Etnografiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -y.lar → - yillar (3), Mil. av. → Miloddan avvalgi using AWB
Qator 13:
Oʻzbekistonda E. fani. Oʻzbekiston hududida istiqomat qilgan qabila va elatlar toʻgʻrisidagi eng qadimiy etn. maʼlumotlar ilk yozma manbalarda, yunon va rim mualliflari Gekatey, Strabon, Gerodot, Arrian, Ptolemey va Ktesiy, sitsiliyalik Diodor, Pompey Trog, Tatsit asarlarida uchraydi.
 
Oʻrta Osiyo xalqlarining qadimiy ajdodlari va ularning turmush tarzi, urf-odat va marosimlari toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlarni zardushtiylik dinining muqaddas kitobi "Avesto"da ham koʻrish mumkin. Mil.Miloddan av.avvalgi 6—1-asrlardan arab istilosigacha Oʻrta Osiyo xalqlariga tegishli maʼlumotlarni qadimiy axomaniylar davriga oid qoya tosh bitiklarida, parfiyoniy, sugʻdiy, xorazmiy, baxtariy yozma yodgorliklarida, xitoy sayohatnomalarida, sosoniylar Eronining oʻrta forsiypahlaviy tildagi yodgorliklarida, arman tilidagi manbalarda, qadimiy turkiy yozma yodgorliklarda uchratamiz.
 
Ilk oʻrta asr (912-asrlar) mualliflari geograf va sayyohlar Ibn Xurdodbeh, alBalxiy, Istaxriy, Ibn Havqal, Masʼudiy, Yoqut Hamaviylar oʻz sayohatnomalarida Sharq xalqlari E.si boʻyicha qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirganlar.
Qator 37:
1918 yilda Turkiston xalq universitetiyaa oʻzbeklar E.si boʻyicha maxsus kurs kiritilib, bu mavzu boʻyicha maʼruzalar oʻqitila boshlandi.
 
1920—30 yillar Oʻzbekistonda E. ilmining vujudga kelish, tashkiliy va tarkibiy shakllanish davri boʻldi. 1930-y.lar yillar oxirida mahalliy aholi orasidan yetishib chiqqan mutaxassislar G.Alimov, M.Bikjanova, A.Boltayev, Ya.Gʻulomov, Sh.Inogʻomov, T.Mirtyosov, M.Saidjonov, X.Husanboyev, K.Yusupov va boshqalar Oʻzbekistonda muzey ishini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga, muzeylarda etn. kolleksiyalarni koʻrgazmaga qoʻyishga tayyorlash boʻyicha muhim ishlarni amalga oshirishdi.
 
1943 yil 4 noyabrda OʻzFA Til, adabiyot va tarix instituti asosida Tarix va arxeologiya instituti tashkil etilib, uning tarkibida 6 boʻlim, shu jumladan, akad. M.Andreyev rahbarligidagi E. boʻlimi ham bor edi. Boʻlim respublikada etn. tadqiqotlarning yetakchi markazi boʻlib qoldi.
Qator 45:
1960—80 yillarda oʻzbek hamda qoraqalpoq xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi boʻyicha faol tadqiqotlar olib borildi (V.P.Alekseyev, A.A.Asqarov, O.Suxareva, T.K.Xojayov va boshqalar). Oʻzbeklar etnik tarixini oʻrganish bevosita akad. K.Shoniyozov nomi bilan bogʻliq.
 
Oʻzbekiston xalqlari folklori, Oʻzbekiston dekorativ va amaliy sanʼatining turli sohalari, xalq musiqasi, teatri, raqs sanʼati, kiyimlari, anʼanaviy xalq taomlari, kishilarning maʼnaviy va moddiy hayotini oʻrganish etn. manbalardan biri sifatida etnograflarning diqqat markazida boʻddi. 1960, ayniqsa, 1980-y.lar yillar Oʻzbekiston E. fani uchun avvalgi tarixshunoslik davriga nisbatan gʻoyat sermahsul, ayni vaqtda, ziddiyatli kechdi. Bu ziddiyatlar E.ning dolzarb masalalarini belgilash va ishlab chiqishda, siyosiy sharoitga ogʻishmay va soʻzsiz amal qilishda; monografik va umumlashtiruvchi tadqiqotlarda ularning tahliliytanqidiy nuqtai nazardan oʻrganib chiqilmaganligida; katta koʻlamdagi ilmiy tekshirish ishlarining etnos xoʻjalik amaliyoti va madaniy hayoti vazifalariga mos kelmaganida namoyon boʻldi.
 
Oʻzbekiston mustaqillikka erishishi bilan Respublikamizda E. fani yangi sifat bosqichiga oʻtdi.
Qator 51:
Oʻzbekiston E. fanining ilmiy tekshirish uslublari, nazariy asoslari, rivojlanish ustuvorliklari va istiqbollarini aniqlovchi tadqiqotlar vujudga keldi. Mustaqillik yillarida oʻzbek xalqi anʼanaviy madaniyatini oʻrganishda "evropatsentrizm" nuqtai nazaridan yondoshishga, qator ijtimoiy institut va hodisalarga "oʻtmish sarqiti" deb qarashga chek qoʻyildi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish" haqidagi qarori (1998 yil 27 iyul) tarix fani va uning qismi E.ning vazifalarini mazmunmohiyat jihatdan tubdan oʻzgartirdi. Oʻzbek xalqining etnogenezi, etnik tarix muammolarini, oʻzbek etnomadaniy jarayonlarini yangicha mushohada qilish, xolisona yoritish imkoni paydo boʻlib, ushbu mavzu etn. tadqiqotlarning yetakchi yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bu yoʻnalishni tadqiq etishda akad. K.Shoniyozovning asarlari ("Qarluq davlati va qarluqlar", 1999; "Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni", 2001) muhim hissa boʻlib qoʻshiladi. 1990-y.larda yillarda K. Shoniyozovning ilmiy rahbarligi ostida tarixiy E. muammolarini (A.Ashirov, U.Abdullayev), Oʻzbekiston aholisining maishiy turmoʻsh anʼanalarini (S. Soatova, M.Oʻroqov, V.Haqliyev, S.Sharipov) tadqiq qiluvchi olimlar guruhi shakllandi. E. Fargʻona (Sh.Abdullayev, S.Gubayeva), Buxoro (A.Jumayev, M.Qurbonova), Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari(S.Tursunov, A.Qayumov, O.Boʻriyev, Q.Nasriddinov) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining (T.Yesbergenova, R.Kamolov, N.Tleubergenov) mintaqaviy oʻziga xosliklarining turli jihatlarini yorituvchi tarixiyetn. va etn.sotsiologik maxsus tadqiqotlari vujudga keddi.
 
Z.Orifxonova, G.Zunnunova, M.Qamaritdinova kabi olimlarning mahallaning oʻtmishi va bugunini, hozirda oʻz-oʻzini boshqarish organi sifatida amaliyotdagi ahamiyatini oʻrganishga bagʻishlangan etn. ekspeditsiyalari, etnosotsiologik tadqiqotlari natijalari asosida maxsus asarlar nashr etildi. Oliy oʻquv yurtlari uchun E. fanidan maxsus darslik (I.Jabborov "Oʻzbek xalqi etnografiyasi", T., 1994), oʻqitish uslubi qoʻllanmalari (O.Boʻriyev, B.Ishoqov), etnologiya atamalari lugʻati (O.Boʻriyev) chop etildi.