Forobiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda (2), va b.ni → va boshqalarni (3), va b. → va boshqa (14) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri, 6 y. → 6 yil, -a.ni → -asrni (3) using AWB
Qator 15:
}}
 
'''Forobiy''' (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Forob sh.shahri — 950, [[Damashq]]) — [[Oʻrta Osiyo]]ning ulug [[Turkiy]] mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharxlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun "al Muallim assoniy" ("Ikkinchi muallim", [[Aristotel]]dan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor boʻldi. F. [[Sirdaryo daryosi|Sirdaryo]] sohilidagi Forob ([[Oʻtror]]) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. Oʻsha davrda [[Movarounnahr]]da somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Boʻlajak faylasuf boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng , oʻqishini Toshkent, Samarkand va Buxoroda davom ettirdi. F. ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga yoʻl oladi. Olim yoʻlyoʻlakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda boʻladi. Bagʻdodda Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar toʻplangan edi. Bu yerda koʻzga koʻringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini oʻrgandi. Mas, Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870—940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylondan (860—920) esa tibbiyot va mantiq ilmini oʻrgandi. Baʼzi tarixiy manbalarda keltirilishicha, F. 70 dan ortiq tilni bilgan.
 
Olim 941 yildan Damashkda muhtojlikda kun kechira boshlaydi. Shunga qaramay ilm bilan shugʻullanadi, falsafa va boshqa fanlar sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. U Aleppo (Halab) hokimi Hamdamid (hukmronlik yillari 943—967) iltifoti va hurmatiga erishadi. U olimlarning homiysi sifatida tanilgan edi. Hokim F.ni oʻz saroyiga taklif etadi, lekin, u saroyga bormasdan, erkin hayot kechirishni maʼqul koʻradi. Shunga qaramasdan, allomaning Halabdagi hayoti sermahsul boʻldi, bu yerda oʻzining koʻplab asarlarini yozdi. F. 949— 950 yillarda Misrda, soʻngra Damashqda yashaydi va shu yerda umrining oxirgi kunlarini oʻtkazadi. U Damashqsagi "Bob assagʻir" qabristoniga dafn etilgan.
Qator 21:
Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, F. 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramay, mavjud risolalarining oʻziyoq uning bugok olim ekanligidan dalolat beradi.
 
F.ning asosiy asarlari: "Falsafani oʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi toʻgʻrisida", "Falsafiy savollar va ularga javoblar", "Ensiklopediyadan mantiq boʻlimining bir qismi", "Taliqot" (sharhlar), "Inson aʼzolari haqida risola", "Boʻshliq haqida maqola", "Donolik asoslari", "Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi", "Hayvon aʼzolari, funksiyasi va potensiyasi", "Mantiq toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima", "Mantiq ilmiga kirish", "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Musiqa haqida katta kitob", "Baxtsaodatga erishuv haqida", "Masalalar mohiyati", "Buyuk kishilarning naqllari", "Ihso alulum", "Hikmat maʼnolari", "Aql toʻgʻrisida", "Ilmlar va sanʼatlar fazilati", "Qonunlar haqida kitob", "Substansiya haqida soʻz", "Falak harakatining doimiyligi haqida", "Sheʼr va qofiyalar haqida soʻz", "Ritorika haqida kitob", "Hajm va miqdor haqida soʻz", "Musiqa haqida soʻz", "Fizika usullari haqida kitob", "Fazilatli xulqlar", "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqida", "Aristotel "Metafizika" kitobining maqsadi toʻgʻrisida" va boshqa F. asarlari 20-a.ningasrning 70—80-yillarida Toshkent va Olmaotada "Falsafiy risolalar", "Mantiqiy risolalar", "Matematik risolalar", "Ijtimoiyaxloqiy risolalar", "Tadqiqotlar va tarjimalar" nomlari ostida rus tilida nashr etilgan.
 
F. ilk oʻrta asrda, Sharq Uygʻonish davrida ijod etdi. Bu davr ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻsishi, hunarmandchilik, irrigatsiya inshootlarining yuksalishi, yangi shaharlarning bunyod etilishi, madaniy va maʼnaviy hayotning ravnaq topishi bilan ajralib turadi. 9—10-a.lardaasrlarda ichki va tashqi savdo kuchaydi, ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Vizantiya, Afrika mamlakatlari bilan aloqa yoʻlga qoʻyildi. Bu davr qaramaqarshilik va adovatlardan xoli emas edi. F.ning falsafiy qarashlarida oʻsha davrning yutuq va kamchiliklari, murakkab va ziddiyatli jihatlari oʻz ifodasini topdi.
 
Olimning ilmfan oldidagi xizmatlaridan biri uning yunon mutafakkirlari asarlarini sharxlaganligi va ularni yangi gʻoyalar bilan boyitganligidir. Alloma, eng avvalo, Arastu asarlariga sharhlar bitgan, uning naturfalsafiy gʻoyalarining targʻibotchisi va davomchisi sifatida tanilgan. F., shuningdek, Aflotun, Aleksandr Afrodiziyskiy, Yevklid, Ptolemey, Porfiriy asarlariga ham mapjyiap yozganligi maʼlum. Bulardan tashqari, Gippokrat, Epikur, Anaksagor, Diogen, Xrisipp, Aristipp, Suqrot, Zenon asarlaridan xabardor boʻlgan hamda epikurchilar, stoiklar, pifagorchilar, kiniklar maktablarini yaxshi bilgan. F. oʻrta asrda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratdi. U "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Ilmlarning tasnifi haqida" nomli risolalarida oʻsha davrda maʼlum boʻlgan 30 ga yaqin ilm sohasining tavsifi va tafsilotini bayon qilib berdi. Mutafakkir tabiat va inson organizmiga xos boʻlgan tabiiy jarayonlarni oʻrganuvchi ilm sohalarini birinchi oʻringa qoʻydi. F. ilmlarni quyidagicha tasniflaydi: 1) til haqidagi ilm (grammatika, orfografiya, sheʼriyat, toʻgʻri yozuv va boshqalarni oʻz ichiga oladi); 2) mantiq (8 boʻlimdan iborat boʻlib, tushuncha, muhokama, xulosa, sillogistika, dialektika, sofistika va boshqalarni oʻz ichiga oladi); 3) mat. (arifmetika, geom., astronomiya, mexanika, optika, sayyoralar, musiqa va ogʻirlik haqidagi ilmdan iborat); 4) tabiiy ilmlar, ilohiy ilmlar yoki metafizika; 5) shahar haqidagi ilm (siyosiy ilm, fiqh, ped., axloqshunoslik va kalom kiradi).
Qator 61:
F. ilgari surgan fikrlar 16—20a. larda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganildi. Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Yevropada ham tarqaldi va ijtimoiyfalsafiy fikr taraqqiyotida sezilarli taʼsir koʻrsatdi.
 
F.ning ilmiy merosini oʻrganish 20-a.ningasrning 1yarmida boshlangan. Yevropa olimlari Karra de Vo, R. Xorten, M. Alonsa, D. M. Donlap, A. Shtekl, T. U. Buur, B. M. Shtrenshneyder, G. Ley, R. Xammond, R. de Erlanjer, I. Goldsiyer, F. Deteritsi, G. Farmer, N. Rishar va boshqa Forobiyning ilmiy merosini oʻrganishga oʻz hissalarini qoʻshdilar. Rus olimlari A. Krimskiy, M. M. Filippov, T. I. Raynov, V. V. Bartold, Ye. E. Bertels, S. N. Grigoryan, O. V. Traxtenberg , A. V. Sagadeyev, A. M. Johid va boshqa Forobiy asarlarini tadqiq etish borasida koʻp ish qildilar. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari olimlari Dexxudo Husayniy, alFaxuri, Usmon Amin, M. Maxdi, Sayd Nafisiy, I. Madkur, Rajabi Tabriziy, Mexrdod, A, Atesh, Oydin, Umar Farrux, Saidhusayn Nosir, Mahmud Abbos, Turker va boshqa Forobiyning hayoti va ijodi bilan qiziqdilar. Qozoq olimlari A. Moshanov, A. X. Qosimjonov, A. Kubasov, S. K. Satibekova va boshqa Forobiyning asarlarini rus tilida chop etib, ijtimoiyfalsafiy, mantiqiy va axloqiy qarashlarini tahlil qildilar. F.ning boy ilmiy merosini oʻrganishda, ayniqsa, oʻzbek olimlarining hissasi katta boʻldi. A. Saadiy, T. N. QoriNiyoziy, I. M. Moʻminov, V. Y. Zohidov, M. K. Oripov, R. Nosirov, H. Aliqulov, O. Fayzullayev, A. Kaziberdov, A. Irisov va boshqa allomaning hayoti, ijodi va falsafiy qarashlari haqida i.t. olib bordilar. M. M. Xayrullayev sobiq Shoʻrolar davrida birinchi bulib I. M. Moʻminov rahbarligida 1966 y.yil Forobiyning falsafiy merosi hamda dunyoqarashiga bagʻishlangan drlik dissertatsiyasini himoya qildi va Oʻzbekistonda forobiyshunoslikka asos soldi.
 
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, qomusiy olimning asarlari oʻzbek tilida chop etila boshladi, uning boy merosi xolisona, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari asosida yoritila boshlandi Oliy oʻquv yurtlari, maktab va kutubxonalar, koʻchalar uning nomi bilan ataladi.