Filippin: Versiyalar orasidagi farq

77 bayt qoʻshildi ,  6 yil oldin
k
qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.lar → shaharlar, sh. → shahri (2), 7 y. → 7 yil (29), mil. av. → miloddan avvalgi (3), -a.lar → -asrlar (15) using AWB
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.y. → $1ransport yoʻli, q.x. → qishloq xoʻjaligi (3), t-ra → temperatura, I.ch. → {{subst:FULLPAGENAME}}, sh.da → shahrida (3), Mayd. → Maydoni, y.da → yilda (17), va b using AWB)
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.lar → shaharlar, sh. → shahri (2), 7 y. → 7 yil (29), mil. av. → miloddan avvalgi (3), -a.lar → -asrlar (15) using AWB)
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Filippin''' (Philippines), Filippin Respublikasi (tagalcha Republika ng Pilipinas, ing . Republic Philippines) — Jan.Sharqiy Osiyodagi davlat, Tinch okeandagi Filippin arxipelagida joylashgan. Maydoni 300 ming km². Aholisi 84,526 mln. kishi (2002). Poytaxti — Manila sh.shahri Maʼmuriy jiqatdan 74 viloyat (province)ra boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
F. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1987 y.yil maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident (2001 yildan Gloriya Makapagal Arroyo xonim), u toʻgʻri umumiy ovoz berish yoʻli bilan 6 y.yil muddatga saylanadi, 2muddatga qayta saylanishi mumkin emas. Prezident hukumat boshligʻi ham hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni F. Kongressi (2 palatali parlament — senat va vakillar palatasi), ijrochi xrkimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
 
== Tarixi ==
F. xududida mil.miloddan av.avvalgi 2ming yillikda Osiyo qitʼasidan, mil.miloddan av.avvalgi 1ming yillikda Hindixitoydan borgan, keyinroq Indoneziyadan kelgan jan. mongoloidlar mahalliy negravstraloidlarni siqib chiqarganlar, qisman ular bilan qorishib ketganlar. 14—15-a.lardaasrlarda Indoneziya orqali Luson, Sebu o.larida, Sudu arxipelagida islom dini tarqaldi. Bu yerlarda mayda tarqoq hokimliklar, Sulu arxipelagida esa Xolo sultonligi vujudga keldi. 1521 y.yil Magellan boshchiligidagi Ispaniya ekspeditsiyasi Filippin o.lariga yetib keldi. Bu ekspeditsiyani Maktano hokimi Lapulapu tormor etgach (F.da uni mustaqillik uchun kurashning birinchi qahramoni sifatida eʼzozlaydilar), Ispaniya 1564 y.yil Legaspi boshchiligida yana ekspeditsiya yubordi. Uning otryadi F.ning markaziy va shim. qismidagi asosiy orollarning sohillarini bosib oldi, aholining koʻpchiligini (jan.dagi musulmonlardan tashqari) xristian diniga kiritdi. 1756—63 yillardagi 7 y.likyillik urush davrida ingliz qoʻshinlari Manila sh.shahri va bir qancha joylarni bir yilgacha egallab turdilar. 19-a.ningasrning 2yarmida xorijiy sarmoya yordamida savdosanoat ishlari rivojlana boshladi, ziyolilar voyaga yetdi. Islohot tarafdorlari (X. Risal, M. del Pilar va boshqalar) dastlabki vatanparvarlik tashkilotlarini tuzdilar. 1892 y.yil A. Bonifasio va boshqa rahbarligida Katipunan deb ataluvchi yashirin vatanparvarlik tashkiloti vujudga keldi, tez orada keskin choratadbirlar koʻrish tarafdori boʻlgan ziyolilar bu tashkilotga qoʻshildi. Katipunan chaqirigʻi bilan milliy ozodlik inqilobi (1896—98) boshlandi. Inqilobchilar 1897 y.yil 22 martda mustaqil respublikani eʼlon qildilar. AQSH 1898 y.yil apr.da Ispaniya mustamlakalarini egallash uchun urush boshladi. 1898 y.yil 12 iyunda F. 2marta mustaqil deb eʼlon qilindi. 1899 — 1901 yillardagi Amerika — Filippin urushi natijasida AQSH F.ni bosib oldi. 1934 y.yil F. muxtoriyatga ega boʻldi. 2-jahon urushi yillarida F. hududini Yaponiya okkupatsiya qildi. 1946 y.yil 4 iyulda F. mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. F. 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992 y.yil 22 yanv.da tan olgan va oʻsha yil 13 apr. da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 12 iyun — Mustaqillik kuni (1898).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Liberal partiya, 1946 y.yil tuzilgan; Millatchilar partiyasi, 1907 y.yil asos solingan, 1972 y.yil taqiqlangan, 1978 y.yil yana faoliyat boshlagan; F. kommunistik partiyasi, 1930 y.yil tashkil etilgan; "F. vatanparvar ommasining demokratiya uchun kurashi" partiyasi, 1997 y.yil tuzilgan; LakasXristian demokratlar milliy ittifoqi — partiya bloki, 1992 y.yil tashkil etilgan. F. kasaba uyushmalari kongressi, 1975 y.yil asos solingan, 39 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi.
 
== Xoʻjaligi ==
Sanoatida konchilik rivojlangan: nikel, rux, mis, temir, marganets, xrom rudalari, shuningdek, toshkoʻmir, neft, simob, oltin, kumush qazib olinadi. Filippin sanoati qand, sholi oklash, tamaki, yogʻmoy, meva konservalash, kopra, arqon va boshqa korxonalardan iborat. Yogʻochsozlik, mebel va koʻn-poyabzal sanoati ham rivojlangan. Sanoatning kimyo, radioelektronika tarmoklari yuksak surʼatda taraqqiy etmokda. Metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik (jumladan, avtomobil yigʻish), televizor, radiopriyomnik, elektr asboblar, mineral oʻgʻit, rezinatexnika buyumlari ishlab chiqaradigan, neftni qayta ishlaydigan, neft kimyosi, toʻqimachilik, tikuvchilik, "oyna, sement z-dlari bor. Hunarmandchilik kds. tarmoq hisoblanadi. Yiliga oʻrtacha 26,4 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Manila, Sebu, Davao. Yuklar, asosan, dengiz transportida tashiladi. $1ransport yoʻli uzunligi 0,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 161 ming km. Asosiy dengiz portlari: Manila, Sebu, Batangas, Davao. Manilada xalkaro aeroport bor. F. chetga kandshakar, kopra, kokos moyi, metall rudalari, yogʻoch, mashina va uskunalar, kimyoviy moddalar chiqaradi, chetdan neft va neft mahsulotlari, mashina va uskuna, transport vositalari oladi. Yaponiya, AQSH, Avstraliya, Indoneziya, Singapur, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni bilan savdo qiladi. Pul birligi — Filippin pesosi.
 
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Vrachlar un-t va tibbiyot intlarida tayyorlanadi. F.da oʻrta maktablarning yarmidan koʻprogʻi va boshlangʻich maktablarning bir qismi xususiy. Davlatga karashli va xususiy maktablarda pul toʻlab oʻqiladi. Boshlangʻich maktabda oʻqish majburiy va bepul boʻlib, unga bolalar 7 yoshdan qabul qilinadi va 6 y.yil oʻqitiladi. Oʻrta maktablarda oʻkish muddati 4 y.yil Darslar ingliz va mahalliy tagal tillarida olib boriladi. Hunar taʼlimi boshlangʻich maktab negizidagi qishloq xoʻjaligi, sanoat, savdo maktablarida amalga oshiriladi. Boshlangich maktablarning oʻqituvchilari ped. kollejlarida tayyorlanadi. Ularning eng kattasi Maniladagi F. normal (ped.) kollejidir. Oliy oʻquv yurtlarining kupi xususiy. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Maniladagi Katolik SantoTomas un-ti (1611), Manila un-ti, Uzok, Sharq un-ti (1928), Sharq un-ti (1946), KesonSiti shahridagi Filippin un-ti (1908). Yetakchi ilmiy muassasalar un-tlar xuzurida tashkil etilgan. Davlat ilmiy muassasalari — Yadro tadqiqotlari markazi (1958), F.taraqqiyot akademiyasi (1973), Kokos palmasi i.t. instituta, F. fanlar akademiyasi (1976) va boshqa Xalkaro sholi i.t. instituta bor. Untlar xuzurida yirik kutubxonalar, Manilada Milliy kutubxona ishlaydi. Manilada SantoTomas muzeyi (1682), F. Milliy muzeyi (1901) va Metropoliten sanʼat muzeyi mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. F.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: "Balita" ("Yangiliklar", tagal tilida chikadigan kundalik gaz., 1972 yildan), "Manila bulletin" ("Manila byulleteni", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1972 yildan), "Manila ivning post" ("Manila oqshom pochtasi", ingliz tilida chikadigan kundalik kechki gaz., 1975 yildan), "Manila tayms" ("Manila vaqti", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1945 yildan), "Piplz djornel" ("Xalq gazetasi", tagal va ingliz tillarida chikadigan gaz., 1979 yildan), "Tempo" ("Surʼat", tagal va ingliz tillarida chikadigan kundalik gaz., 1983 yildan), "Yunayted deyli nyus" ("Kun yangiliklari", ingliz va xitoy tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1973 yildan), "Sulong" ("Olgʻa", oylik byulleten). F. yangiliklar agentligi — davlat axborot mahkamasi boʻlib, 1973 yildan faoliyat koʻrsatadi. Radioeshittirish 1952 yildan, telekoʻrsatuv 1953 yildan boshlangan. Mamlakatdagi barcha radio va telestyalar faoliyati "Neshnl telekommyunikeyshne kommishn" hukumat mahkamasi tomonidan nazorat qilinadi.
 
== Adabiyoti ==
F. xalklari va elatlari adabiyoti tagal va boshqa mahalliy tillarda, shuningdek, ispan va ingliz tillarida rivojlanib kelmoqda. F. xalq ogʻzaki ijodiyoti va, ayniqsa, qaxramonlik dostonlarida malayya va indonezyava adabiy anʼanalarining taʼsiri seziladi. 16—19-a.lardagiasrlardagi Ispaniya hukmronligi davrida ispan tilida diniynasihat ruhidagi adabiyot vujudga keldi. Zamonaviy tagal adabiyoti ning asoschisi F. Baltasar (taxallusi Balagtas)ning "Florante va Laura" dostoni (1838) mashhur. 1856 y.yil M. de Kastroning tagal tilida bosilib chiqqan birinchi romani "Urban va Felisa" (1863)dan keyin 20-a.ningasrning 1yarmida V. ErnandesPenya, L.K. Santos romanlari, X. Korasan de Xesus, A.V. Ernandes sheʼrlari, A. V. Ernandes, D. Rosario, F. Galauran hikoyalari paydo boʻldi. 2-jahon urushidan keyin sheʼriyat va hikoya navislik yanada rivoj topdi. A.V. Ernandesning "Shayton yigʻi", "Vahshiy qushlar", F. Galauranning "Bir qisim guruch", N. Karavananing "Kizil uydagi farishta" romanlari ijtimoiy va maishiy mavzularga bagashlandi.
 
Ispan tilidagi adabiyot rivojida X. Risal romanlari ("Menga tegishma", "Flibustyerlar") katta ahamiyatga ega boʻldi. 20-a.ningasrning 1yarmida S. Apostol, F. Gerrero, K.M.Rekto va boshqalarlarning vatanparvarlik sheʼriyati mashhur boʻldi. Xuddi shu davrda X.G. Vilya, M.E. Argilya, N.V.M. Gonsales, K. Bulosan kabilar ingliz tilida novella va sheʼrlar yaratishdi. 2jaxrn urushidan keyingi davrda E. Okampo, N. Xoakin, E. L. Tyempo va boshqa adiblar yetishib chikdi.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Mahalliy aholining anʼanaviy uylari qoziqlar ustiga chaylasimon qilib quriladi, usti palma bargi bilan yopiladi. Mustamlaka davrida shaharlar, istehkomlar, cherkov va saroylar barokko hamda klassitsizm uslubida qurila boshladi (Luson o.dagi SanNikolas cherkovi, 17-a.asr; Maniladagi SantoTomas un-ti, 1608—15 i.). 19-a.asr 2yarmi va 20-a.asr 1yarmida Manila shahrida Yevropa va Amerika meʼmorligi uslubida binolar barpo etildi. F. meʼmorlaridan P. Antonio, S. Konso, L. V. Loksin, A. Nakpil oʻz ijodida ispan meʼmorligi uslubidagi bino va inshootlarni millim ruxda bezashga ahamiyat bera boshladilar (Panay o. Iloilo shahridagi Miagao ibodatxonasi; Maniladagi F. madaniyat markazi, 1969, meʼmor L.V. Loksin).
 
F. hududida mil.miloddan av.avvalgi 2—1ming yillikka oid sanʼat yodgorliklari saklanib qolgan. Qadimdan yogʻoch va bambuk oʻymakorligi, toʻqimachilik, metallsozlik, kashtachilik, zargarlik kabi kasblar mashhur boʻlgan. Maniladagi SanAgustin cherkovining oʻymakor yogʻoch eshiklari (1606) va SanIgnasio cherkovining ibodat qilinadigan qismidagi oʻyma naqshlar F. sanʼatining ilk namunalaridir. 19-a.ningasrning 2yarmi va 20-a.ningasrning 1yarmida dastgoh rangtasviri (X. de Luna, F. Idalgo, F. Amorsolo), haykaltaroshlik (G. Tolentino) paydo boʻddi. F. Roxas portret va manzara, X. Risal rangtasvir va haykaltaroshlik sohasida unutilmas asarlar yaratishdi. F. Amorsolo asos solgan "Anʼanavii maktab" 20-a.asr oʻrtalariga kelib F. rassomlari akademiyasiga aylandi. 50—60k.larda K.V. Fransisko ijodi kamol topdi. U afsona va rivoyatlarga, ozodlik harakati qaxramonlariga, shuningdek, dehqonlar, baliqchilar, konchilar hayotiga bagʻishlangan koʻpgina devoriy rayem va manzaralar yaratdi. A. MagsaysayXo ismli ayol rassom qishloq xotinqizlarining lobar siymosini tasvirlovchi goʻzal asarlari bilan eʼtibor qozondi. V. Manansala, R. Tabuena, M. Malang Santos, U. Yonson, E. Okampo, A. R. Lus, F. Sobel kabi rassomlar, X. Alkaptara va A.M. Imao, N. Abue kabi haykaltaroshlar milliy realistik anʼanalarni davom ettirdilar.
 
== Musiqasi ==
Marosim (harbiy, toʻy), mehnat va boshqa xalq qoʻshiq hamda raqslari azaldan davom etib keladi. Togʻlik va musulmon xalqlarning qad. musiqasi deyarli oʻzgarishsiz saklangan. 16— 18-a.lardaasrlarda xristian diniga kirgan va ispanlar taʼsirida boʻlgan xalqlarda esa biroz mahalliylashgan ispancha raqslar (xota, xabanera) tarqala boshlagan. Cholgu asboblari: bambuk va yogoch fleytalar, gonglar, gitarasimon kudyapi, gitgit (skripka turi) va boshqalarlar. Rondalya deb ataluvchi torli milliy orkestr shuhrat qozongan. Professional musiqa 19-a.danasrdan rivoj topdi. 1916 y.yil F. universiteti huzurida konservatoriya ochildi, keyinroq Manila va KesonSiti sh.laridashaharlarida musiqa muassasalari va jamoalari tashkil topdi. Kompozitorlar orasida X. Silos, X. Estelya, A. Molina, F. Buenkamina, F. de Leon, J. A. Dadap va boshqa mapghur. Manilada Milliy filarmoniya jamiyati, "Bayanixan" (1956), "Filippineskas" (1958), "Barangay" ashularaqs ansambllari, F. universitetining "Madrigal" kamer xori, Manila simfonik orkestri, F. Madaniyat markazining orkestri, Konsert orkestri ishlaydi. Milliy musika kengashi, kompozitorlar jamiyati mavjud.
 
== Teatri ==
Qadimdan davom etib kelayotgan va ashula, raqslar bilan oʻtadigan taomil, rasmrusumlar va ularda gavdalantiriladigan mehnat jarayonlari, toʻy udumlari teatr sanʼati uchun manba boʻlgan. F. professional teatri xitoy, hind, indonez, keyinroq ispan va amerika madaniyati taʼsirida shakllandi. 19-a.asr oʻrtalarida Manilada havaskorlik teatrlari: Eskosur truppasi (1848) va Lopes Aris truppasi (1852) vujudga kelib, ularda ispan tilidagi sevgi pyesalari (sarsuelalar) sahnalashtirildi. 1914 y.yil Manilada ingliz tilidagi "Litl tietr" tashkil topdi. Uning aktyorlari ham, tomoshabinlari ham asosan, Manila un-tining talaba va muallimlari edi. F. mustaqillikka erishgach, tagal tilidagi dramaturgiya va teatr rivojlana boshladi. "Barangay teatr gildiyasi" (1939), F. aktyorlar lab. (1959), Meralko teatri, Raj Soliman teatri va boshqa yarim professional jamoalari milliy sanʼat (moromoro, sarsuela va boshqalar) anʼanalarini jahon teatrining eng yaxshi namunalari yutuqlari bilan birga qoʻshishga intiladi. 1972 y.yil Manilada koʻchma bolalar teatri tashkil etildi.
== Kinosi ==
1919 y.yil rejissyor va aktyor X. Nepomuseno milliy kino firma tashkil etganidan soʻng kinofilmlar doimiy ishlab chiqarila boshladi. Tagal tilida "Qishloqi qiz" nomli dastlabki badiiy film yaratildi. "Uch maqtanchoq" (1926) ovozeiz filmlar orasida eng yaxshisi buldi. 1932 y.yil dastlabki ovozli filmlar ("Qallob", rej. J. P. Musser; "Oltin xanjar", rej. X. Nepomuseno) chikarildi. 30-yillardagi eng yirik kino birlashmalari — "Sampagita" va "LVN" chiqargan filmlarda milliy tarix va mifologiya syujetlaridan foydalanildi. shuningdek, "Yirtilgan bayroq", "Zulmat va nur" komediyalari ham yaratildi. 1946 y.yil tashkil etilgan "Premyer prodakshn" studiyasi koʻngilochar ruxdagi filmlar bilan bir qatorda togʻli qabilalar hayotini tasvirlovchi filmlarni ham suratga oldi. 50—60-yillarda "Xarana", "Dunyoning oxirigacha" (ikkalasining rej. J. de Leon), "Parij romanei", "Badayo" (ikkalasining rej. L.V. Avelyana) ekranga chiqarildi. 20-a.asr oxirlarida yaratilgan "Qaqroq yerni sugʻor" (rej. O. Buenaventura), "Narkotik chayqovchilarini oʻldiringlar" (rej. J. Estrada) filmlari dolzarb zamonaviy mavzularga bagʻishlangan. 1960-yillarning oʻrtalaridan Manila kinofestivali utkazib kelinadi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
197 605

ta tahrir