Muhammad Fuzuliy: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar, va b.) → va boshqalar) using AWB |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri, 8 y. → 8 yil (2), -a. → -asr (3) using AWB |
||
Qator 1:
'''Fuzuliy Muhammad Sulaymon''' (1498 Karbalo
Fuzuliy boy adabiy anʼanaga ega boʻlgan forsiy va turkiy adabiyotning Xoqoniy Shirvoniy, Mujrim Baylagani, Nizomiy Ganjaviy, Saʼdiy Sheroziy, Salmon Sovajiy, Hofiz Sheroziy, Atoiy, Lutfiy, Alisher Navoiy ijodini mehr bilan oʻqiboʻrganib, ularning mahorat sirlaridan bahramand boʻlgan. Shoir ijodiga, ayniqsa, Lutfiy bilan Navoiy kuchli taʼsir koʻrsatgan.
Fuzuliy devon tuzib, uni "Muhabbatnoma", "Farzandi dilband" deb taʼriflagan. Shoir ishqiy lirikasida insonning maʼnaviy olami, joʻshqin histuygʻular tugʻyoni, olijanoblik bilan jaholat, ochkoʻzlik oʻrtasidagi kurash, insonga samimiy, yuksak muhabbat bilan bogʻliq botiniy kechinmalar aks ettirilgan. Fuzuliy poetik meʼrosining asosiy qismini gʻazal va qasidalar tashkil etadi. Lutfiyning (16-
Fuzuliy ijodining choʻqqisi "Layli va Majnun" dostoni (1536—37)dir. Asar lirikepik xarakterda boʻlib, Sharqda mashhur boʻlgan anʼanaviy syujet va obrazlar asosida yaratilgan va turkiyzabon xalkdar oʻrtasida keng tarqalgan. Saʼdiyning "Guliston" va "Boʻston", Hofizning "Devon", Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston", Navoiyning "Chor devon" kitoblari qatorida, Fuzuliy asarlari ham madrasalarning oʻquv dasturiga kiritilgan. Fuzuliyning "Matlaʼ uleʼtiqod" falsafiy risolasi, "Hadiqat ussuado", ("Baxtiyorlar bogʻi"), "Suhbat ulasmor" ("Mevalar munozarasi"), "Shikoyatnoma", "Bangu boda" ("Bang va boda"), "Anisulqalb", ("Qalb doʻsti") "Yetti jom" yoki "Soqiynoma", "Rindu Zohid", "Sihhat va Maraz" ("Sogʻlik va bemorlik") kabi nazmiynasriy, falsafiydidaktik asarlari ozarbayjon adabiyotining eng nodir durdonalari hisoblanadi. Badiiy yuksak asarlari bilan ozarbayjon adabiyotini yangi bosqichga koʻtargan F. sheʼrlarining asosiy mavzusi ham, harakatlantiruvchi kuchi ham, bu sheʼrlarni ichdan nurlantirib turgan quvvat manbai ham ishq. Mutasavvif shoir sifatida ilohiy muhabbatni ulugʻlagan, dunyoga berilishni qoralagan. Insonni kamolotga olib boradigan fazilatlarni tarannum etib, uni tubanlashtiradigan illatlarni tanqid qilgan.
Fuzuliy oʻzidan keyingi barcha turkiyzabon shoirlar, jumladan, oʻzbek shoirlariga ham kuchli taʼsir koʻrsatgan. Fuzuliy taʼsirida, unga ergashib sheʼrlar bitish, shoir gʻazallariga naziratatabbuʼlar yozish, muxammaslar bogʻlash deyarli barcha shoirlar ijodida uchraydi. F.ning ozarbayjoncha devoni oʻzbek xalqi orasida 18— 19-
== Manbalar ==
|