Bulut: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
Qator 1:
'''Bulut''' — havodagi suv bugʻlarining kondensatsiyalanish (sublimatsiya) mahsuli boʻlgan suv tomchilari yoki muz kristallari (yokn har ikkalasining aralashmasi)dan tashkil topgan, atmosfera (yer yuzasidan tashqari)da vujudga keladigan muallaq tizim. Kondensatsiya nam havo temperaturasining shudring nuqtasi (berilgan namlik miqdori va bosim oʻzgarmas saqlanganda havoning suv bugʻiga toʻyingan vaqgdagi temperaturasi) gacha sovishi natijasida paydo boʻladi. Hajm birligidagi havo massasi traga bogʻliq holda aniq maksimal miqdordagi suv bugʻini oʻziga singdira oladi. Maye, normal atmosfera bosimida 1 m3 havo 0° da 5 g , 10°da —9,5 g , 30°da esa 30 g suv bugʻini oʻziga singdira oladi, ortiqchasi suv tomchilariga aylanadi. B.ning vujudga kelishida havodagi hoʻllanadigan muallaq qattiq (kristall) va suyuq zarralar katta ahamiyatga ega; ularning radiusi 10~5—10~3 sm atrofida. Bularda suv bugʻining kondensatsiyalanishi oʻta toʻyinishdan ancha oldin, yaʼni nisbiy namlik 100% atrofida boʻlganda yoki undan ham kamda boshlanadi. Bu zarralar maʼlum fizik jarayonlar natijasida osmonga koʻtarilgan yoqilgʻining yonish mahsulotlari, dengiz tuzlarining mayda zarralari, kvars changlari va b.boshqa boʻlib, kondensatsiya yadrosi deb yuritiladi. Ularning miqdori atmosferada bulut hosil boʻlishi uchun yetarli darajada mavjud. Suv tomchilaridan tashkil topgan B.da tomchilar radiusi har xil boʻlib, koʻpchilik hollarda 4 dan 25 mkm ga toʻgʻri keladi, muz kristallari koʻproq olti qirrali ustun yoki prizma shaklida boʻladi. Baʼzi sharoitlarda ular kattalashib, yomgʻir, qor, doʻl, jala va h.k. tarzida yogʻadi. B.ning suvliligi (g/m3) boʻlajak yogʻingarchilik miqdorini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Issiq nam havo massalarida vujudga keluvchi B.da suvlilik darajasi sovuq havodagi B.ga nisbatan ancha koʻp boʻladi.
 
B. tashqi koʻrinishiga koʻra, asosan, uchga boʻlinadi; a) patsimon (Cirrus); b) toʻptoʻp (Cumulus); v) qatlamli (Stratus). Patsimon B. oq rangln, yupqa, mayin boʻlib, yuqori balandliklarda vujudga keladi. Toʻptoʻp B. minora yoki gulkaram shaklida, asosi yassi boʻladi. Qatlamli B. yetarlicha bir jinsli, kulrang , aniq shaklga ega emas, osmonning koʻz ilgʻaydigan butun qismini qoplab turadi.