Egey madaniyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: E.m. → {{subst:FULLPAGENAME}} (7), mayd. → maydoni using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil. av. → miloddan avvalgi (12) using AWB
Qator 1:
'''Egey madaniyati''', Kritmiken madaniyati — Kiklad, Krit o., Yunonistonning materik qismi va Kichik Osiyo (Gʻarbiy Anadolu)dagi jez davri tamaddunining umumiy nomi (mil.miloddan av.avvalgi 3—2ming yillik). Uning asosiy markazlari Miken (G.Shliman) va Krit (A.Evans)dagi qazishmalar natijasida ochilgan. Bir qancha lokal arxeologik madaniyatlarga ajratilgan: Kritdagi madaniyat, orolning afsonaviy podshosi Minosning nomi bilan Minoy madaniyati deb atalgan; Yunoniston materik qismining turli qismidagi madaniyatlar — fessaliya, makedon, ellada madaniyatlari; Kichik Osiyodagi — gʻarbiy anadolu madaniyati; Kikladdagi — kiklad madaniyati deb nom olgan. Egey madaniyati 3 davrga boʻlinadi: ilk (ellada madaniyati uchun — mil.miloddan av.avvalgi 3000— 2100/1900 yillar, minoy madaniyati uchun — mil.miloddan av.avvalgi taxminan 3000—2200 yillar), oʻrta (tegishli ravishda, mil.miloddan av.avvalgi taxminan 2100/1900—1580 yil va mil.miloddan av.avvalgi taxminan 2200—1700 yillar), soʻnggi (tegishli ravishda, mil.miloddan av.avvalgi taxminan 1580— 1200 yillar va mil.miloddan av.avvalgi taxminan 1700— 1150 yillar). Gʻarbiy Anadolu va Oʻrta Yunoniston madaniyatlari mahalliy neolit davri madaniyati, Egey dengizi sharkiy qismidagi orollar madaniyati asosida vujudga kelgan va Troya madaniyati taʼsirida taraqkiy etganlar. Egey madaniyati notekis rivojlangan. Uning markazlari turli davrda yuksalish va tanazzul davrini kechirgan.
 
Ingliz arxeologi A. Evans Egey madaniyati boʻyicha tadqiqot ishlari olib borib, koʻp jildli ilmiy asarlar yaratgan. Egey madaniyati ga oid piktografik yozuvlarni oʻrgangan.
 
Egey madaniyatiga oid obidalar mahalliy aholining Misr va Odd Osiyo bilan yaqin aloqada boʻlganini koʻrsatadi (Misr va Suriyada Egey sanʼati yodgorliklari, Krit o.da esa Misr va Old Osiyo sanʼati namunalari topilgan). Krit sanʼati oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Egey madaniyatining muhim markazlaridan biri Knos shahridagi Hukmdorlar saroyi (taxminan mil.miloddan av.avvalgi 2000 yildan soʻng) qoldiqlari saqlangan. Saroy murakkab tarhli (16 ming m2ga yaqin maydonini egallagan), koʻp marta qayta qurilgan, 3 qavatli boʻlib, xonalar ustunli, tor hovlili, yuqori qavatlarga zinapoyalardan chiqilgan. Mil.Miloddan av.avvalgi 2-ming yillikning 1-yarmiga mansub kichik saroy, podsho villasi, karvonsaroy, 2—3 qavatli turar joylar qazib oʻrganilgan. Knos, AgiaTriadada mineral boʻyoq bilan ishlangan freska qoldiqlari topilgan, ularda akrobatika oʻyinlari, suhbatlashayotgan ayollar, hayvon, oʻsimliklar aks ettirilgan. Ayniqsa, Krit vaza rassomligi diqqatga sazovor. Suyak haykalchalar koʻp ishlangan. Mil.Miloddan av.avvalgi 3-ming yillik va 2-ming yillikning boshlarida Kikladda marmar ayol haykalchalari ishlash, sopol idishlar sanʼati rivojlangan. Tirinf akropoli — mustahkamlangan tepalik (mil.miloddan av.avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalari)da bino qoldiqlari saqlangan; bu bino qadimiy yunon ibodatxonalariga namuna boʻlgani koʻrinadi. Devoriy rasmlarda jang lavhalari aks ettirilgan. Mikenda relyef bilan bezatilgan "Sherdor darvoza", usti tuproq bilan gumbazsimon qilib yopilgan maqbara saqlangan. Maqbaralardan topilgan oltin va kumush bezak buyumlari zargarlik rivojlanganligidan darak beradi. Mil.Miloddan av.avvalgi 2-ming yillikning oxirlarida doriy qabilalari hujumi oqibatida Egey madaniyati markazlari vayron qilingan. Egey sanʼati yunon sanʼatiga samarali taʼsir koʻrsatgan.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->