Fresca: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar) (5), va b. → va boshqa using AWB |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil. av. → miloddan avvalgi, -a.da → -asrda (3) using AWB |
||
Qator 1:
'''Freska''' (ital. fresco — yangi) — rangtasvir asari yaratish usuli; asarlari yangi nam suvoqqa quriganda yupqa shaffof kaltsiy karbonat qatlami hosil qiluvchi suvli yoki ohak suvi qoʻshilgan boʻyoklarda ishlanadi. Bunda boʻyoqlar mustahkamlanib, F.ning uzoq saqlanishini taʼminlaydi. Shu usulda yaratilgan rangtasvir asari ham F. deb ataladi. Meʼmorlik bilan bogʻliq holda monumental kompozitsiyalar yaratish imkonini beruvchi F. devoriy rassomlikning asosiy usullaridan. F. uchun suvoq asos bir necha qatlam — 1 kiyem soʻndirilgan ohak va 2 qism mineral toʻldiruvchilar (qum, ohak, gʻisht yoki sopol kukunlari)dan iborat boʻladi, baʼzan suvoqni yorilishdan saklaydigan organik moddalar (somon, poʻkak, kanop va h.k.) qoʻshiladi. Odatda, ohak bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaydigan boʻyoklar ishlatiladi. F. rang tuslarining barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi, faqat bunda boʻyoqlar quriganda oʻta oqarishini nazarda tutish kerak. Oʻsimlik boʻyoklar quruq suvoqqa yelim yordamida yotqiziladi. F.da lessirovka muhim rol oʻynaydi, biroq koʻp boʻyoq qatlamida rang xiralashadi va oqaradi. F.dan tashqari quruq suvoqqa ishlanadigan rangtasvir usuli (a sekko) ham qadimdan maʼlum boʻlgan.
F.
Oʻzbekiston hududida qadimdan quruq suvoqqa ishlanadigan F. usuliga yaqin devoriy rasmlar yaratilgan (Afrosiyob devoriy rasmlari va boshqalar), 20-
{{no iwiki}}
|