Firma: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi, va b.ga → va boshqalarga using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: i. ch. → ishlab chiqarish (4) using AWB
Qator 1:
'''Firma''' (ital. fi rma — imzo) — korxona, kompaniya, xoʻjalik va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakllari, huquqiy holati va boshqalarga koʻra xilma-xil F.lar bor. F.larda band boʻlgan xodimlar soni 2—3 kishidan 20—30 ming kishigacha boʻlishi mumkin. F.lar barcha mulk turlari negizida davlat, kooperativ, shirkat, jamoa tashkilotlari va maxalliy davlat idoralari, milliy va chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tashkil etiladi. Ular quyidagi turlarga ajratiladi: affilirlangan (qoʻshilgan) F. — filial, shoʻʼba korxona shaklida yirikroq turdosh bosh korxona tarkibida faoliyat yuritadi; broker F. — tijorat maqsadlarini koʻzlaydigan va mijoz topshirigʻiga koʻra va uning hisobidan vositachi sifatida faoliyat yuritadi; venchur F. — kichik yoki oʻrta investitsion F. hisoblanib, i.t.lar va muhandislik ishlanmalarini amalga oshiradi; investitsion F. — investitsiyalash va qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻtkazadi; injiniring F. muhandislikmaslahat koʻrsatishga ixtisoslashadi; innovatsion F. — F.ning i.t. ishlari natijalari bazasida yangi texnologiyalarni yaratish uchun barpo etiladi; konsalting F. — uning faoliyat sohasini maslahat xizmatlari koʻrsatish tashkil etadi; i.ishlab ch.chiqarish F.si — aniq bir mahsulotni tayyorlash bilan shugullanadi; savdo F.si — savdovositachilik faoliyati bilan shugʻullanadi; rieltor F. — koʻchmas mulk sohasidagi amallarda qatnashadi.
 
Hozirgi iqtisodiy hayotda F.larning asosiy qismi nisbatan kichik va mayda. Yirik F.lar nisbatan mustahkam i.ch.ishlab chiqarish, texnologik va xom ashyo bazasiga ega boʻlib, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etadi, oʻrtacha F.lar kooperatsiyalangan hamda ixtisoslashgan qismlar va detallar i.ch.ishlab chiqarish sohasida, shuningdek, umumiy texnologik va texnik infratuzilma sohasida faoliyat koʻrsatadi. Mayda F.lar, asosan, tovarlar i.ch.ishlab chiqarish va aholiga xizmat koʻrsatish bilan shugullanadi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida 236,4 mingga turli F.lar faoliyat koʻrsatdi (2003).