagi qator yangi muhim vazifalarni ishlab chiqish, shuningdek, ularni amalga oshirish dastoʻrini yaratish uchun javob berdi.
 
=== Taraqqiyot maqsadlaridagi yordam ===
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi - shu jumlaga kiradigan Tashkilotning oʻzi, uning ixtisoslashtirilgan muassasalari, dasturlari va jamgʻarmalari ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarni qoʻlga kiritishga yordam berishda koʻpqirrali faoliyat olib bormoqda. Ixtisoslashtirilgan muassasalar (oxirgi berilgan roʻyxatga qarang) mandati ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning qariyb barcha jabhalarini qamrab oladi. Bu muassasalar dunyoning barcha mamlakatlariga texnik yordam koʻrsatadi va ularga boshqa shakllarda amaliy yordam beradi. Ular Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatib siyosatni ishlab chiqishga, rahbarlik tamoyillarini aniqlashga, yordamlar tashkil etish va mablagʻ jalb qilishga koʻmaklashadi.
 
Masalan, Butunjahon banki taraqqiyot maqsadlari uchun har yili 25 milliard AQSH dollaridan ortiqroq yordamajratadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar bunday yordamlardan oʻz iqtisodiyotlarini mustahkamlash va bozorlarini kengaytirish uchun foydalanadilar. Qarzlar faqat hukumatlarga beriladi, biroq barqaror oʻsish darajasiga erishish maqsadida Bank mahalliy jamoalar, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalaridan, shuningdek, Xalqaro moliyaviy korporatsiyalar orqali xususiy sektordagi korxonalardan ham foydalanishlari mumkin.
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan ixtisoslashtirilgan muassasalar oʻrtasidagi muomalalarni yaqindan muvofiqlashtirish - tarkibiga Bosh kotib, ixtisoslashtirilgan muassasalar rahbarlari va atom energiyasi boʻyicha Xalqaro agentlik kiradigan koordinatsiya boʻyicha Maʼmuriy komitet orqali taʼminlanadi.
 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dasturlari va Jamgʻarmalari oʻz faoliyatlarini - Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi mandatini bajarayotgan Bosh Assambleya hamda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash rahbarligida olib boradilar. Bu organlar oʻrtasidagi hamkorlikning samaradorligini oshirish uchun Bosh kotib 1977 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tezkor jamgʻarmalari va dasturlarining vakillari tarkibida Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot masalalari boʻyicha Guruhini tashkil etdi.
Qator 244:
Masalan, butun dunyoda 50 million kishi kasallikka chalingan epidemiya - OITSga qarshi kurashish maqsadini koʻzda tutgan Birlashgan dasturni amalga oshirishda Birashgan Millatlar Tashkilotining olti muassasa va dasturining mutaxassislari ishtirok etmoqdalar. Xarajatlari 25 milliard AQSH dollarini tashkil etadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afrika boʻyicha 10 yilga moʻljallangan maxsus Umumtizim tashabbusi asosiy taʼlim, meditsina xizmati va shu mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadidagi umumiy dastoʻrini amalga oshirish ishiga Birlashgan Millatlar Tashkilotining deyarli barcha boʻlinmalarini jalb etadi. BMTning taraqqiyot dasturi, YUNEP va Butunjaxon banki tomonidan boshqariladigan 2 milliard AQSH dollariga teng zahiraga ega boʻlgan Global ekologik jamgʻarma taraqqiy etayotgan mamlakatlarga atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ularning dasturlarini amalga oshirishga yordam beradi.
 
1998 yili YUNISEF, BMTning taraqqiyot dasturi, Butujahon banki va Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti oʻz saʼy-harakatlarini birlashtirib har yili 1 milliondan ortiqroq odamning yostigʻini quritayotgan kasallik - bezgakka qarshi kurash boʻyicha yangi kompaniyani amalga oshirishga kirishdilar.
 
1998 yili YUNISEF, BMTning taraqqiyot dasturi, Butunjahon banki va Butunjahon sogʻlikni saqlash tashkilotilar yili 1 milliondan ortiq odamni nobud etayotgan bezgakka qarshi yangi kampaniya eʼlon qilish uchun kuchlarini birlashtirdilar. Emlash ishlarini kengaytirish va OITSga, bezgakka va silga qarshi yangi vaksinalar yaratish borasidagi tashabbuslar, YUNISEF, Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va Butunjahon banki singari, tadbirkorlik sohasi bilimdonlarini, filantropik tashkilotlarning va hukumatlarning ham qoʻllab- quvvatlashlariga sazovor boʻldi. Bu kabi hamkorlikka xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, akademik institutlar, jamgʻarmalar, nohukumat tashkilotlari va yana ham kengroq mikyosda xususiy sektor jalb etilmoqda.
Qator 264:
Keyinchalik ijroi qoʻmitalar yetakchi rahbarlar guruhlari orqali Bosh kotib devoni bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanadigan boʻldi. Guruhlar "mahkamasi"ga BMTning barcha departament, jamgʻarma va dasturlari rahbarlari kiradi.
 
Tashkiliy tizimni soddalashtirish uchta departamentni Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha departamentga birlashtirish hamda BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoyatni oqilona sudlash boʻyicha boʻlimi bilan BMT Giyohvandlikni nazorat qilish boʻyicha dastoʻrini Giyohvandlik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmaga birlashtirish orqali amalga oshirildi. Inson huquqlari boʻyicha markaz Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar Boshqarmasi tarkibiga kirdi. Inson huquqlari boʻyicha idoraning yiriklashishi bilan bir vaqtda yetakchi rahbarlar guruhlari va ijroi qoʻmitalar yordamida inson huquqlarini himoya qilish faoliyatini tinchlik oʻrnatish va rivojlantirish faoliyati, shuningdek, BMT ishining boshqa sohalariga kiritishga qaratilgan choralar koʻrildi. Yiriklashtirish mamalakatlar darajasini ham chetlab oʻtmadi.
 
BMTning "mamlakatlar boʻyicha guruhlari" rivojlanayotgan, iqtisodiyoti oʻtish jarayonida hamda krizis holatida boʻlgan 134 davlatda BMT jamgʻarmalari, dasturlari va maxsus muassasalari ishini amalga oshiradi. 1997 yilgacha ularning har biri asosan alohida idoraga ega edi. "Mamlakatlar boʻyicha guruhlar"ga mablagʻni tejash va hamkorliklikdagi ishning yanada samarador boʻlishini taʼminlash, eng muhimi, ushbu davlatlarda BMTning yagona qiyofasini yaratish maqsadida idoralar va xizmat koʻrsatuvchilardan birgalikda foydalanishga iloji boricha tezkorlik bilan oʻtish topshirildi.
Qator 272:
Ayni paytda, 1997 yili Bosh kotib BMT rezident-muvofiqlashtiruvchilarga, mamlakatlardagi ishlar rejasini muvofiqlashtirish va har bir mamlakatda BMT faoliyatini "yagona bayroq ostida" olib borish maqsadida, yanada keng vakolatlar berdi. Koordinatsiyani yengillashtirish va BMT yordamining ushbu koʻmak berilayotgan davlatlar strategiyasi va prioritetlari bilan yanada kengroq moslanishiga erishish maqsadida yana ikkita qoʻshimcha yoʻl ochildi: mazkur mamlakat talablarini oʻrganuvchi Mamlakat ahvolini umumiy baholash va rivojlanish hamda BMT konferentsiyalarida qoʻyilgan vazifalarni bajarishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mamlaktlarga koʻmaklashish ishlarini BMT muassalari oʻrtasida taqsimlovchi BMTning Rivojlanish yoʻlida yordam koʻrsatish boʻyicha andazaviy dasturi. 2002 yil iyuliga kelib 106 mamlakatning ahvolini baholash nihoyasiga yetdi, 32 mamlakatning ahvolini baholash jarayoni davom etib (ulardan bir nechtasi qaytadan baholanadi), 69 ta rivojlanish yoʻlida yordam koʻrsatish boʻyicha andazaviy dasturi tuzilgan, yana 26 tasi tuzilish jarayonida edi.
 
VICh-OITSga qarshi kampaniya muayyan mamlakat darajasidagi hamkorlikning yaqqol namunasidir. Kishilik tarixidagi eng qiyin epidemiya, deb atash mumkin boʻlgan bu oʻlatga qarshi muvaffaqiyatli kurashish, oʻzining madaniy, ijtimoiy, tijoriy va texnologik jihatlariga koʻra, BMTning bir-ikkita emas, balki, koʻplab muassasalari ishtirokini, shuningdek, jamoat tashkilotlari yordami va mahalliy firmalariyu transnatsional farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlikkacha boʻlgan koʻp qirrali yondashuvni koʻzda tutadi, albatta.
 
VICh-OITSga qarshi birlashtirilgan dastur (YuNEYDS) oʻz faoliyatini 1996 yili BMTning olti muassasasi - BMT Taraqqiyot boʻyicha dasturi, BMT Taʼlim, fan va madaniyat boʻyicha tashkiloti, BMT Aholishunoslik boʻyicha jamgʻarmasi, BMT Bolalar jamgʻarmasi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va Jahon banki qoʻshma loyihasi sifatida boshladi. Shu oʻtgan davr mobaynida bu asosiy guruhga Xalqaro mehnat tashkiloti va BMTning Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha boshqarmasi ham qoʻshildi, BMT boshqa organlarining koʻpchiligi BMTning VICh-OITSga oid guruhiga muayyan mamlakatlar miqyosida birlashgan strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish borasida qoʻshildi. 2001 yili BMT tizimida yanada yuqori tashkiliy miqyosda - OITSga qarshi kurash boʻyicha byudjet va BMTning 29 jamgʻarma, dastur va muassasasi ish rejasini birlashtirgan BMTning OITS boʻyicha birlashgan rejasi tuzildi.
 
BMT tizimi muassasalari faoliyatini jonlantirishga qaratilgan asosiy tadbir 1944 yili Bretton-Vudsda asos solingan institutlar bilan aloqani rivojlantirish boʻldi. Bir tarafdan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, ikkinchi tomondan Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi oʻrtasidagi hamkorlik Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr koʻp qirrali faoliyat asoschilari tomonidan rejalashtirilgan darajaga yetmagan edi. 1998 yildan boshlab BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi Bretton-Vuds institutlari moliya vazirlari bilan turkum yillik uchrashuvlar oʻtkazdi. Bu muhim burilishlar 2002 yili Monterreda (Meksika) BMT tomonidan Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi hamda Jahon savdo tashkilotining faol ishtirokida tashkil etilgan Taraqqiyotni mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha xalqaro konferentsiyada erishilgan yutuqlar uchun muhim omil boʻldi.
 
=== Tinchlik oʻrnatish faoliyati ===
Qator 311:
Ayni paytda, BMT faoliyati turli xastalik, qashshoqlik va haloqatlar oqibatini tugatishga qaratilgan fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlikni davom ettirdi. Ular bilan amaliy aloqalar yanada mustahkamlanib, nodavlat tashkilotlarning (NDT) hukumatlararo jarayonlardagi ishtiroki yoʻlga qoʻyildi. Baʼzi davlatlar hukumati hozir bunday tashkilotlarni vakillarini oʻzining Bosh Assambleya doimiy sessiyalarida ishtirok etuvchi delegatsiyalari tarkibiga kiritmoqda, xalqaro konferentsiya va maxsus sessiyalarda esa bunday tajriba oʻzining yanada keng ifodasini topmoqda. Fuqarolik jamiyatiga oid tashkilotlar rahbarlari va ekspertlar umumjahon konferentsiyalariga tayyorgarlikka bagʻishlangan uchrashuvlar va konferentsiyalarda kechadigan muzokaralarda oʻz fikr-mulohazalarini yanada faolroq aytishga kirishgan.
 
Fuqarolik jamiyatlari guruhlari, BMT bilan tobora mustahkamlanib borayotgan aloqalaridan foydalanib, oʻzining xalqaro hayotdagi mavq`eini yanada oshirib, voqealar rivojidagi taʼsirini tagʻin ham koʻtarishi mumkin. Rivojlanayotgan davlatlarning oʻz qarzini toʻlashini yengillashtirishga oid xalqaro rejaning tuzilishiga sababchi boʻlgan 2000 yil yubiley kampaniyasi va piyodalarga qarshi minalarni taʼqiqlashga qaratilgan besh yillik xalqaro kampaniyadan keyin hukumatlar tegishli konventsiyani imzolaganliklari shundan dalolatdir.
 
Fuqarolik jamiyati tashkilotlari inson huquqlari normalarini jahon miqyosida keng yoyish harakatida va Xalqaro jinoyat sudini tuzishda muhim rol oʻynadi. BMTning fuqarolik jamiyati va xususiy sektor bilan oʻzaro hamkorlikka yangidan keng quchoq ochishi tufayli boshqa sohalarda ham katta muvaffaqiyatlarga erishildi. 2000 yili beshta yetakchi farmatsevtika kompaniyasi OITS tarqalishidan katta talofot koʻrayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarni mazkur kasallikka qarshi antiretroviral dori-darmon bilan koʻproq taʼminlash strategiyasini ishlab chiqish masalasida BMT muassasalari bilan muloqotga jalb qilindi. Fuqarolik jamiyati tashkilotlari farmatsevtika kompaniyalariga koʻrsatgan taʼsir va Bosh kotibning bu masalani soha kompaniyalari bilan muhokama etish chogʻidagi qatʼiyati qator mamlakatlarda dori-darmon narxining keskin tushishiga olib keldi. Bunda dori-darmonning yuqori sifatli, moʻljallangan manzilga aniq yetib borishi va arzon dori-darmondan foydalanish uchun zarur boʻladigan asosiy klinik infratizimning taʼminlanishi borasida zarur choralar koʻrildi.
Qator 330:
== Havolalar ==
* [http://www.un.org/ BMT web sahifasi]
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Birlashgan Millatlar Tashkiloti]]
 
 
 
 
 
 
 
{{OʻzME}}