Chinni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.lar → shaharlar, 0 y.da → 0 yilda (4), va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa, -a.lar → -asrlar (8) using AWB
Qator 1:
'''Chinni''' (chin soʻzidan) — suv, gaz va elektr oʻtkazmaydigan, oʻtga chidamli, jarangdor, asosan, oq rangli (yupqasi yorugʻlik oʻtkazadigan) mahsulot; keramikaning nafis turi. Maxsus tuproq (Ch. gili), kaolin, kvars, dala shpati va b.boshqa xom ashyolar aralashmasidan tayyorlanadi. Ch.dan roʻzgʻor buyumlari (choynak, piyola, kosa, likopchalar, laganlar), bezak buyumlari (guldon, haykalcha va b.boshqalar), meʼmorlik detallari, sanitariyagigiyena buyumlari ishlanadi, kislotalar taʼsiriga chidamli (ftorid kislotadan tashqari) boʻlganidan kimyo sanoatida, elektr utkazmasligi tufayli radiotexnika va elektrotexnikada foydalaniladi.
 
Sifati jihatdan nafis Ch . (turkcha farfur, forscha — fagʻfur; eng sifatli Ch. tayyorlangan qad. Xitoy viloyatining nomi), dagʻal Ch . (fayans, italyancha — Faens; yirik keramika markazi boʻlgan shaharning nomi), texnik, xujalik, sirlangan va sirlanmagan Ch. farqlanadi. Nafis Ch.ning suvni singdirishi 0,5% gacha. Dagʻal Ch. nafis Ch.ga nisbatan sergʻovakligi, suvni koʻproq singdirishi (9—12% gacha) bilan farq qiladi, shuning uchun ham u sirlanadi. Nafis Ch. ham, dagʻal Ch. ham bir xil xom ashyolardan tayyorlanadi (tarkibi: oq gil va kaolin 45—50%, kvars qumi 25—35%, dala shpati 12 — 25%, boʻr 0 —10%, chinni siniqlari 5—15%), faqat tayyorlash texnologiyasi har xil boʻladi. Ch.ning qattiq va yumshoq turlari ham bor. Idishlar yasashda, texnika va sanoatda qattiq Ch. ishlatiladi, badiiy va bezak Ch. mahsulotlari yumshoq Ch. dan tayyorlanadi. Qattiq Ch. yumshoq Ch.ga nisbatan chidamliroq, xom ashyosi tarkibida tuproq koʻproq (45— 60%) boʻladi, shuning uchun ham yumshogʻiga nisbatan yuqori trada (yumshogʻi 1300° gacha, qattigʻi 1450°gacha) pishiriladi. Ch. mahsulotlari sirlanib, boʻyalib, gullar solinib yoki gul bosilib ishlab chikariladi.
 
Xitoyda 4—6-a.lardaasrlarda chinnisozlik sanʼati yuksak darajaga koʻtarilgan, Ch.ning tarkibi va tayyorlash texnologiyasi sir saklangan. 11 — 14-a.lardaasrlarda Eron, 16-a.daasrda yapon Ch.si shuhrat qozondi. 16-a.daasrda Yevropada (Florensiya, Fransiya, Gollandiya, Angliyada) ilk Ch. buyumlari paydo boʻldi, dastlabki Ch. zdi 1710 y.dayilda Maysenda, 1717—18y.larda1717—18 yillarda Venada, 1744 y.dayilda Peterburgda qurildi. Daniya (Kopengagen), Shvetsiya (Mariyeburg), Gollandiya (Been, Gaaga), Belgiya (Turne), Shveysariya (Syurix), Chexiya (Slavkov, Klashterets) badiiy Ch.si shuxrat qozondi. 18-a.asr va 19-a.daasrda Ch.dan bezak mahsulotlar va badiiy buyumlar yasalgan. 20-a.asr boshlaridagina Ch. sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlagan.
 
Oʻrta Osiyoga Ch. qadimdan Xitoy va Erondan, keyinchalik Rossiyadan keltirilgan. Mahalliy kulollar (ayniksa, Rishton kulollari) sopolning Ch.ga yakin xillarini ishlashgan. Oʻzbekistonda Ch. sanoati 20-a.asr 50-y.larida yillarida yuzaga keldi, birinketin Toshkent, Samarqand, Quva, Angren sh.laridashaharlarida Ch. zdlari qurildi (q. [[Chinni-fayans sanoati]]).
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}