Chilla davri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Ch.d. → {{subst:FULLPAGENAME}} (14) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
Qator 7:
CH.d.ning 2—3kuni sut bezlaril&n sut (tugʻruqning 15—18kunigacha ogʻiz suti, keyin odatdagi sut) ajrala boshlaydi (q. [[Laktatsiya]]). Normal oʻtayotgan Chilla davrida chillali ayolning umumiy ahvoli yaxshi: pulsi tekis, toʻla, baʼzan siyrak (fiziologik bradikardiya), arterial bosimi va gavda trasi normal yoki shunga yaqin (goho yangi boʻshangan ayol trasi bir oz koʻtarilishi ham mumkin) boʻladi. Chilla davrida tashki jinsiy aʼzolar va sut bezlarini har kuni tozalab turish, aseptika, antiseptika qoidalariga qatʼiy rioya qilish zarur. Chunki ayol jinsiy yoʻllaridagi tugʻruq jarohatlari, koʻkrak soʻrgʻichidagi yoriqlar orqali organizmga infeksiya kirishi va chilladagi septik kasalliklar rivojlanishi mumkin.
 
CH.d.da sogʻlom ayollarga tugʻruqning 2kunidanoq organizmni baquvvatlash, bachadon qisqarishini tezlashtirish maqsadida maxsus gimnastika mashgʻulotlari kompleksi belgilanadi. Chilla davrining 1—2kuni sogʻlom ayolga yengil hazm boʻladigan ovqatlar (sut, manniy boʻtqasi, qaymoq, qandli choy, kofe), 3kundan boshlab odatdagi kaloriyali servitamin ovqatlar tavsiya qilinadi. Chilla davrida ayol achchiq, shoʻr, oʻtkir dorivorli va badhazm taomlar isteʼmol qilmasligi, spirtli ichimlik ichmasligi kerak. Normal kechayotgan Chilla davrining 4—5 kuni tuqqan ayol tugʻruqxonadan chiqariladi. Gavda trasi yuqori, shamollagan, yiringli teri kasalligi va b.boshqa infeksion kasalligi bor ayollar tugʻruqxonaning maxsus boʻlimiga yotqiziladi.
 
== Adabiyot ==