Bugʻdoydoshlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k new key for Category:Bugʻdoydoshlar: " " using HotCat
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q. x. → qishloq xoʻjaligi, va b. → va boshqa (5) using AWB
Qator 1:
'''Bugʻdoydoshlar''' (gʻalladoshlar) ({{lang|la|Poaceae}} yoki {{lang|la|Gramineae}}) — [[bir pallali oʻsimliklar|bir urugʻ pallali oʻsimliklar]] [[oila (biologiya)|oila]]si. [[Bir yillik oʻsimliklar|Bir yillik]], ikki yillik yoki [[koʻp yillik oʻtlar|koʻp yillik oʻt]], baʼzan buta yoki [[daraxt]]lardan tashkil topgan. [[Poya]]si silindrsimon tik yoki yonboshlab koʻtarilib oʻsadi, boʻgʻimlarga boʻlingan, ichi gʻovak, shuning uchun u poxol yoki somon deb ham ataladi. Boʻyi 1 sm dan bir nechta oʻn m gacha; baʼzilarining poyasi yogʻochlanib baland boʻlib oʻsadi (mas, [[bambuk]]ning boʻyi 40 m, diametri 30 sm gacha). [[Barg]]lari oddiy, ipsimon, qalami, bandsiz, navbatlashib joylashgan, qinli. Poyaning bir qismi shu barg qini ichida joylashadi. [[Gul]]lari ikki jinsli, baʼzan bir jinsli, mayda, koʻrimsiz, oddiy [[toʻpgul]]larga (boshoqchalarga) yigʻilgan; bular esa murakkab toʻpgullar, shingil, roʻvak va b.boshqa hosil qiladi. Boshoqchalari bitta yoki bir nechta, baʼzan koʻp gulli. Mevasi [[don (urugʻ)|don]], baʼzan danaksimon, yongʻoqsimon yoki rezavor. [[Urugʻ (oʻsimliklar)|Urugʻ]]ining koʻp qismi [[kraxmal]]li [[endosperm]]dan iborat. B.ning koʻpchiligi uzun [[ildizpoya|ildiz poya]]li va popuk ildizli. B.ning 600 [[turkum]]i, 10000 [[tur (biologiya)|tur]]i maʼlum. Oʻzbekistonda 91 turkumi (270 turi) usadi. Kupincha B. uchta kenja oilachaga bulinadi. B. yer sharining hamma qismida keng tarqalgan, koʻpchilik turlari tropik mamlakatlarda uchraydi. B. qalin [[oʻtzor]]lar, pichanzorlar, [[oʻtloq]]lar, [[savanna]], [[preriyalar|preriy]] va b.boshqa hosil qiladi. B.ga muhim madaniy don oʻsimliklaridan — [[bugʻdoy]], [[sholi]], makka, [[suli]], [[arpa]], [[javdar]], [[tariq]], [[oq joʻxori]] va b.boshqa (q. [[Donli ekinlar]]) hamda shakarqamish kiradi, shuning uchun ham kishilar hayotida ularning ahamiyati katta. Yovvoyi holda oʻsuvchi — [[oqsoʻxta]], [[raygras]], [[bugʻdoyiq]] va b.boshqa koʻpchilik turlari q.qishloq x.xoʻjaligi hayvonlari uchun yemxashak (q. [[Yem-xashak ekinlari]]) hisoblanadi.
 
B.ning baʼzi turlaridan texnik oʻsimlik sifatida foydalanib, ulardan kraxmal, spirt, [[qogʻoz]], xushboʻy va yeyiladigan moy olinadi va qurilish materiallari, arqon, chutka va b.boshqa tayyorlashda foydalaniladi. Koʻpchilik turlari dorivor, baʼzilari manzarali. Kuchma qumlarni mustahkamlash uchun ekiladigan turlari ham bor. Baʼzilari begona oʻt.
 
Oʻktam Pratov.
Qator 7:
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Bir pallali oʻsimliklar]]
[[Turkum:Bugʻdoydoshlar| ]]
 
 
{{stub}}