Erk qalʼa: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: E.q. → {{subst:FULLPAGENAME}} (7) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil.av. → miloddan avvalgi using AWB
Qator 1:
'''Erk qalʼa''' — koʻhna [[Marv]] [[shahar|shahri]] xarobasini tashkil etgan [[qalʼa]]lardan biri. [[Turkmaniston]]dagi [[Murgʻob]] [[daryo]]sining oʻrta [[oqim]]i boʻyida, [[Bayramali]] shahri yaqinida joylashgan. Erk qalʼa Marvning eng qadimiy qismi hisoblanadi. Erk qalʼaning [[tarh]]i ovalsimon (400×500 m — 20 [[gektar|ga]]) boʻlib, [[Gavr qalʼa]] [[mudofaa devorlari]]ning [[shimol|shim.]] [[qanot]]iga tutashgan. Erk qalʼaning markazida ./ [[balandlik|bal.]] 25 m dan ziyod [[ark]] (50×50 m) joylashgan. Arkning shim.da pastak maydoncha boʻlib, unda harbiy [[garnizon]] va toshotar qurollar oʻrnashgan. Erk qalʼada dastlabki [[arxeologik qazish|qazish]]malar 1890 yil Rossiya Arxeologiya komissiyasi aʼzosi [[Jukovskiy Vasiliy Andreyevich|V.A. Jukovskiy]] tomonidan oʻtkazilgan. 1904 yil R.Pampelli boshchiligidagi amerikalik ekspeditsiya, 1937 yil B.B.Piotrovskiy, A.A.Marushchenko va 1947 yil S.A.Vyazigin, 1950—1992 yillarda [[Masson Mixail Yevgenyevich|M.Ye.Masson]] rahbarligi ostida [[Janubiy turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi|Janubiy Turkmaniston arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi]] tomonidan olib borilgan [[ilmiy tadqiqot|tadqiqotlar]] Erk qalʼaning mil.av.miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-choragida bunyod etilganini koʻrsatdi. [[Sosoniylar davlati|Sosoniylar davri]]da ([[III asr|3]]—[[V asr|5-asr]]lar) markaziy tepalikda [[maʼmuriy binolar|maʼmuriy bino]] qad koʻtargan, u keyinchalik [[arablar]] tomonidan [[xalifa]] [[Maʼmun]]ning Marvdagi [[qarorgoh]]i sifatida foydalanilgan. Yozma [[manbalar]]ga koʻra, Erk qalʼa [[X asr|10-asr]]dan xarobaga aylangan. Erk qalʼa dan koʻplab [[sopol]] va [[shisha]] idishlar, sosoniylar [[tanga]]lari, [[jez]] [[pichoq]]lar, toshqolip, jez [[paykon]]lar topilgan.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->