Federatsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri using AWB
Qator 1:
'''Federatsiya''' (soʻnggi lot. foederatio — birlashma, uyushma) — 1) davlat tuzilishi shakli; yuridik jihatdan muayyan siyosiy mustaqilligi boʻlgan davlat tuzilmalaridan tashkil topgan murakkab (uyushma) davlat. Federativ davlatni tashkil etuvchi davlat tuzilmalari (shtatlar, oʻlka, kontonlar) F. subʼyektlari hisoblanadi va oʻz maʼmuriyhududiy boʻlinishlari boʻladi. F.da yagona konstitutsiya, yagona ittifoq (federal) davlat hokimiyati organlari boʻladi, yagona fuqarolik, pul birligi va sh.kshahrik. amal qiladi. Unitar davlatdan farqli ravishda F. hokimiyat oliy organlarining 2 tizimiga — federal organlar va F. aʼzolarining tegishli organlariga ega boʻladi. Federal organlar mamlakatning hamma qududida oʻz vakolat va vazifalarini amalga oshiradi. F.ni tashkil etuvchi davlat tuzilmalari tom maʼnoda davlat hisoblanmaydi. Ular suverenitetga, ittifokdan bir tomonlama chiqish huquqiga ega boʻlmaydi, yuridik jihatdan xalqaro munosabatlarda qatnashish xuquqidan mahrum. Ittifoq konstitutsiya™ yoki qonunlari buzilgan taqdirda markaziy hokimiyat F. subʼyektiga nisbatan majburlash choralarini koʻrish huquqiga ega. F.ning eng zarur belgilaridan biri — federal parlamentning 2 palatali tuzilmasidir. Odatda, F. aʼzolarining oʻz mustaqil konstitutsiyasi boʻladi. Milliy (til) omilning ahamiyatiga qarab F. tuzilishini belgilashda hududiy asosdagi F. (AQSH, Avstraliya, Avstriya, GFR, Argentina, Venesuela, Braziliya, Meksika), milliy asosdagi F. (Hindiston, Belgiya, Nigeriya, Pokiston) va aralash milliyqududiy asosdagi F. (Rossiya Federatsiyasi, Shveysariya, Kanada) farklanadi. Konstitutsiyaviy huquq nazariyasida, shuningdek, baʼzan konstitutsiyaviy F. (AQSH, Kanada, Braziliya), konstitutsiyaviyshartnomaviy F. (Rossiya Federatsiyasi) va shartnomaviy F. (Shveysariya, Birlashgan Tanzaniya Respublikasi, BAA), markazlashgan (mas, Hindiston, bu yerda bitta shtatdan boshka shtatlar oʻz konstitutsiyasi va fukaroligiga ega emas) va markazlashmagan F. (AQSH, GFR, Shveysariya) oʻrtasidagi farq koʻrsatib oʻtiladi.
 
Jahonda 21 ta federativ davlat bor (2005); 2) xalkaro yoki milliy jamoat tashkiloti (mas, Xalkaro shaxmat F.si).
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}