Eftaliylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Mil. av. → Miloddan avvalgi, mil. 5 → milodiy 5 using AWB
Qator 1:
'''Eftaliylar''', eftalitlar, eftallar, xaytallar, abdallar, yeda — Urta Osiyoning shim.sharqidan Movarounnahrning ichki viloyatlariga kirib, mil.milodiy 5-asrda davlat barpo etgan qabila ittifoqi. E. Oʻrta Osiyo, Hindiston, Afgʻoniston, Eron va Sharqiy Turkiston tarixida muhim rol oʻynagan. E.ning ilk ajdodlari hunlarlsh boʻlishi taxmin etiladi. Mil.Miloddan av.avvalgi 7-asrda Xitoyning shim.gʻarbi (Xesi)da yashovchi mallasoch, koʻzi koʻk hunlarning bir qismi yashab turgan yerlarini tashlab, Pomirning togʻli viloyatlariga kelib yashaydilar. Keyinchalik ular mahalliy aholiga aralashib, tillarini ham oʻzgartiradi. Hunlarning boshqa bir guruhi Hunlar davlati yemirilgach, Jungʻoriyaga, Ila havzalariga kelib oʻrnashgan va bu yerda Yuyeban etnik uyushmasini tashkil qilgan. Yuyebandan eftal etnik nomi bilan atalgan yirik bir guruh ajralib, 3-asrda Movarounnahrga kelib oʻrnashdi. E.ning yana bir guruhi gʻarbga Kaspiy dengizining shim. hududlariga borib, keyinchalik bu yerlardagi boshqa turkiy xalklarga aralashib ketadi. E. 4-asrning 2-yarmida koʻpayib, Movarounnahrda yashovchi xioniy, kidariy va boshqalar xalqlarni tobe etib, davlat barpo etadi. 5-asrda ular Qangʻ davlatini magʻlubiyatga uchratadi. Xurosonning talay qismini egallaydi. Xuroson yeri uchun E. Eron bilan qattiq urush olib borgan. 6-asrning oxirlarida Eftaliylar davlati inqirozga uchraydi. Turk xokonligi Movarounnahrni egallaydi. E.ning jangovar qismi Afgʻoniston va Hindistonning shim. mintaqalariga chekinib, ularning keyingi avlodlari shu yerlardagi xalqlarga aralashib, ular bilan qorishib ketadi. E.ning Markaziy Osiyoda qolgan qismi keyinchalik oʻzbek, turkman xalqlari tarkibiga singib ketadi. Turkmanlar tarkibida va anatoliyalik turklarning tarkibida abdal nomi bilan E.ning keyingi avlodlari saqlanib qolgan. E. otashparast boʻlganligi maʼlum, lekin ularning orasida asta-sekin buddizm va xristianlikka eʼtiqod qila boshlaganlar soni ham orta boshlagan.
 
Ad:. Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.
 
Ochil Boʻriyev.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}