Fayzulla Xoʻjayev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
"Fayzullo_Ubaydulloyevich_Xojayev.JPG" yoʻqotildi, uni VikiOmbordan INeverCry Per c:Commons:Deletion requests/Files uploaded by Vladlen666 tufayli oʻchirgan edi.
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa (2) using AWB
Qator 48:
Xoʻjayev oʻz faoliyati davomida oʻzbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. U [[VKP(b)]] MQ [[Oʻrta Osiyo]] byurosi va [[Oʻzbekiston]] KP MQga nisbatan muxolifat mavqeida turgan „Oʻn sakkizlar guruhi“ (1925 yil noyabr)ga xayrixoh boʻlgan. „Quloq“larni sinf sifatida tugatish siyosatini yoqlamagan. Oʻzbekistonda yoppasiga chigit ekilishi paxta yakkahokimligiga olib keladi, deb hisoblagan. Oʻzbekistonda zamonaviy sanoat inshootlari qurilishida tashabbuskor boʻlgan.
 
Xoʻjayev davlat arbobi, tarixchi va iqtisodchi olim, publitsist, jurnalist sifatida boy ilmiy meros qoldirgan. Uning „Buxoro inqilobining tarixiga materiallar“ (1926), „Buxorodagi revolyutsiya va Oʻrta Osiyoning milliy chegaralanishi tarixiga doir“ (1932) kitoblari, „BXSRdagi iqtisodiy ahvol“ (1924), „Yosh buxoroliklar toʻgʻrisida“ (1926), „Jadidlar“ (1926), „Bosmachilik“ (1930) maqolalarida Oʻzbekiston tarixining XX asr 1-choragidagi jiddiy muammolar koʻrsatilgan. Xoʻjayev 1937 yil 9 iyulda [[Moskva]]da qamoqqa olindi. Unta Sovetlarga qarshi „Oʻng trotskiychi blok“ faoliyatiga qoʻshilganligi hamda „Milliy ittihod“ tashkiloti faoliyatiga rahbarlik qilganlik, „bosmachilik“ harakati va qoʻrboshilarni qoʻllab-quvvatlaganlik, [[Fitrat]], [[Choʻlpon]], [[Abdulla Qodiriy]] va b.boshqa oʻzbek ziyolilariga gʻamxoʻrlik koʻrsatganlik kabi ayblar qoʻyildi va otishga hukm qilindi. Hukm [[Moskva]] atrofidagi [[Butovo]] qatlgohida ijro etilgan.
 
1965 yil 6 martda [[SSSR]] Oliy sudi harbiy kollegiyasi Xoʻjayevni aybsiz deb topdi va oqladi. Oʻzbekistonda uning 100 yillik yubileyi nishonlandi (1996). Xoʻjayev asarlari va u haqidagi tadkiqotlar nashr etildi. „Buxoroning jin koʻchalari“ ([[Asqad Muxtor]]) qissasi, „Inqilob tongi“ ([[Komil Yashin]]) dramasi, „Men yashashni istayman“ (N. Naymov) roman-xronikasi va b.boshqa asarlar Xoʻjayev faoliyatiga bagʻishlangan. [[Buxoro Davlat universiteti]], Buxoro shahridagi pedagogika kolleji, Buxoro shahridagi koʻcha, Toshkentdagi metro bekati, koʻcha, koʻplab shirkat xoʻjaliklari, maktab va mahallalar, [[Navoiy shahri]]dagi koʻcha va maktab Xoʻjayev nomi bilan ataladi. Buxoroda haykali bor. BXSRning Qizil yulduz (I darajali) ordeni bilan mukofotlangan (1922)<ref>Qahramon Rajabov. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
 
== Hayot yoʻli ==
Qator 64:
Fayzulla Xoʻjayev hukumat rahbari sifatida Oʻzbekistonning xalq xoʻjaligi (paxtachilik, irrigatsiya, kapital qurilish, chorvachilik)ni rivojiantirishga, maorif va madaniyatni ravnaq toptirishga harakat qildi, biroq yangicha tusdagi mustamlaka sharoitida bu intilishlarning befoyda ekanini keyinroq anglab yetdi.
 
F.Xoʻjayev [[1937-yil]]da [[qatagʻon]] qilindi va 1938-yil 15-martda<ref> [http://www.hrono.ru/dokum/1938buharin/1938proces.html Hrono.ru:Uchinchi Moskva jarayoni stenogrammasi]</ref> Moskvada oʻlimga mahkum etildi.
Qabrining qayerdaligi nomaʼlum.
 
Qator 81:
* Baqoyev M., Fayzulla Xoʻjayevjurnalist va publitsist, T., 1992;
* Rajabov K,., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.
 
{{bio-stub}}
 
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Kishilar]]
[[Turkum:Kishilar:Oʻzbekiston]]
[[Turkum:Oʻzbekiston: Yetakchilar]]
 
 
{{bio-stub}}