Buxoro-Samarqand musiqa uslubi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.lar → shaharlar (2), va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa, -a. → -asr using AWB
Qator 1:
'''Buxoro-samarqand musiqa uslubi''' — Buxoro va Samarqand sh.larishaharlari va viloyatlari hududlarida qaror topgan muayyan musiqiy anʼanalar majmui. Qadimdan madaniyat maskanlari boʻlmish bu vohalarda xalq qoʻshiq va cholgʻu kuylari, mumtoz musiqa ijodiyoti namunalari keng oʻrin tutadi. Ayniqsa, professional musiqa yoʻnalishlarining xilmaxilligi va ular musiqa voqeligida keng yoyilganligi bilan ajralib turadi. Oʻziga xos jihatlaridan yana biri — mazkur hududdagi oʻzbek va tojik xalq musiqa anʼanalarining oʻzaro yaqinligi, jumladan xalq qoʻshiqchiligida ikki (oʻzbektojik) tillilik anʼanasining namoyon boʻlishi (yaʼni, ayrim xalq qoʻshiklari, qoʻshiq turkumlari ayni vaqtning oʻzida ham oʻzbek, ham tojik tillarida aytilishi)dir. Ikki tillilik anʼanasi shu sarhadda yashab faoliyat kursatgan koʻpgina shoirlar (xususan, Mujrim Obid, Abdullo Mulham Buxoriy, Fitrati Zardoʻzi Samarqandiy va b.boshqalar) ijodida ham oʻz aksini topgan. Kadimdan diniymaʼrifat, maʼnaviyat oʻchoqlari sifatida tanilgan Buxoro va Samarqand sh.laridashaharlarida kitobxonlik, gʻazalxonlik, qissaxonlik, kalandarxonlik, maddohlik kabi oʻquv yoʻllari keng rivoj topgan. Turli yigʻin, toʻy va bayramlarda mavrigixonlar va sozanda dastalari tomonidan ijro etilayotgan raqs qoʻshiqlar turkumlari alohida oʻrin tutadi. Ommaviy qoʻshiq janrlaridan erkaklarning qarsak (beshqarsak) oʻyinqoʻshiqlari mashhur. Cholgʻu ijrochiligi ham boy anʼanalarga ega. Bayramsayillari, musiqa tomoshalarida surnaynogʻorakarnay ansambllari asosiy oʻrin tutgan boʻlsa, turli yigʻinmajlislarda gʻijjak, buxoro (afgʻon) rubobi, dutor, nay, ayniqsa tanbur va b.boshqa sozlar ijrochiligi keng tarqalgan. Shuningdek, tanbur, nay va doyra sozlaridan iborat boʻlgan cholgʻu ansambli ham anʼanaviy tuye olgan. Professional musiqa yoʻnalishlarida makom va hofizlik sanʼatlari asosiy oʻrinda turadi. Xususan, 18-a.asr oʻrtalarida Buxoro saroy madaniyatida Shashmaqom turkum i shakllangan boʻlib, keyinchalik Xorazm maqomlari hamda FargʻonaToshkent maqom yoʻllari shakllanishiga taʼsir oʻtkazgan.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}