Embriologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi, mil. av. → miloddan avvalgi using AWB
Qator 11:
Vazifasi va tadqiqot usullariga koʻra, umumiy, qiyosiy, eksperimental, populyatsion va ekologik E. ajratiladi. Qiyosiy E. dalillari hayvonlarning tabiiy sistemasini ishlao chiqish uchun asos boʻladi. Eksperi.msntal E. aʼzo va toʻqimalarni olib tashlash, koʻchnrib oʻtqazish va suiʼiy muhitda oʻstirish orqali ularning kelib chiqishi mexanizmlari va ontogenezda rivojlanishini oʻrganadi. E. sitologiya, genetika, biokims, molekulyar biologiya va boshqalar fanlar bilan birgalikda rivojlanishi natijasida individual rlvojlanish qonuniyatlari haqidagi fan — rivojlanish biologiyasi yoki ontogenetika vujudga keldi.
 
Hindiston, Xitoy, Misr va Yunonistondagi (mil.miloddan av.avvalgi 5-asr) embriologik tadqiqotlarda diniyfalsafiy taʼlimot aks etgan. Bu qarashlar Gippokrat va Aristotel asarlarida ham oʻz ifodasini topgan. Gippokrat va uning izdoshlari odam embrioni rivojlanishini oʻrganishga ahamiyat berib, uni tovuq tuxumidan joʻjaning shakllanishiga qiyoslashni tavsiya qilganlar. Aristotelning embriogenezda aʼzolarning ketmaket shakllanishi toʻgrisidagi taʼlimoti epigenetik tasavvurlarga asoslangan. Bu qarashlar 16-asrgacha deyarli oʻzgarishsiz qoldi. U. Garvey asarining nashr qilinishi (1651) E. rivojida muhim burilish yasadi. Italiyalik olim M.Malpigi mikroskop yordamida joʻja rivojlanishining xuddi shu bosqichida ilgari maʼlum boʻlmagan qism (aʼzo)larini koʻrishga muvaffaq boʻldi (1672), u E.da 18-asr oxirigacha saqlanib kelgan preformistik tasavvurlar (embrion rivojlanishi unda oldindan mavjud boʻlgan xilmaxil strukturalarning oʻsishi)ni yoqlab chiqqan. Bunga K.F.Volf oʻz asarlaridagi (1759) maʼlumotlar bilan qattiq zarba berdi. Hozirgi zamon E.siningasoschisi K.M.Ber sut emizuvchi hayvonlar va odam tuxumdonidagi tuxumni kashf qildi va tavsiflab berdi (1827). Evolyutsion qiyosiy embriologiya Ch.Darvin nazariyalariga asoslangan. A.O. Kovalevskiy va I.I.Mechnikovning ilmiy izlanishlari turli tiplarga mansub hayvonlarning bir-biriga qarindoshligini isbotlaydi. A.O.Kovalevskiyning embrional varaqlar toʻgʻisidagi nazariyasiga (1871) koʻra, barcha koʻp hujayrali hayvonlarning asosiy aʼzolar sistemasi dastlab hujayra qatlamlari koʻrinishida rivojlanadi. Bu koʻp hujayrali hayvonlar barcha tiplarining kelib chiqishi bir ekanini koʻrsatadi. Tavsiflovchi tadqiqotlar bilan bir qatorda eksperimental E. ham rivojlanmoqda. Ilk embrional rivojlanish, urugʻlanish, boʻlinish, embrional veraqlarning vujudga kelishi, organogenez, gistogenez va patologik rivojlanishning turli koʻrinishlarini oʻrganish, ayniqsa, kimyoviy agentlar yordamida rivojlanishni kuchaytirish, embrional shakllanishning harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlash, hujayra differensiatsiyasining genetik va sitologik asosini ochish hozirgi zamon E.si oldidagi muhim masaladir.
 
E. maʼlumotlaridan (tibbiyotda turli anomal va tugʻma majruhliklarni oldindan bilib olish), q.x.qishloq xoʻjaligi amaliyotida (mas, organizmga embrional rivojlanish davrida taʼsir etib, chorva mollari zotini yaxshilash, baliqlarni, foydali hasharotlarni koʻpaytirish, zararkunandalarni yoʻqotish va boshqalar da) foydalaniladi. Epidemiologik kasalliklar qoʻzgʻatuvchisi va tarqatuvchilariga qarshi kurashni toʻgʻri tashkil etish uchun E. maʼlumotlari zarur. Ad.: Ibragimov Sh., Shodiyev N.,Daminov A., Sitologiya, gistologiya va embriologiya. T., 1998; Toʻychiye v S Toshmanov N., Fayzullayev S, Sitologiya, embriologiya va gistologiya, T., 2004.
 
{{no iwiki}}