Ekvator Gvineyasi: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura, Mayd. → Maydoni using AWB |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi (2), -y.lar → - yillar (2), bal. 6 → balandligi 6 using AWB |
||
Qator 4:
Davlat tuzumi. E.G. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 yil 17 noyabrdagi referendumda maʼqullangan; 1995 yilda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident; u umumiy ovoz berish yoʻli bilan 7 yil muddatga saylanadi va yana bir necha marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament (xalq vakillari palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati. E.G. kontinental qismining yer yuzasi
Aholisining aksariyatini bantularga mansub fang va bubi xalqlari tashkil etadi. RioMuni sohilida benga, kombu, lenge va boshqalar xalqlar yashaydi. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning asosiy qismi katoliklar; protestantlar ham bor. Aholining bir qismi anʼanaviy mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 29,2%. Muhim shaharlari: Malabo, Bata.
Tarixi. 1472 yil boshida Portugaliyaning Fernando Po boshchiligidagi ekspeditsiyasi Gvineya qoʻltigʻidagi orolga kelib tushdi (keyinchalik bu orol Fernando Po nomi bilan ataldi; 1979 yildan Bioko o.) va uni oʻz mulki deb eʼlon qildi. 1592 yildan orollarni mustamlakaga aylantirish harakati boshlandi. 1778 yildan u Ispaniya Gvineyasi nomi bilan Ispaniya mulki boʻlib qoldi (1843 yildan Ispaniya orolda mustahkam oʻrnashib oldi). Mamlakatning materik qismi — RioMuni Ispaniya va Fransiya mulkiga aylandi (ular oʻrtasidagi chegara 1900 yil belgilab olindi). E.G. aholisi koʻp yillar mobaynida oʻz ozodligi va mustaqilligi uchun kurashib keldi. Ayniqsa, bu kurash 20-asrning 30-
Siyosny partiyalari. Sotsialdemokratik partiya, 1991 yil tuzilgan; E.G. demokratik partiyasi, 1987 yil tuzilgan; Liberaldemokratik konvent; Sotsial demokratiya uchun konvergensiya; Sotsialdemokratik xalq konventi.
Qator 14:
Xoʻjaligi. E.G. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon hoʻjaligi 46%, sanoat 33%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 21% ni tashkil etadi.
Qishloq xoʻjaligi — mamlakat iktisodiyotining asosi. Mehnatga layoqatli aholining 80%
Sanoati, asosan, mayda hunarmandchilik korxonalaridan iborat. Palma moyi ishlab chiqarish, yogʻochsozlik, yogʻoch tilish,
Avtomobil yoʻllary uz. 2,7 ming km. Dengiz portlari — Bata, Malabo. Chetga kofe, kakao, yogʻoch chiqaradi. ChetDan oziqovqat, mashina va jihozlar, keng isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Kamerun, AQSH, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — KFA franki.
Qator 24:
Xalq maorifi. Mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktab 8 yillik. Toʻliq oʻrta maʼlumot olish uchun 9— 11sinflarda 3 yil oʻqish lozim. Turli hunar maktablari bor. Malaboda maʼmuriy xizmatchilar maktabi va oʻqituvchilar tayyorlash (boshlangʻich maktablar uchun) maktabi, Bata shahrida oʻrta maxsus maʼlumot beruvchi Politexnika instituti faoliyat koʻrsatadi. 1980 yildan Malabo va Batada Ispaniya universitetining sirtqi taʼlim filiallari ishlaydi. Oliy maʼlumotli kadrlar chet elda tayyorlanadi. Malaboda kutubxona bor.,Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. E.G.da "Afrika 2000" jur. (3 oyda 1 marta ispan tilida), "Vos del pueblo" ("Xalq ovozi", ispan tilida) gaz., "ElSol" ("Quyosh") haftanomasi (ispan tilida) nashr etiladi. E.G. milliy radiosi hukumat radiostyasidir. E.G. milliy televideniyesi, telekoʻrsatuv xizmati, Malabo shahrida joylashgan.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Xalq turar joylari yogʻochdan toʻgʻri burchakli qilib quriladi va tomi ikki nishabli boʻlib, palma yaproqlari bilan yopiladi. Shaharlar, asosan, tartibsiz qurilgan 1 qavatli uyLardan iborat boʻlib, katta maydonni egallaydi (Malabo va Bata shahrilarida 2—3 qavatli). 20-asrning boshlarida ayrim binolar soxta gotika uslubida, 60-
{{OʻzME}}
|