Galileo Galilei: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda (3) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 5 y. → 5 yil (2) using AWB
Qator 21:
'''Galileo Galilei''' (Galileo Galiley; [[15 fevral]] [[1564]] — [[8 yanvar]] [[1642]]) — oʻz davrining ilmiga katta ta'sir koʻrsatgan [[Italiya|italyan]] [[Falsafa|faylasufi]], [[Fizika|fizik]] va [[Astronomiya|astronom]]. Galiley asosan oʻzining [[planeta]]lar va [[yulduz]]lar sohasidagi izlanishlari, dunyoning geliomarkazli tizimini faol qoʻllashi va [[mehanika]] boʻyicha tajribalari bilan mashhur.
 
GALILEI (Galilei) Galileo (1564.15.2, Piza - 1642.8.1, Archetri, Florensiya yaqinida) — italyan fizigi, astronomi va mexanigi; aniq tabiatshunoslik asoschilaridan biri. G. aslzodalar oilasida dunyoga kelgan. Otasining undovi bilan Piza universitetiga kirib (1581), tibbiyotni urgana boshlagan. Bu yerda Aristotel fizikasi bilan tanishgan, Yevklid va Arximed mat.sini Urgangan. Geom. va mexanikaga qiziqib ketgach, G. tibbiyotdan voz kechib, 4 yil mobaynida mat.ni oʻrgangan va ixchamgina "Kichik tarozular" asarini yozgan (1586; 1655 y.yil nashr qilingan). Bu asari uni italyan matematiklari orasida mashhur qilgan. G. mexanika bilan astoydil shugʻullangan. Keyinchalik inersiya qonunink kashf etgan, kuchlarni qoʻshish qoidasini ifodalab bergan, koʻchirma harakat tezligi doimiy boʻlgan chogdagi nisbiylik prinsipini yaratgan, mexanik harakatning asosiy kursatkichlarini mikdoriy jihatdan aniqlagan. Jismning qiya tekislikdagi harakati, maʼlum burchak ostida otilgan jismning harakati, erkin tushish haqidagi qonunlarni dastlab G. kashf etgan, harakatning saqlanishi toʻgʻrisidagi muhim fikrga tegishli tushunchalarni kiritgan. Galiley — Nyuton mexanikasi ilmning muhim tarmogʻiga aylandi. G. olam tuzilishini tushuntirishda N. Kopernik yulidan bordi. Oʻzi yasagan (32 marta katta qilib kUrsatadigan) teleskop yordamida Oy sirtining notekisligini, Venera fazasining Uzgarishini, Quyosh dogʻlarini, Yupiterning 4 ta yuldoshini kashf qildi va Quyoshning uz oʻqi atrofida aylanishini isbotladi. G.ning bu ishlari "Yulduz xabarchisi" (1610—11) asarida bayon qilingan. "Olam tuzilishining ikki asosiy sistemasi haqida dialog" (1632) asarida geliotsentrik sistematlt toʻgʻriligiga asosli dalillar keltirgan. Abu Rayhon Beruniy qabi G. ham Aristotelning "engillik kuchi" tushunchasiga qarshi chiqib, faqat ogʻirlik kuchini tan oldi. U tabiiy hodisalarni tajriba va matematik fikrlash asosida tushuntirishga harakat qilgan.
 
G. dunyoqarashi — mexanistik materializm. U olamdagi barcha hodisalar moddiy asosga ega boʻlib, mexanika qonunlariga boʻisunadi, deb tushungan, sxolastikata qarshi chiqqan. Mexanistik materializmning barcha nuqsonlari G. dunyoqarashiga ham taalluqli. G. oʻz zamonasining igʻlor goyali kishilaridan bulgan.
 
G.ning isteʼdodi fan sohalari bilan cheklanib qolmaydi: u musiqachi, rassom, sanʼat shinavandasi, adabiyotshunos ham boʻlgan. Uning ilmiy risolalari ravon va oddiy tilda yozilganligi uchun ularni ham badiiy adabiyot jumlasiga qoʻshish mumkin. U lotin tilini mukammal egallagan. N. Kopernikning geliotsentrizmini qatʼiy yoqlagani uchun G. 1633 yilda katolik cherkov tomonidan inkvizitsiya sudiga berilgan, natijada N. Kopernik taʼlimotidan voz kechishga majbur boʻlgan va 1633 y.yil 22 iyunda cherkovda taz chukib tavba qilgan; unga Yer harakati toʻgʻrisida gapirish va asarlarini nashr qilish taqiqlab qoʻyilgan. G. umrining oxirigacha "inkvizitsiya asiri" hisoblangan. G. 1637 yilda koʻr boʻlib qolgan. Asrlar oʻtib xaqikat qaror topdi: 1992 yilda Rim papasi Ioann Pavel 2 inkvizitsiya sudi karorini notoʻgʻri deb topdi va G.ni oqladi.
 
== Ilk yillar ==