Fin tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: F.t. → {{subst:FULLPAGENAME}} (7), y.lar → yillar (4), va b. → va boshqa using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 9 y. → 9 yil, -a.ni → -asrni (3) using AWB
Qator 3:
Fin tili — muayyan flektiv elementlarga ega boʻlgan agglyutinativ til. Fonologik tizimi 8 unli va 13 undosh fonemadan iborat; ularning har biri (j, v, h, d dan tashqari) choʻziqlik darajasi boʻyicha qaramaqarshi qoʻyiladi; bu imloda a—aa, o—oo, t—tt, r—rr kabi (qisqachoʻziq) aks etadi. Baʼzi tuzilmalarda unlilar garmoniyasi kuzatiladi. Unli fonemalar miqdori diftonglar (16 ta) hisobiga koʻpayadi. Morfologik belgilari: jins kategoriyasi yoʻq; otlar 13 kelishik bilan oʻzgaradi; feʼllar 2 xil tuslanishda, 4 mayl, 4 zamon, 3 shaxs shakllari bilan oʻzgaradi, sintaksis sohasida soʻz tartibi nisbatan erkin.
 
Adabiy tilning shakllanishi va rivojlanishida 2 davr: eski fin (1540— 1820) va yangi fin (19-a.ningasrning 20-yillaridan boshlab) davrlari ajratiladi. Finlyandiyaning shved mustamlakasidan ozod boʻlguniga qadar (1809) rasmiy til sifatida shved tili ustunlik qilib, adabiy Fin tili deyarli rivojlanmagan. Yangi Fin tili davri ham 2 bosqichdan: ilk yangi fin (1820—70) va hozirgi fin (1870 yildan) bosqichlaridan iborat. Ilk fin davrida adabiy til ogʻzaki til bilan yaqinlashdi. 1863 yildan boshlab Fin tili rasman shved tili bilan teng huquqlarga ega boʻldi: maktablar va universitetlarda oʻqitila boshladi, unda gaz., jur. va badiiy adabiyot nashr etiladigan boʻldi. 19-a.ningasrning 70-yillariga kelib xoz. adabiy Fin tili ning asoslari yaratildi. 1919 y.yil Fin tili Finlyandiyaning rasmiy tili deb eʼlon qilindi. Yozuvi lotin grafikasi asosida (16-a.danasrdan).
 
{{OʻzME}}