Botqoqlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: vakt → vaqt using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
Qator 1:
'''Botqoqlik''' — yerning doimo yoki uzoq vaqt nam, zax boʻlib yotadigan joyi. B.da torf qalin (0,2—0,3 m) boʻladi, oʻsimliklarning ildizlari torf ostidagi gruntga yetib bormaydi. Torf qatlami yupqa boʻlsa, botqoqlashgan yerlar deb ataladi. B. xalq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega. B. quritilgandan soʻng torf asosan oʻgʻit, yoqilgʻi va mol tagiga toʻshama sifatida ishlatiladi, undan kimyoviy mahsulotlar olinadi, qurilishda foydalaniladigan plitalar ishlab chikariladi. B. koʻpincha oʻrmoni kesilib yoki kuyib ketgan joylarda va oʻgloqlarni uzoq muddat suv bosishi, shuningdek sayoz suv havzalarini ut qoplashi natijasida hosil boʻladi. Oʻsimliklar tarkibi va oʻsimliklarning oziklanish tartibiga koʻra B.lar 3 xil boʻladi: pastqam B., doʻng B. va oraliq B. Pastqam B. uchun evtrof oʻsimliklar harakterli. Ular mineral tuzlarga boy grunt suvlari koʻp boʻlgan daryo qayirlarida, vodiylarda, eski koʻllar oʻrnida va suvayirgʻichlarning pastqam joylarida uchraydi. Bunday B.larda asosan, qiyoq, qamish, roʻvak, qirqboʻgʻimlar; daraxtlardan olxa (qandagʻoch) va qayin oʻsadi. Pastqam B.da suv kalamushlari, dala sichqonlari, qunduz, balchiqchi, botqoqtovugʻi, oʻrdak, gʻoz yashaydi, qobon, qamishzor mushugi, qizil gʻoz, saqoqushlar uchraydi. Doʻng B. uchun oligotrof oʻsimliklar harakterli boʻlib, ular suvayirgʻichlarda yoki daryolarning baland terrasalarida uchraydi va yogʻindan tashqari mineral tuzlari kam grunt suvlaridan toʻyinadi. Oʻsimliklari kam. Doʻng B.lar oʻrmonli va oʻrmonsiz boʻladi. Oraliq B. oraliq holatni egallaydi va yogʻindan hamda oʻrtacha minerallashgan grunt suvlaridan tuyinadi. Oraliq B. uchun mezotrof oʻsimliklar xos. Qayin, qaragʻay, bardidoshlar, sfagn yoʻsinlari oʻsadi. B.larning koʻp qismi Shim. yarim sharda boʻlib, qariyb 350 mln. ga.
 
Turkiston oʻlkasida B.lar yirik daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, Chu va Ili daryolari) vodiysida, yoyilmalarning tevarakatroflarida va pastqam joylarda uchraydi. Torf qatlami juda yupqa yoki butunlay yoʻq, oʻsimliklardan qoʻgʻa va qamish oʻsadi. Sharqiy Pomirda, Oqsuv, Muzqoʻl daryolari vodiylarida, Zoʻrkoʻl, Qorakoʻl va b.boshqa koʻllar atrofida ham B. koʻp.
 
== Adabiyotlar ==